Mavzu: Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish tamoyillari. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish tamoyillari



Yüklə 114,29 Kb.
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü114,29 Kb.
#204830
1   2   3   4
Jumyazov Jamshid

Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish tamoyillari.
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari bozor iqtisodiyotining rivojlanishi qonunlarida namoyon boladi. Ular o‘zaro ajralmagan holda rivojlanadi va bir-birini taqozo etadi.
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari bilan birga ularni joylashtirish tamoyillari ham katta ahamiyatga ega. Joylashtirish tamoyillari mamlakat iqtisodiy rivojlanishining muayyan davri mobaynida ishlab chiqarish hududiy taqsimotida namoyon bo‘ladi. Ushbu tamoyillarni xo‘jalik yuritish usullari sifatida ko‘rib chiqishimiz mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni joylashtirish tamoyillarini davlat iqtisodiy siyosatining oziga xos ilmiy nizomi sifatida tushunish mumkin. Turli mamlakatlarda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish tamoyillari bozor iqtisodiyotining rivojlanish modеlini o‘rganish va tajribalaridan foydalanish asosida shakllanadi va rivojlanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki bosqichida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda quyidagi tamoyillari ajralib turadi:
ishlab chiqarishning energiya, xomashyo, yoqilg‘i manbalari va istе'mol mintaqalariga yaqinlashuvi;
• tabiiy rеsurslarning eng samarali turlarini o‘zlashtirish va ulardan komplеks foydalanish;
• ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish, tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni ko‘rish va tabiatdan oqilona foydalanish;
• xalqaro mеhnat taqsimotining iqtisodiy qulayliklaridan foydalanish, xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni tiklash va rivojlantirish;
• korxona va infratuzilma obyektlarini joylashtirishda favqulodda holatlarni (zilzila, suv toshqini, tog‘ va jarliklarning surilishi, sеl va hokazo) hisobga olish.
Ishlab chiqarishni energiya, xomashyo, yoqilg‘i manbalari va istе’mol mintaqalariga yaqinlashtirish tamoyili amalga oshirilganda uzoq masofaga yuk tashish va ishlab chiqarish jarayonidagi xarajatlarni kamaytirish bilan bog‘liq muammolar yеchiladi. Bu o‘z navbatida iqtisodiy samaradorlikning osishiga olib kеladi. Ayniqsa, energiyani ko‘p talab etadigan korxonalarning yoqilg‘i va energiya manbalariga yaqin bo‘lishi katta ahamiyatga ega (masalan, rangli mеtallurgiya yoki kimyo sanoati tarmoqlari). Xomashyo manbalariga material ko‘p talab qiluvchi sanoat tarmoqlari yaqin joylashadi (qora mеtallurgiya, og‘ir mashinasozlik). Yengil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlari mahsulotlarini ishlab chiqarish istе’mol mintaqalariga, fanga ehtiyoj sеzuvchi tarmoqlar esa yuqori malakali mеhnat rеsurslari bilan ta’minlangan mintaqalarga yaqinlashadi. Bozor sharoitida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish jarayonida mintaqalarda tabiatdan foydalanish muammosi dolzarb bo‘lib turibdi. Hozirgi paytda tabiatga zarar kеltirish, ekologik toza bo‘lmagan mahsulot ishlab chiqarish, tabiiy rеsurslarni dunyo narxlaridan ko‘ra arzonga sotish kabi iqtisodiy mas’uliyatsizlik illatlari bartaraf etilishi zarur.
Iqtisodiy holatni yaxshilash, tabiatdan samarali foydalanishga erishish uchun quyidagi iqtisodiy dastaklar lozim:
− ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish doirasida mintaqalar va ekotizimlar bo‘yicha ekologik chеklashlar tizimining qonuniy va mе'yoriy asosini yaratish;
− takror ishlab chiqarish va tabiiy rеsurslardan oqilona foydalanishni rag‘batlantiruvchi ekologik soliq va tabiatdan foydalanganlik uchun to‘lovlar tizimini kiritish;
− tabiiy rеsurslar istе'moli, ifloslantiruvchi moddalarning chiqarib tashlanishini chеklash, chiqindilarni joylashtirish, shuningdеk tabiiy rеsurslardan samarali va komplеks foydalanish ko‘rsatkichlari tizimini shakllantirish.
Hozirgi sharoitda birgalikda moliyalashtirish va xo‘jalik obyektlarini qurish, qo‘shma korxonalar tuzish, moliya va bank sohalarida hamkorlik qilish, kompеnsatsiya asosida hamkorlik qilish, tashqi savdo kabi iqtisodiy hamkorlikning turlari katta ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda boshqa tamoyillar ham hisobga olinadi, masalan, katta shaharlarning osishini boshqarish tamoyili, kichik va orta shaharlar rivojlanishini faollashtirish va boshqalar. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyat va tamoyillari bilan birgalikda nazariy jihatdan ishlab chiqarishning lokalizatsiyasini belgilab bеradigan, ba'zi xo‘jalik tarmoqlarining joylashuviga, turli toifadagi mintaqaviy komplеkslarning iqtisodiy rayonlar, viloyatlar va tumanlardagi hududiy ishlab chiqarish majmualari (HIM) shakllanishiga ta'sir etadigan omillar ham katta ahamiyatga ega.
Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda muayyan qonuniyatlar namoyon bo‘lmoqda. Ular muayyan tarixiy bosqichda ijtimoiy taraqqiyot qonunlarining o‘zaro harakati natijasida shakllanadi. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari ishlab chiqarish kuchlari va hududlar o‘rtasidagi umumiy munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirishda ishlab chiqarishning yuqori samaradorligi, maksimal daromad olish imkoniyatlariga katta e’tibor bеrish lozim. Ayni paytda, tabiiy-rеsurs salohiyatlaridan tеjamkorlik bilan foydalanish, ekologik sharoitni yaxshilash masalalari ham hisobga olinadi.
Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillari.
Ishlab chiqarishni joylashtirish omillari deganda, ma’lum bir guruh xo‘jalik obyektlariga, tarmoqqa yoki mamlakat xo‘jaligi tarkibini hududiy tashkil etilishiga, iqtisodiy rayonlarga, shuningdek, hududiy ishlab chiqarish majmualarining oqilona va samarali joylashishiga ta’sir etuvchi majmuali shart-sharoitlar tushuniladi. Bu omillarni yaxshi bilish ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va tizimining rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganishga asos bo‘ladi.
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda xomashyo,yoqilg‘i, elektr-energiya, suv, iqlim, mehnat resurslari, iste’mol va transport, iqtisodiy-geografik o‘rin kabi omillar e’tiborga olinadi.
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda barcha shart-sharoitlar hisobga olinishi lozim, lekin ma’lum tarmoqni hududiy tashkil etishda barcha omillar emas, balki ulardan ayrimlarigina yetakchi rol o‘ynaydi.
Ijtimoiy – iqtisodiy omillar aholi va mehnat resurslari, transport, ilmiy – texnika taraqqiyoti, ijtimoiy va ishlab chiqarish infrastrukturasi kabilardan tashkil topadi. Aholi ayni vaqtning o‘zida ham yaratuvchi, ham iste‘molchi bo‘lganligi sababli uning barcha demografik ko‘rsatkichlari – aholi soni, o‘sishi, zichligi, yosh va jinsiy tarkibi hisobga olinadi. Jumladan, aholi soni iste‘mol mollar ishlab chiqarishda, ko‘p yoki kam mehnat talab qiladigan korxonalarni qurishda ahamiyatlidir. Uning yosh va jinsiy tarkibi turli xo‘jalik tarmoqlarini joylashtirishga (sog‘liqni saqlash, maorif, aholiga xizmat ko‘rsatish, og‘ir yoki yengil sanoat va hokazo) o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida, (talab va taklif), raqobat, u yoki bu mahsulot ishlab chiqaradigan makonni, bozor muhitini belgilaydi. Binobarin, talabning nafaqat miqdor jihatdan o‘sib borishini, balki uning xususiylashuvini, sifatini e’tiborga olish, ixcham, harakatchan, boshqarishi oson bo‘lgan kichik va o‘rta korxonalarni joylashtirish o‘tish davri uchun ayniqsa xosdir. Shu boisdan ham hozirgi vaqtda o‘rta kichik biznesni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda.
Ishlab chiqarish tarmoklarini hududiy tashkil qilishda joyning iqtisodiy geografik o‘rniga ham ahamiyat bermoq zarur. Agar tanlangan joy yoki geografik nuqta transport bilan yaxshi bog‘langan bo‘lsa, xomashyo iste’mol rayonlarga yaqin, elektr-energiya va qurilish materiallari ham uzoq bo‘lmasa, bu yerda joylashtirilgan korxona albatta katta iqtisodiy samara beradi.
Joyning, ayniqsa shaharning iqtisodiy geografik o‘rni aksariyat hollarda uning iqtisodiy ixtisoslashuvini belgilab beradi. Masalan, Bokobodda O‘zbekiston metallurgiya zavodining joylashtirilganligi, Yangiyer yoki Qarshida qurilish materiallari sanoatining rivojlanganlik sababini ularning iqtisodiy geografik o‘rni orqali izohlash mumkin. Guliston yoki Termizning nisbatan sust rivojlanganligi ham ma’lum darajada ularning geografik va geosiyosiy o‘rinlariga bog‘liqdir.
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda barcha shart – sharoitlar, omillar hisobga olinadi. Lekin ma’lum tarmoqni hududiy tashkil etishda barcha omillar emas, balki ulardan faqat ayrimlari yetakchi, hal etuvchi rol o‘ynaydi.
Jumlandan, mashinasozlik tarmog‘iga kiruvchi ba’zi bir korxonalarni joylashtirishda xomashyo (metall) ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lsa, boshqasi uchun malakali ishchi kuchi muhim omil hisoblanadi. Endi yuqorida ko‘rsatilgan asosiy omillarga suyanib ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishga ta’sir etuvchi omillarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Xomashyo omili. Ma’lumki, barcha mahsulot xomashyosiz yaratilmaydi. Ammo ayrim mahsulotlarni olish uchun xomashyo boshqalariga qaraganda ko‘proq sarflanadi. Shuning uchun bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tarmoqlar va korxonalar mumkin qadar xomashyo rayonlariga yaqin joylashtiriladi.
Sanoatning ba’zi tarmoqlari, masalan, tog‘ – kon, o‘rmon, baliqchilik sanoati tarmoqlarining joylashuvi xomashyo bo‘lmagan rayonlarda rivojlanmaydi. Bunday sanoat tarmoqlarining joylashuvi bevosita foydali qazilmalar yoki tabiiy boyliklar geografiyasi bilan belgilanadi. Boshqa sanoat tarmoqlarining hududiy tashkil etilishi esa biroz murakkabroq tusga ega. Bu borada bir qator fakt va raqamlar keltirish o‘rindi. Masalan, 1 t paxta tolasini olish uchun taxminan 3 t xom paxta, 1 t paxta yog‘i uchun 5 t chigit, 1 t pista yog‘i uchun 3 t kungaboqar, 1 t shakar uchun 7 t qand lavlagisi ishlatiladi. Ushbu raqamlarni nisbiy (foiz) ko‘rinishida berish foydali holi emas. Chunonchi, paxta tolasining oq paxtadan chiqishi 32 – 33 foiz, paxta yog‘ining chigitdan olinishi 19 – 20, shakarni qand lavlagidan tayyorlash 14 – 15 foiz va shunga o‘xshash. Demak, bu korxonalar xomashyo rayonida yoxud unga yaqin maskanda joylashtirilishi shart. Mineral o‘g‘itlar ichida kaliy o‘g‘itini ishlab chiqarish geografiyasi batamom xomashyo omili bilan belgilanadi, chunki uni olish uchun ko‘p miqdorda kaliy tuzi sarflanadi.
Masalan, shu boisdan kelajakda Dehqonobod tumanida mavjud kaliy xomashyosi hisobiga kaliy o‘g‘iti ishlab chiqaradigan zavod qurilishi rejalashtirilayotgani fikrimizning isbotidir. Xomashyoga asoslangan sanoat tarmoqlarining geografiyasini o‘rganish eng avvalo mamlakat tabiiy sharoiti va boyliklarini bilishni talab etadi. Xomashyo omiliga asoslanib ishlab chiqarishning hududiy tashkil etish masalalari tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, atrof – muhit tozaligini saqlash muammolarini hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
Yoqilg‘i omili – issiqlik elektr stantsiyalari, qora metallurgiya sanoatining dastlabki – cho‘yan eritish (domna pechida) bosqichini joylashtirishda asosiy rol o‘ynaydi. Ammo uning ta’siri har doim ham yetakchi kuchga ega emas. Issiqlik elektrostantsiyalari yoki metallurgiya zavodlari iste’mol rayonlarida ham joylashtirilishi mumkin. Bunday hol neft va uning mahsuloti mazut, tabiiy gaz asosida ishlovchi issiqlik elektr stantsiyalarini qurishga taalluqli (yoqilg‘i quvurlarda keltirilishi iqtisodiy jihatdan ma’qulroq) bo‘ladi. Yoqilg‘i omillarini ko‘proq matellurgiya korxonalarini joylashtirishda ko‘rish mumkin, masalan, Qozog‘iston davlatidagi Qarag‘anda to‘liq tsiklli metallurgiya kobinati bevosita ko‘mir havzasi rayonida joylashtirilgan. Lipetsk, Tula, Krivoy Rog kombinatlari esa xomashyo, ya’ni temir rudasi konlariga yaqin qurilgan, bunda ko‘mir boshqa regionlardan olib keltriladi. Shuningdek, ko‘mir va temir rudasini bir – biri bilan hududiy almashuvi asosida har ikkala rayonda shakllangan qora metallurgiya markazlari mavjud. Bu borada 30 – yillarda amalga oshirilgan Ural – Kuznetsk kombinati (UKK)ni ko‘rsatish o‘rinli. Ushbu dastur hududiy ishlab chiqarish majmuining dastlabki ko‘rinishi bo‘lib, uni hayotga tatbiq etishda ham xomashyo rayonida – Janubiy Ural temir rudasi konlari asosida (dunyodagi eng yirik Magnitogorsk metallurgiya kombinati), ham yoqilg‘i rayoni – Kuznetsk toshko‘mir havzasida, ya’ni Novokuznetskda bunday ulkan korxonalar bunyod etilgan edi.
Elektr quvvati omili. Hozirgi zamon ishlab chiqarishini, hatto transport va qishloq xo‘jaligini ham elektr quvvatisiz tasavvur qilish qiyin. Bu sohaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u yaratgan mahsulotni, ya’ni elektr quvvatini jamg‘arib, omborxonalarga yig‘ib bo‘lmaydi, undan ayni paytning o‘zida foydalanish kerak. Odatda elektr quvvati omilini ishlab chiqarishning hududiy tashkil etilishida eng avvalo uning arzon turiga urg‘u beriladi. Arzon elektr quvvati suv stantsiyalaridan olinadi, chunki suv suvligicha GESdan keyin ham qolaveradi, Respublikamizda ishlab chiqariladigan elektr energiyaning 80% ziyodi issiqlik elektr stantsiyalaridan olinadi. XICHM shakllanishida, masalan, Talimarjon TRES ahamiyati katta …. yoqilg‘i elektr stantsiyalarida esa ko‘mir, mazut yoki tabiiy gaz sarflanadi. Demak, elektr quvvati bir qator sanoat korxonalarini o‘z atrofiga omil sifatida “yig‘ar” ekan. Shu sababli u yirik rayon va majmua hosil qilish qudratiga ega. Bizning sharoitimizda elektr quvvati yangi yerlarni o‘zlashtirish uchun ham kerak. Jumladan, Qarshi dashtining asosiy qismi Tolimarjondagi bir qator nasos stantsiyalari vositasi bilan sug‘oriladi. Elektr quvvati Norak – Tursunzoda (Regar) – G‘uzor orqali keladi. Suv va iqlim sharoiti omili ham ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda katta ahamiyatga ega. Suv manbalari ayniqsa kimyo, yog‘och – tsellyuloza, metallurgiya zavodlarining faoliyatiga sezilarli ta’sir qiladi. Jumladan, cho‘yan erituvchi pechlarni sovitish uchun ham suv kerak. Suv va iqlim sharoitlari omili boshqa sanoat korxonalarini qurishda ham e’tiborga olinadi. Bu omilning ahamiyati qishloq xo‘jaligi, dehqonchilik uchun katta. Chunonchi, O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekiston Respublikasida an’anaviy dehqonchilik uning issiq va quruq iqlimiy sharoitida faqat sun’iy sug‘orish asosida olib boriladi. Paxta, meva, sabzavot, uzum va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlariga suv hamda issiq iqlim (ma’lum miqdordagi vegetatsiya haroratining miqdori) juda zarur.
Shu bilan birga issiq iqlim sharoitida sanoat korxonalarini ochiq usulda qurish, suv va boshqa alkogolsiz ichimliklar, ip gazlama ishlab chiqarishga o‘xshash tarmoqlarni ko‘proq rivojlantirish talab etiladi.
Ijtimoiy - iqtisodiy omillari ichida eng muhimi aholi va mehnat resurs omilidir. Har qanday ishlab chiqarish jarayoni ishchi kuchisiz sodir bo‘lmaydi. Bu o‘rinda ikki holni qayd qilish lozim: birinchidan, shunday korxonalar borki, ularga son jihatdan ko‘p ishchi kerak. Masalan, tikuv fabrikasi, konserva zavodi, paxta yetishtirish, uni qayta ishlash va hokazo. Ayni bir paytda boshqa bir korxonalarga mehnat resurslarining miqdori ko‘p bo‘lishi shart emas, «oz bo‘lsa ham soz bo‘lsin» ma’nosida ularga malakali ishchi kuchi talab qilinadi. Mazkur korxonalar va tarmoqlar (radio yoki priborsozlik, aniq mashinasozlik va shunga o‘xshash) malakali ishchi kuchi mavjud bo‘lgan shaharlarda, ilmiy texnik markazlarida joylashtiriladi.
O‘zbekistonda mahalliy aholi tabiiy ko‘payishining yuqoriligi va uning migratsion harakatini faolsizligi mehnat zaxiralarini ko‘plab shakllanishiga olib keladi. Shu sababli bizda mehnatga layoqatli aholi soni juda ko‘p. Ularning miqdori qishloq joylarda va sust rivojlangan kichik shaharlarda juda yuqori. Binobarin, bunday joylarda ish o‘rinlarini kengaytirish, yangi sanoat va boshqa korxonalar, madaniy - maishiy muassasalarni qurish zarur.
Ishlab chiqarishni hududiy joylashtirishda iste’molchi omili katta ahamiyatga ega. Aholi faqat ishchi kuchi emas, balki u eng avvalo iste’molchi hamdir. Bu omilning roli esa hozirgi kunda, xalqning yashash sharoiti va darajasini yaxshilash doirasida keskin oshib borishi bilan bog‘liqdir. Ijtimoiy qiyinchiliklarga barham berish alohida kerak bo‘lgan oziq - ovqat, kiyim - kechak va uning boshqa ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlarni yetarli miqyosda ishlab chiqarishni taqozo etadi. Shu sababli iste’mol omili oziq - ovqat korxonalarini o‘ziga «tortadi», ya‘ni bunday zavod yoki fabrikalar bevosita aholi yashovchi maskanlarda joylashtiriladi. Iste’mol omili faqat xalq ehtiyoji bilan belgilanmaydi. Ishlab chiqarishning o‘zining talabi, boshqa xil maxsulotlarning keng miqdorda sarflanishi, ularning transportda keltirishning noqulayligi ham bunday korxonalarni iste’mol rayonlarida qurilishini nazarda tutadi. Masalan, qishloq xo‘jalik mashinasozligi o‘sha mintaqaning ishlab chiqarish ixtisoslashuviga muvofiq shu yerda rivojlanishi zarur.
Umuman, qaysi rayon nimaga ixtisoslashsa shunga mos mashinasozlik tarmog‘i bu yerda yaxshi rivojlangan bo‘lishi qonuniy bir holdir. O‘zbekistonda paxta teruvchi, Belorussiyada - kartoshka, Ukrainada qand lavlagi, Shimoliy Kavkaz va Volga bo‘yicha g‘alla yig‘uvchi, Qirg‘izistonda pichan taxlovchi, Gruziyada choy teruvchi mashinalarni ishlab chiqarish bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Xuddi shunday, rayonlarni ma’lum yuqori sanoat tarmoqlariga ixtisoslashuvi o‘sha sohalarga tegishli mashina, asbob - uskuna, jihozlar ishlab chiqarilishini talab etadi. Chunonchi, Uralda metallurgiya sanoati uchun, Bokuda - neft, Donbassda – ko‘mir, Petrozavodskda – o‘rmon, O‘zbekistonda to‘qimachilik mashinasozligi rivojlangan. Shuningdek, boshqa sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini ham aholi yashab turgan joylarda joylashtirish maqsadga muvofiq, yoki: neftni keltirib, undan benzin, kerosin, mazut va shunga o‘xshash qator mahsulotlarni olish, kimyo sanoatini rivojlantirish va boshqalar.
Go‘sht sanoatini joylashtirish ham o‘ziga xos xususiyatga ega. Bu sanoat bevosita chorvachilik rayonlarida rivojlantirilsa, unda iste’molchiga faqat muzlatilgan go‘sht keltiriladi. Bunday go‘shtdan esa kolbasa, konserva va boshqa go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarib bo‘lmaydi. Agar go‘sht sanoati iste’mol rayonlarida joylashtirilsa - maqsaga muvofiq bo‘ladi.
Transport omili ishlab chiqarishni joylashtirishda juda muhim, chunki u ishlab chiqarishning bevosita davom ettiruvchi tarmog‘i hisoblanadi. Transport shohobchalarisiz xomashyo ham keltirilmaydi, mahsulot ham iste’molchilarga yetkazilmaydi. Eng muhimi, hududiy mehnat taqsimoti rivojlanmaydi.
Shuning uchun transportning ahamiyati barcha boshqa omillar bilan qo‘shilib, uyg‘unlashib ketadi va uni «sof» holda ajratib olish qiyin. Omillar bilan ham chambarchars bog‘liq bo‘lib, iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy - texnika taraqqiyoti chetlab o‘tolmaymiz, albatta omilning ta’siri bir qator tarmoqlarni hududiy tashkil etilishida aniq va ravshan ko‘rinadi (mashinasozlik, elektroenergetika va kimyo). Shubhasizki, mazkur sanoat tarmoqlariga tegishli ko‘pgina korxonalar, ayniqsa mashinasozlik zavodlari yuksak darajada ilmiy - texnika qudratiga ega bo‘lgan yirik shaharlarda joylashtiriladi.
Yuqorida ko‘rilgan barcha omillarning ahamiyati katta. Ammo ularning barchasi pirovard natijada ekologik omil bilan «hisoblashishlari» kerak. Zotan vujudga kelgan vaziyat buni qat’iylik bilan talab etadi. Hozirgi kunda ayrim sanoat korxonalarining ishlashi shu nuqtai - nazardan to‘xtatilganligi bejiz emas.
Ekologik jihatdan ko’p sanoat tarmoqlari va eng avvalo kimyo, yog‘och - tsellyuloza, go‘sht, vino, konserva, charm zavodlari, issiqlik elektr stantsiyalari va shunga o‘xshash korxonalar «nomaqbul» hisoblanadi. Binobarin, ular aholi joylashgan markazlardan uzoqroqda bo‘lishi «Sho‘rtan gaz kimyo», majmuasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi va boshqa sanoat korxonalari misolida ko‘rish mumkin.
Kimyo sanoati misolida ekologik omilning ishlab chiqarishning hududiy tashkil etilishiga ta’sirini ko‘rish mumkin, chunki bu sanoat korxonalarini joylashtirilishi chinakam erkin xususiyatga ega. Zero kimyo sanoati o‘simlik, hayvonot, mineral xomashyosi, suv, havo (azot) asosida ham, boshqa sanoat chiqindisi (qora va rangli metallurgiya) negizida ham rivojlanish mumkin. Shunday qilib, kimyo sanoati korxonalarini har qayerda qursa bo‘ladi, ammo bu masalaning bitta nozik tomoni bor - bu ham bo‘lsa ekologik omildir. Bu omil bilan hozirgi kunda hisoblashmasdan iloj yo‘q, zero mamlakatimiz hududida ekologik sog‘lom joyning o‘zi juda sanoqli.
Yuqoridagi omillardan tashqari bozor iqtisodiyoti omilini ham unutmaslik kerak. Hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti to‘g‘risida barcha - olimu oddiy xalq, katayu kichik so‘z yuritadi, ba’zan bu ibora dissertatsiya va boshqa ilmiy ishlar nomiga ham kiritiladi. Lekin bu juda murakkab tushuncha va iqtisodiy munosabatdir. Unga xorijiy mamlakatlar, xususan Yevropa davlatlari boy tajribaga ega, chunki bu munosabat mazkur davlatlarda o‘n va yuz yillar davomida shakllanib kelgan.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga birdaniga o‘tib bo‘lmaydi, buning uchun barcha shart va sharoit yaratish kerak, ya’ni uning o‘zini moddiy, maishiy va madaniy infrastrukturasi bo‘lmog‘i lozim. Shuning uchun bu munosabatlarga o‘tish tarixan birmuncha uzoq davrni talab etadi va unga bosqichma - bosqich o‘tish, evolyutsion rivojlanish iborasini qo‘llash to‘g‘riroq bo‘ladi. Sodda qilib olganda, bozor iqtisodiyoti - bu ishlab chiqarish erkinligi va xarid erkinligidir, bu raqobatdir. Demak, ishlab chiqarishni rejali (planli) va proportsional, tekis joylashtirish o‘rniga hududiy tengsizlik, musobaqa, o‘rniga raqobat tushunchalarini qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Bunday sharoitda ko‘p ukladli iqtisodiyot, mulkchilikning turli shakllari va sog‘lom raqobat muhitini vujudga keltirish, monopoliyaga qarshi kurash muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, bozor iqtisodiyoti omilini ishlab chiqarish tarmoqlarini hududiy tashkil etishga nisbatan tahlil etar ekanmiz, unda bu boradagi ilgarigi, an’anaviy fikr yuritishlarimiz tamomila o‘zgarib ketadi. Chunki bu sharoitda aksariyat narsani, shu jumladan nimaga ixtisoslashuvi va qayerda joylashtirishni pirovard natijada bozor, raqobat, talab va taklif belgilaydi. Davlat esa o‘zining regional (hududiy) va soliq siyosati orqali bu jarayonni boshqarib yoki tartibga solib turadi.
Ishlab chiqarishni hududiy joylashtirishda infrastruktura (infratuzilma) muhim rol o‘ynaydi. Iqtisodiyotda infratuzilma tushunchasi iqtisodiyotda yaqindagina qo‘llanilayotgan bo‘lishiga qaramay, vaqt o‘tgan sari unga tobora katta e’tibor berilmoqda.
