Mavzu. Ishlab chiqarish korxonalarida sifatni boshqarish


Xalqaro sifat tizimi ISO 9000:2000 standartlari



Yüklə 20,68 Kb.
səhifə4/4
tarix25.12.2023
ölçüsü20,68 Kb.
#196744
1   2   3   4
Mavzu. Ishlab chiqarish korxonalarida sifatni boshqarish-hozir.org

7.5. Xalqaro sifat tizimi ISO 9000:2000 standartlari.
1988 yilda qabul qilingan ISO 9000:2000 xalqaro standartlari – bu quyidagi standartlarni o’z ichiga oladigan tizimdir:
- ISO 9000 “sifatni ta’minlash bo’yicha sifat va standartlarga umumiy rahbarlik qilish. Tanlash va qo’llash bo’yicha ko’rsatmalar rahbarlari”;
- ISO 9001 “Sifat tizimi. Loyihalashtirish va (yoki) ishlab chiqish, ishlab chiqarish, montaj va xizmat ko’rsatishda sifatni ta’minlashu chun modelь”;
- ISO 9002 “Sifat tizimi. Oxirigi nazorat va montajda sifatni ta’minlash uchun modelь”;
- ISO 9003 “Sifat tizimi. Oxirigi sinov va nazoratda sifatni ta’minlash uchun modelь”;
- ISO 9004 “Sifatga umumiy rahbarlik va sifat tizimi elementlari. Boshqaruvchi ko’rsatmalar”.
Xalqaro standartlar quyidagi vaziyatlarda qo’llaniladi:
1) agar shartnomada loyihaviy ishlarga va mahsulotlarga talablar ekspluatatsion xarkteristikalar ko’rinishida ifodalangan bo’lsa yoki ularni aniqlash zarurati ko’rsatilgan bo’lsa, alohida kelishiladi;
2) agar iste’molchi qo’yilgan mahsulot belgilangan talablarga mos kelishiga ishonch hosil qilsa. Vositachi loyihalashtirish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, montaj va xizmat ko’rsatish sohasida o’z imkoniyatlarini isbotlashi lozim.
Tovar vositachisi sifat tizimini mahsulotning belgilangan talablariga muvofitqligini ta’minlaydigan vosita sifatida xujjat bilan rasmiylashtirilgan ishchi hoaltini ishlab chiqishi va qo’llab-quvvatlashi lozim. Bu quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- standart talablariga muvofiq, sifat tizimiga tegishli xujjat bilan rasmiylashtirilgan muolaja va ko’rsatmalarni tayyorlash;
- sifat tizimining xujjatlashtirilgan muolaja va ko’rsatmalarini samarali qo’llash;
ISO 9000:2000 xalqaro standartlarining xususiyatlari quyidagilardan iborat:
- mahsulot sifatini boshqarishga tizimli yondashuvni qo’llash;
- iste’molchiga yo’naltirilganlik;
- mahsulot hayotiylik tsiklining butun bosqichlarida talablarni reglamentlashtirish;
- mahsulot sifatini boshqarish barcha asosiy funktsiyalar bo’yicha amalga oshiriladi (motivlashtirish va tartibga solishdang tashqari);
- aniq talablarni xujjatli rasmiylashtirish (iloji boricha miqdoriy);
- tavsiyaviy xarakter.
Kitobda asoslangan ISO xalqaro standartlarida sifat tizimlari bo’yicha menejment tizimiga 20 ta yondashuvdan bor-yo’g’i beshtasigina qo’llanilgan (tizimli, integratsion, istiqbolli, miqdoriy, dinamik). Bu yerda shunday xulosaga kelish mumkinki, sifatning xalqaro tizimlarini joriy etish firma menejmentini ancha oshiradi. Yetakchi firmalar raqobatdosh afzallikliklarni ta’minlashda menejmentning murakkab uslublarini qo’llash hisobiga tovarlarning yuqori sifatiga erishmoqdalar.
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
1. Mahsulot sifati nima?
2. Mahsulot sifat ko’rsatkichlari tarkibini ochib bering.
3. Mahsulot sifatining qanday ko’rsatkichlariga xalqaro organlar alohida ahamiyat beradilar?
4. AQSHda boshqaruv sifati xususiyatlari qanday?
5. Yaponiyada boshqaruv sifati xususiyatlari qanday?
6. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida sifat boshqaruvi tizimi nimasi bilan farq qiladi?

7. TQM kontseptsiyasi tuzilmasi qanday?



8. SOK tizimi tuzilmasi qanday?
http://hozir.org
Yüklə 20,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin