Mavzu. Ishlab chiqarish korxonalarida sifatni boshqarish


Sifatni umumiy boshqarish kontseptsiyasini tahlili qilish. Raqobatbardoshlikni ta’minlash tizimi



Yüklə 20,68 Kb.
səhifə3/4
tarix25.12.2023
ölçüsü20,68 Kb.
#196744
1   2   3   4
Mavzu. Ishlab chiqarish korxonalarida sifatni boshqarish-hozir.org

7.4. Sifatni umumiy boshqarish kontseptsiyasini tahlili qilish. Raqobatbardoshlikni ta’minlash tizimi.
7.1 bo’limda ta’kidlanganidek, tashkilotning maqsadi (yoki menejment tizimi) raqobatga bardoshli tovar chiqarishdir. O’z navbatida, ierarxiyanig birinchi darajasida raqobatbardoshlilik omillari mahsulotning sifati, uning narxi, mahsulotdan foydalanish xarajatlari (ekspluatatsiya) va uning 4:3:2:1 nisbatdagi servisi sifati (mahsulot, xizmatlar va boshqa menejment ob’ektlari sifatiga ustuvorlik beriladi) bu yerdan sifatning oshishi – tashkilot maqsadining globali emas, lokali ekanligi kelib chiqadi. Global maqsad – chiqrailayotgan tovar raqobatbardoshligini ta’minlashdir.
Agar mahsulot hayotiylik tsikli bosqichlari bo’yicha raqobatbardoshlilikni ta’minlash uslublarini yoritadigan asosiy tartiblarni ko’rib chiqsak, ularni quyidagi ketma-ketlikda o’rganish lozim: strategik marketing (strategik menejment) – innovatsion menejment – ishlab chiqarish menejmenti. O’z navbatida, keyingi tartibni yiriklashtirgan holda quyidagilarga ajratish mumkin: moliyaviy menejment, personalni boshqarish, ishlab chiqarishni tashkil qilish, sifatni boshqarish (ishlab chiqarish sohasida), taktik marketing. Hozirgi vaqtda OTMlarda “Raqobatbardoshlikni boshqarish” yoki “Raqobatbardoshlikni ta’minlash tizimi” kurslari o’qitilmayapti. Bu masalalar muallifning raqobatbardoshlik haqidagi monografiyasida bayon qilingan.
Keyinroq, tizimlilik, majmuaviylik, mantiqiylik nuqtai nazaridan 4.3 bo’limda bayon qilingan TQM ning 24 ta komponentini ko’rib chiqamiz. 1-4, 7 va 10 komponentlar ishlanmalar jarayonidagi nazoratga, qo’yiladigan materiallar, tayyor mahsulotlar, mahsulot va ishlab chiqarish, mahsulot sifati haqida axborot beradigan apparaturalar sifati nazoratiga (kirish nazoratiga) bag’ishlangan. Komponentlarning keltirilgan ifodalari bir qator vazifalarni keltirib chiqaradi. TQM komponentlari ro’yhati nazorat funktsiyasidan boshlanadi, aslida tizimli tahlildan boshlash lozim edi. Agar nazorat funktsiyasini alohida tuzilmalashtirilsa, unda bu yerda ierarxiyaning turli darajalarining kichik funktsiyalari bo’ladi: nolli (mahsulot sifati nazorati), birlamchi (ishlab chiqarish jarayoni nazorati), ikkilamchi (ishlab chiqarish jaryonidagi nazorat, kirish nazorati, tayyor mahsulot nazorati) va uchinchi daraja (qo’yilgan materiallar nazorati, mahsulot sifati haqida axborot beradigan apparaturalar nazorati).
TQM tizimida boshqaruvning ilmiy yondashuvlari va uslublari ko’rilmaydi. Birinchi darajali raqobatbardoshlilik omili kabi sifat nolinchi daraja raqobatbardoshlik omili bilan, shuningdek, birinchyai darajaning boshqa omillari – narx, iste’mol sohasidagi xarajatlar va mahsulot servisi sifati bilan bog’lanmagan. TQM uchta tizimchasining tizimlilik va majmuaviylik ialablariga javob bermaydi: asos tizim, texnik ta’minot tizimi, takomillashtirish va rivojlantirish tizimi. Masalan, asos tizimga boshqaruvning ilmiy yondashuvlari, tamoyillari, va funktsiyalarini, ta’minlovchi tizimga esa – ilmiy-metodik, huquqiy, axborot va resurs ta’minotini kiritish mumkin edi.
TQMni joriy etish uchun qo’llaniladigan usullar va vositalar tizimlilik, majmuaviylik va mantiqiylik talablariga to’la javob bera olmaydi. Birinchidan, nima uchun faqat sifat, jarayonlar, personal va resurslarni boshqarish uchun usul va vositalar ko’rib chiqilmaydi? Tuzilmalar, axborotlar, ishlab chiqarish vositalari, moliya va boshqalar qani? Ikkinchidan, usul va vositalar ichiga tizim tushunchalari, uslublari va turli ob’ektlari kiritiladi. Uchinchidan, tahlil, bashoratlash, maqbullashtirish, motivatsiya, personalni boshqarishninganiq uslublari yo’q.