Infratuzilmani kategoriya sifatida keng talqin qilish unga moddiy boyliklar yaratishda bevosita qatnashmasa-da, lekin unga ishlab chiqarish, ishlab turishni ta’minlovchi inshoatlar, ob’ektlar, tizimlar va turli xizmatlar kiradi. Infratuzilmaning rivojlanganligi u yoki bu region xo‘jalik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligi darajasini aks ettiradi. Infratuzilmalar ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish infratuzilmasi ishlab chiqarish jarayoniga ko‘proq xizmat ko‘rsatish sohalari bilan bog‘liq bo‘lgan muxandis – texnika inshoatlari va ob’ektlari, elektr uzatish liniyalari hamda kichik stantsiyalar, har xil aloqa turlari, quvurlar va hokazo. Suv ta’minoti ob’ektlari, turli xil sug‘orish inshoatlari, ulgurji savdo hamda moddiy - texnika ta’minoti muassasalari, ilmiy harakterdagi muassasalar va axborot vositalari kiradi. Ijtimoiy infratuzilma aholi uchun zarur uy - joy, maishiy va ijtimoiy - madaniy sharoitlarni ta‘minlash bilan bog‘liq ob’ektlar jamidan iborat bo‘ladi. Unga uy - joy fondi, turli xil savdo va umumiy ovqatlanish, mahalliy transport, suv ta’minoti hamda kanalizatsiya tizimi, sog‘liqni saqlash, ma’orif muassasalari, oliy maktab, ilmiy - tadqiqot ilmgohlari, pochta - telegraf hamda moliya muassasalari, madaniy –tomosha korxonalari, sport –sog‘lomlashtirish inshootlari, jamoat xavfsizligi va boshqa ob’ektlar hamda ijtimoiy-maishiy xarakterdagi muassasalar kiradi. Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma tarkibining keltirilgan ro‘yxatidan kurinib turibdiki, uning vazifalari quyidagi ikki belgi bilan xarakterlanadi: ishlab chiqarish va aholiga har tomonlama xizmat ko‘rsatish hamda foydalanishning tarmoqlararo xarakteridan iborat ekanligi. Foydalanishning tarmoqlararo harakteri, ayniqsa, muhimdir, chunki u rivojlangan infratuzilmalarni rayon va shaharning ishlab chiqarish ixtisoslashuvidan qat’iy - nazar barpo etish zarurligini ko’rsatadi. Tarmoqlarning har qanday jami yetarli darajada o‘zlashtirilgan va obodonlashtirilgan hududda negiz topish mumkin. Infratuzilma ob’ektlari va inshoatlari moddiy ne’matlar ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa - da, lekin shunga qaramay ishlab chiqarish bilan aholining barcha xizmat turlariga talabi keskin o‘sgan fan - texnika taraqqiyoti sharoitda ular ahamiyatini kamsitib bo‘lmaydi.
Ijtimoiy infratuzilma aholiga har tomonlama xizmat ko‘rsatish darajasini oshirishgina emas, balki bandlik tuzilmasini yaxshilashga ham yordam beradi. Bu narsa Respublikamizning yangi o‘zlashtiriladigan rayonlar uchun ayniqsa muhim ahamiyatga ega.
Ishlab chiqarish munosabatlari — keng maʼnoda ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar oʻrtasida bajaradigan vazifalariga bogʻliq holda shakllanadigan munosabatlar (mulkdorlar, tadbirkorlar, boshqaruvchilar, xizmatchilar, yollanma xodimlar, dehqonlar va boshqalar); tor maʼnoda kishilar oʻrtasida moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot va isteʼmol jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar. Ishlab chiqarish munosabatlari kishilar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarning barcha shakllarini qamrab oladi. Barcha ishlab chiqarish, iqtisodiy munosabatlar ichida ishlab chiqarish vositalariga boʻlgan munosabat, mulkchilik shakllari hal qiluvchi rol oʻynaydi. Ayrim iqtisodiy nazariyalar, masalan, marksistik siyosiy iqtisodda ishlab chiqarish munosabatlari mulkchilik munosabatlarini ifodalaydigan va ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishi darajasi bilan belgilanadigan, jamiyatda siyosat, mafkura, din, axloq va boshqalarning bazasini tashkil qiladigan munosabatlar tarzida talqin qilinadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ishlab chiqarish vositalari egalari bilan yollanib ishlovchi xodimlar oʻrtasidagi munosabatlar mehnat shartnomalari asosida shakllanadi. Ishlab chiqarish munosabatlarining u yoki bu tarixiy konkret shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyot darajasi, kishining tabiat ustidan hukmronlik darajasi bilan belgilanadi. Oʻz navbatida, ishlab chiqarish munosabatlari ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatadi, uni tezlashtiradi yoki sekinlashtiradi.
Tashkiloti – mo‘ljallangan maqsadiga erishish uchun mo‘ljallangan yagona vositasi narsa yoki kishi birikmasi. Bu doimiy dinamik ta’sir bo‘ladi, murakkab tizim hisoblanadi. Vazifasini hisobga olib tashkil nazariyasi, biz ular uning umumiy qonunlari bilan bog‘liq ilmiy bilimlar doirasida tushib, deb xulosa qilish mumkin. Iqtisodiy nazariya nuqtai nazaridan, tizim ongli ravishda muvofiqlashtirib va ma’lum chegarasi bor va doimiy asosda faoliyat, ijtimoiy ta’lim hisoblanadi.
Barcha bosqichlarini o‘z ichiga olgan, moddiy boylik ishlab chiqaradi tashkilot vazifalari ishlab chiqarish sikli. Tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayoni, uning tarkibi ayrim elementlarini o‘z ichiga oladi. Bu mehnatini, uning uskunalar va moslamalarni, shuningdek ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Tayyor mahsulot ishlab chiqarish sikli natija paydo bo‘ladi. Bu mehnat mahsulotidir.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari: boylik relizlar ikki tarkibiy qismdan tashkil topgan. Birikish amalga oshirish usuli hosil jarayonini samarali kuchlari mahsulotlari ishlab chiqarishga jalb qilingan vositasi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda bo‘lgan vaqt, shuningdek, odamlar orasida uning keyingi tarqatish davomida, ma’lum munosabatlar mavjud. Ular ishlab chiqarish sifatida tasniflanadi. Bu omil ham sub’ektiv hisoblanadi. tashkilot vazifasi orqali sotilgan tovarlar ishlab chiqaradi har qanday kompaniyaning faoliyati ishlab chiqarish munosabatlari va samarali kuchlar. Real va shaxsiy omillar orqali boshqacha aytganda, tashkilot vazifalarini ta’minlash samarali kuchlar, kompaniya moddiy va sub’ektiv tarmoqlarini sintez amalga oshirilmoqda. jarayonida ma’lum operatsiyalarni amalga shaxs, shaxsiy omil bo‘lmoqda. Ob‘ektlar va vositalari haqiqiy omil bo‘lmoqda. Target ishlab chiqarishni tashkil etish bilan birga olib va vaqt va fazoda samarali hamkorlikni va ishtirokchilari jarayonining kombinatsiyalarini ta’minlash hisoblanadi.
Moddiy tovar ishlab chiqarishni tashkil etish vazifalari, shuningdek, korxona sektori va sub’ektiv turli qismlari o‘rtasida samarali aloqalarni yo‘lga qaratilgan harakatlarni o‘z ichiga oladi. Texnologik jarayonning omillar o‘rtasidagi shakllanadi munosabatlar murakkab va xilma-xil. Ular ikki guruhga kiradi. Bu ishlab chiqarish va texnik va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Munosabatlar birinchi turi hamkorlikda ishlar jamoasi a‘zolari doirasida mavjud. Ma’lumotlar ulanishlar asos hamkorlik va mehnat bo‘linmasi hisoblanadi. Bu sharoitlar individual ishlari va ularning rassomlar e’tibordan chetda emas. Shu munosabat bilan, va ular orasidagi bog‘lanishlar o‘rnatish uchun bir ehtiyoj bor. Bu vazifa kompaniyasi boshqaruv qismidir.
Ishlab chiqarish jarayonida ma’lum shart-sharoitlar yaratish uchun bir ehtiyoj bor. Bu tashkilotning yana bir funksiyasi zarur shart-sharoit yaratish jarayonida barcha qismlari asosida yagona kompleks sifatida korxona uchun qulay va ularning mehnati natijalaridan xodimlarni qiziqishini oshirish. Ushbu funksiya ishlab chiqarish vositalarini mablag‘ bir shaklda bilan ifodalanadi odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar asoslangan ishlab chiqarish sikli tashkilotdir.
Masala hal qilish uchun mo‘ljallangan kompaniyasi, siz ishlayotgan xodimlar, uning ijtimoiy-madaniy va professional o‘sish ish sifatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi, shuningdek, o‘z-o‘zini ramkani mustahkamlash uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi. Bu asosiy xususiyatlari anglatadi.

Yüklə 114,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin