Mavzu Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishda biznes rejani
F ,..... Ко 'zda tutilgan daromadlar summasi koeffitsenti =Ko’zda tutilmagan xarajatlar Ko`zda tutilgan daromadlar summasi bu investitsiyalashtirilayotgan mazkur loyihani amalga oshirish evaziga kelgusida olinadigan foyda hajmidir. Lekin u kelgusida kutilayotgan absolyut miqdorlarda emas, balki yuqorida ta’kidlangani dek, diskontlash koeffitsiyentlari bilan to'g'rilangan holda yuzaga keladi. Boshqacha qilib aytganda, formulaning suratida so'mning bugungi qiymatida ifodalangan daromadlarsummasiaksetadi.
Ko'rib chiqilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sarflanadigan barcha xarajatlar hajmi ham xuddi shunday hisoblanadi. Bu hisob-kitoblar bir necha yildagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan. Agar investitsiyalashtirish qisqa muddatlarga (3 oy, 6 oy yoki 1 yilga) mo'ljallangan bo'lsa, bunday holda xarajatlar va daromadlarni diskontlashning hojati yo'q.
Foydalilik koeffitsiyentiga asoslanib, agar koeffitsiyent 1,00 dan yuqori yoki unga teng bo'lgan taqdirdagina investitsiyalashtirilayotgan loyihalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq. Ammo bu hisob-kitob ham yetarli emas. Chunki, mablag' bilan ta’minlash taqchilligi yuqori sharoitlarda foydalilik koeffitsiyentlari yuqoriroq bo'lgan loyihalarni qo'llash afzaldir. Buni quyidagi misolda ko`rib chiqaylik. Deylik, ikkita inversion loyiha taqdim etilgan bo'lsin.
Birinchi loyiha bo'yicha xarajatlar hajmi 200 ming so'mni tashkil etib va bu jami 1 mln. so'm miqdorda diskontlangan daromad keltirishi ko'zda tutilgan. Bunda sof daromad 800 ming so'mni tashkil etadi.
Ikkinchi loyiha bo'yicha esa jami xarajatlar hajmi 50 ming so'mni talab etgan holda, diskontlangan daromadlar hajmi esa 450 ming so'mni tashkil etadi. Bunda sof daromad 400 ming so'mga tengdir, ya’ni birinchi loyihadan2martakamdir.
Sizdagi mavjud mablag esa 200 ming so'mni tashkil etib, birinchi loyihani investitsiyalashtirish imkoniyatiga egasiz. Xo'sh, bu maqsadga muvofiqmi?
Albatta, yo'q. Chunki, birinchi loyiha uchun foydalilik koeffitsiyenti 5 ga (1 mln. so'm: 200 ming so'm), ikkinchi loyiha uchun esa 9 ga (450 ming so'm: 50 ming so'm) teng ekanligini hisoblab chiqish unchalik qiyin emas. Demak, agar 200 ming so'm mablag ingizni foydalilik koeffitsiyenti 9 ga yaqin bo'lgan bir nechta kichik loyihalarga sarf qilsangiz, natijada siz 1,6 mln. so'mga yaqin sof daromadga ega bo'lasiz. Bu esa birinchi loyiha daromadiga nisbatan 2 martaga ko'pdir.
Biroq hayotda foydalilik koeffitsiyentlari bir xil bo'lgan bir nechta loyihalar bir vaqtning o'zida kamdan-kam xollardagina uchraydi. Bu koeffitsiyentlar ko'pincha bir-biridan keskin farq qiladi. Shuning uchun qaysi loyihani tanlash masalasi hal qilinayotganda, avvalo, ularning foydalilik koeffitsiyentlari kattaliklari bo'yicha, ya’ni ushbu koeffitsiyentlar miqdorining kamayib borish tartibini ko'rsatuvchi sxema tuzib, kuzatib borish maqsadga muvofiqdir. Buni xarajat va daromadlar miqdoriga ko'ra quyidagi jadval tarzida ham ifodalash mumkin (3.1-jadval).
3.1-jadval «Jahongir» kichik korxonasining investitsiyalashtirilgan loyihalar boyicha foydali ik koeffitsiyentlarining hisob-kitobi Ushbu jadvalga ko'ra, agar kichik korxona 2,5 mln. so'mlik loyihalarni investitsiyalashtirish imkoniyatiga ega bo'lsa, bu mablag larni А, В, V va G loyihalar uchun sarflash maqsadga muvofiq bo'lib, juda katta daromad keltirish imkoniyati bo'lsada, D loyihadan voz kechish zarurdir.
Agar foydalilik koeffitsiyentiga e’tibor bermasdan, faqat ko'zda tutilgan daromadlarning maksimal miqdorlariga ko'ra ish yuritilganda D, В va V variantlar tanlangan bo'lardi. Bunda jami xarajatlar 2,4 mln. so'mni tashkil etgan holda, korxona daromadi 2,955 mln. so'mni tashkil etardi. Agar foydalilik koetfitsiyennni hisobga olib tuzilgan investitsiya loyihasini amalga oshirganda, olinadigan daromad hajmi 3,305 mln. so'mni tashkil etishi mumkin edi.
Xulosa Yangi biznes korxonalarini tashkil qilish bir necha bosqichdan iborat. Ular ta’sis etilgan joyidagi mahalliy hokimiyat organlari tomonidan davlat ro'yxatidan o'tadi. Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan korxonaga: hokimiyatning korxonani davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi qarorlaridan ko'chirma, hokimiyat ro'yxatidan o'tkazilgan va tasdiqlangan korxona Nizomi hamda korxonaning ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi davlat orderi topshiriladi.
Korxona faoliyatini olib borishda biznes-reja muhim rol o'ynaydi. Biznes rejaning tuzilishi va mazmuni qat’iyan chegaralanmagan.
Yuqorida ta’kidlanganlardan tashqari, amalda bo'lishi mumkin bo'lgan kompleks loyihalarni e’tiborga olish ham lozim. Bu ham investitsiya mablag larini ajratishning variantlaridan biri bo'lib, bunda ma’lum bir loyiha bir vaqtda boshqa bir loyiha bilan parallel amalga oshirilishi mumkin. Masalan, yangi цех qurilishi butun zavodga xizmat qiladigan energetika yoki tozalash inshootlari rekonstrukuiyasi uchun ma’lum darajada mablag qo'yishni talab etadi.
Bunday holda ikkala investitsiya mablag ini sarflash loyihasining ham foydalilik koeffitsiyentini hisoblab chiqish lozim. Bunda ushbu koeffitsiyentlaming individual darajalariga e’tiborni qaratish shart emas.
Fikrimizcha, yetti bo'limdan iborat biznes reja eng maqbul biznes rejadir.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tahlil qilishda foydalilik koeffitsenti usulidan foydalanish oddiyligi va qulayligi bilan ajralib turadigan usul bo'lib, u yetarlicha asosli qarorlar qabul qilishga yordam beradi.