Xulosa: ko’rsatilgan kamchiliklarni hisobga olgan holda TQM tizimini global tizim sifatida rossiya korxonalarida joriy qilish tavsiya etilmaydi. U raqobatbardoshlikni ta’minlash tizimining tizimchasi sifatida ishlanib bo’linganidan keyin tavsiya etiladi (SOK).
Nazariy nuqtai nazardan chiqarilayotgan tovarlar raqobatbardoshligini ta’minlash muammolarini majmuali qamrab olish uchun statika va dinamikada hamda tuzilma va jaaryonda bir vaqtda ko’rib chiqish zarur. Tuzilma sifatida raqobatbardoshlilikni ta’minlash tizimi – tashkilotning chiqarilayotgan tovar raqobatbardoshligini ta’minlashga yo’naltirilgan tashqi muhiti (“kirish”, “chiqish”, tashqi muhit bilan aloqalar, aylanma aloqa) va uning ichki tuzilmasi (ilmiy yo’nalish tizimchalari, maqsadli, ta’minlovchi, boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimchalar) dan iborat bo’lgan tizim. Jarayon sifatida raqobatbardoshlikni boshqarish tizimi – o’zaro bog’langan ilmiy yondashuvlar, tamoyillar, uslublar, chiqarilayotgan tovarlar raqobatbardoshligini ta’minlash uchun boshqavriladigan ob’ektlarning hayotiylik tsikli bosqichlari va boshqaruvning barcha funktsiyalari bo’yicha ishlab chiqiladigan vositalar va chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonidir.
SOK tuzilmasi marketing va menejmentning har qanday tizimi uchun asos hichoblanadi, uning maqsadi yagona yo’naltirilganlikda - raqobatbardoshlikni ta’minlashda maxsusdir. Masalan, strategik marketingning maqsadi kelajakdagi tovarlar va tashkilotning raqobatbadosh strategiyasining raqobatbardoshlik me’yorlarining ishlab chiqish hisoblanadi. Innovatsion menejmentning maqsadi oldin ishlab chiqilgan me’yorlarga muvofiq keladigan raqobatbardosh yangiliklarni va ularning innovatsiyalarini ishlab chiqish. Ishlab chiqarish menejmentining maqsadi – raqobatga bardoshli mahsulotlar chiqarish. Taktik marketingning maqsadi raqobatga bardoshli tovarlarni iste’molchigacha yetkazib berishni tezlashtirish va ularning sifatli servisini tashkil etish hisoblanadi. CHiqarilayotgan tovarlar hayotiylik tsiklining barcha bosqichlari bo’yicha bajariladigan ishlarni majmuali tashkil qilish uchun maqsadli tizimcha bir komponent – tovar savdo bozorini kengaytirish bilan to’ldiriladi.
SOKning asos tuzilmasidan tashqari yuqorida sanab o’tilgan maqsadlarga erishish uchun marketing va menejment ko’rinishlari bo’yicha tuzilmalar qurilishi lozim. Bunda birinchi, ikkinchi, uchinchi va beshinchi tizimcha, shuningdek, tashqi muhit tuzilmalari asos tuzilmaga qiyoslaganda o’zgarishsiz bo’lib qoladi. Ularning mazmuni har bir aniq holatda aniqlanadi. Masalan, aloqalar miqdori va iste’mol qilinadigan tovarlar uchun strategik va taktik marketing tuzilmasi oddiy hisoblanadi. Innovatsiyaon va ishlab chiqarish menejmenti tizimchalarining tuzilmalari, shubhasiz, tashqi va ichki aloqalarning va ichki aloqalar hamda sarflanadigan resurslarning katta miqdori hisobiga ancha murakkabdir. Bunda tashqari, strategik marketing bo’yicha masalalarni hal qilish dastlabki axborotlarning katta hajmini bashoratlash va maqbullashtirish uslublarining qo’llanilishini nazarda tutadi. Innovatsiyaon menejment qimmat turadigan laboratoriya uskunalariga sarflanadigan katta harajatlarni, ilmiy yondashuvlarni qo’llashni, yuqori malakali olimlar va mutaxassislarni jalb qilishni talab qiladi. Ishlab chiqarish menejmenti masalalarini hal qilish katta hajmdagi moddiy texnik, yonilg’i-energetika va mehnat resurslarini qo’llash bilan bog’liq. Taktik marketing jamoatchilik bilan keng aloqalarni va mobil malakali kadrlarni nazarda tutadi.


Yüklə 20,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin