Mavzu: Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish tamoyillari. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism



Yüklə 114,29 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü114,29 Kb.
#204830
  1   2   3   4
Jumyazov Jamshid


Mavzu: Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish tamoyillari.
Reja:
I. Kirish.
II. Asosiy qism:
1. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda tabiiy sharoit va resurslarning ahamiyati.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar, unum beruvchi kuchlar — ijtimoiy ishlab chiqarishda band boʻlgan ishlab chiqaruvchi vositalari va kishilar majmui; ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida inson bilan tabiat oʻrtasidagi "modda almashuvi"ni amalga oshiradigan subyektiv (odam) va ashyoviy unsurlar tizimi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar insonning tabiatga foal munosabatini ifoda etadi va bu munosabat mazmunini tabiat boyliklarini moddiy va maʼnaviy oʻzlashtirish hamda rivojlantirish tashkil etadi.


2. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish tamoyillari.
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari bozor iqtisodiyotining rivojlanishi qonunlarida namoyon boladi. Ular o‘zaro ajralmagan holda rivojlanadi va bir-birini taqozo etadi.Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari bilan birga ularni joylashtirish tamoyillari ham katta ahamiyatga ega. Joylashtirish tamoyillari mamlakat iqtisodiy rivojlanishining muayyan davri mobaynida ishlab chiqarish hududiy taqsimotida namoyon bo‘ladi.


3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarining joylashtirishni xususiyatlari.
Bоzоr munоsabatlari, «bоzоr» garchi sharqоna mazmunga ega bo’lsada, uning hоzirgi mоhiyati butunlay bоshqacha. To‘g‘ri, bоzоrlar (bizning an’anaviy tushunchamizga ko‘ra) dastavval sharqda vujudga kelgan. Bozor munosabatlari vujudga kelishi haqida qisqacha ma’lumot va bozor iqtisodiyotida iqtisodiyot tarmoqlari joylashishi haqida ma’lumotlar keltirilgan


III. Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.


Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda tabiiy sharoit va resurslarning ahamiyati.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar, unum beruvchi kuchlar — ijtimoiy ishlab chiqarishda band boʻlgan ishlab chiqaruvchi vositalari va kishilar majmui; ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida inson bilan tabiat oʻrtasidagi "modda almashuvi"ni amalga oshiradigan subyektiv (odam) va ashyoviy unsurlar tizimi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar insonning tabiatga foal munosabatini ifoda etadi va bu munosabat mazmunini tabiat boyliklarini moddiy va maʼnaviy oʻzlashtirish hamda rivojlantirish tashkil etadi. Oʻzlashtirish davomida insonning tirikchilik, hayot sharoitlari — moddiy boyliklar yaratiladi, ayni paytda uning oʻzi ham kamol topib, rivojlanib boradi. Ishlab chiqarish kuchlarining moddiy unsurlari ishlab chiqarish vositalari va isteʼmol vositalaridan iborat. Ishlab chiqarish vositalari insonning tabiatga taʼsir koʻrsatishiga xizmat qiladigan mehnat vositalari va inson mehnati yoʻnaltirilgan mehnat predmetlardan iborat. Mehnat vositalarining eng muhim va takomillashadigan, tez oʻzgaradigan tarkibiy qismi — mehnat qurollari (mashinalar, mexanizmlar, asboblar va boshqalar) hisoblanadi. Shu sababli ishlab chiqarish kuchlari oʻzgarishi mehnat qurollarining oʻzgarishidan boshlanadi. Ishlab chiqarish binolari, yoʻllar, kanallar, energetika tarmogʻi, aloqa vositalari, quvur transporti, turli sigʻimli sisternalar va boshqalar ham mehnat vositalariga kiradi. Mehnat vositalari va ayniqsa mehnat qurollari ish kuchi rivojlanishining mezoni, muayyan darajada mehnat amalga oshadigan munosabatlar koʻrsatkichi hisoblanadi, jamiyatning unum beradigan boyligini hosil qiladi.
Bu jarayonda fan bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanadi (19-asr dan boshlab ishlab chiqarish bilan fanning qoʻshilishi dastlab murakkab ishlab chiqarish vositalarini, mashina texnikasini yaratdi; 20-asr ning 2-yarmida ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, EHM va kompyuter texnikasini ommaviy qoʻllash va boshqalar).
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga geografik muhit, aholining zichligi va koʻpayishi, inson ehtiyojlarining oʻsib borishi, ilmfan taraqqiyoti kabi koʻpgina omillar taʼsir qiladi. Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti davrida fan ham bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanib bormoqda. Bularning barchasi pirovard natijada ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyoti, tarixiy jarayonning asosiy omili boʻlgan mehnat unumdorligi oʻsishini taʼminlaydi.
Har bir mamlakatda ishlab chiqarish kuchlari rivojlantirish va uni mintaqalar boʻyicha oqilona joylashtirish katta ahamiyatga ega. Ayrim mamlakatlarda mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirish bosh sxemalarini ishlab chiqadigan, mamlakat tabiiy resurslari va ishlab chiqarish kuchlarini kompleks oʻrganadigan maxsus Kengashlar ishlaydi. Gʻarbdagi ayrim iqtisodiy nazariya maktablari ishlab chiqarish kuchi tushunchasi oʻrniga ishlab chiqarish omillari tushunchasini qoʻllaydi.
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish yuqoridagi asosiy 4 qonuniyat bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu qonuniyatlarga qisqacha ta’rif bersak:
1. Ishlab chiqarishni hududiy oqilona tashkil etish qonuniyati.
Bu qonuniyat ishlab chiqarish korxonalariga foyda bergan holda, iste’molchilarga ham birdek manfaatli. Korxonalarga foydasi – ishlab chiqarish jarayonida suvga ko‘proq talab bo‘ladigan korxonalarni suv omborlari yaqinroq joyga joylashtirish bo‘lsa, iste’molchilarga foydasi – kundalik mahsulotlarni ishlab chiqarish asoslangan korxonlarni aholiga yaqinroq joylashtirishdir.
2. Ishlab chiqarishning hududiy ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi qonuniyati.
Bunda esa biron­bir hudud ichida ixtisoslashuv va korxonalar o‘rtasida eng takomillashgan ishlab chiqarish aloqalarini o‘rnatish hamda ularni tashqi iqtisodiy aloqalarda keng ishtiroki ko‘zda tutilgan. Bir nechta korxonalarning koorperatsiyalashuvi korxonlarga manfaat berish qatorida ularning rivojlanishiga, import va eksport sohalarida ilg’orlashuviga ham turtki bo‘la oladi.
3. Hududlarning majmuali rivojlanish qonuniyati.
Hududning (respublika, viloyat, iqtisodiy tuman) kompleks rivojlanishi deganda, xo‘jalikdagi mutanosiblik, ishlab chiqarish korxonalarining mahalliy tabiiy va iqtisodiy sharoitga mosligi, ixtisoslashgan tarmoqlar, infratuzilmasini, turli ko‘lamdagi shaharlarning rivojlanishi, tabiiy muhitni muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va hokazolar nazarda tutiladi.
Biron-bir tuman qandaydir tabiiy resursga boy bo‘lsa, bu resursdan unumli foydalanib, hamda shu yerdagi aholini tez fursatda mahsulotlar bilan ta’minlashni misol qilsak bo‘ladi. Shu qatorda fuqarolar ish bilan ta’minlanish masalasi ham bir vaqtda hal bo‘ladi.
4. Ishlab chiqarishni hududlarda iloji boricha bir me’yorda joylashtirish yoki hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini tenglashtirish qonuniyati.
Bu qonuniyatda barcha respublikamiz hududlarining iqtisodiy rivojlanishini bir­biriga tenglashtirish, ya’ni mamlakatimizda ishlab chiqarish kuchlarini bir me’yorda joylashtirib,kelajakda aholi turmush darajasini oshirish asosiy maqsad qilib olinadi.
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishga yuqoridagi qonuniyatlar asosida yondashilsa xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida mehnat unumdorligi oshadi, iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy shakllari .

  • Mujassamlashuv;

  • Ixtisoslashuv;

  • Ishlab chiqarishni tashkil kooperatsiya;

  • Kombinatsiya.

Ishlab chiqarishni tashkil etishning barcha shakllari – mujassamlashuv, ixtisoslashuv, kooperatsiya va kombinatsiya ayni paytda ijtimoiy va hududiy jihatlarga ega. Bunda ishlab chiqarishning hududiy tomoni yetakchi rol o‘ynaydi. Shunga qaramasdan bir­biri bilan bog‘liq bo‘lgan bu jarayonlarni uyushtirgan holda o‘rganish, tahlil qilish, biridan ikkinchisiga o‘ta bilish geografik fikrlashning muhim xususiyatidir. Mujassamlashuv yoki ishlab chiqarishning to‘planishi geografik jihatdan eng avvalo, moddiy sohalar – sanoat, qishloq xo‘jaligi,transportda yaqqol nomoyon bo‘ladi. Fan obyektini aynan shu tarmoqlarning hududiy tashkil etilishi, joylashish xususiyatlari belgilab beradi. Ijtimoiy obyektlarning hududiy tashkil etilishi esa xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida turlicha bo‘ladi.
Mujassamlashuv darajasining yuqori yoki pastligi ayni paytda ma’lum bir sohaning rivojlanganlik darajasini belgilaydi. Ixtisoslashuv mehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlarning tarkib topishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Uning uch bosqichi – korxona, shahar va tuman miqyosidagi ixtisoslashuvi, shuningdek, uch turi – qism (detal); texnologik yoki yarim mahsulot va predmet (tovar mahsulot ishlab chiqarish) ixtisoslashuvi mavjud. Ixtisoslashuv bosqichlari korxona, shahar va tumanlarning mehnat taqsimotidagi o‘rnini belgilab beradi, turlari esa, bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, turli hududiy bosqichlarda o‘zgacha xususiyatga ega bo‘ladi. Ixtisoslashuv natijasida xalq xo‘jaligi tarmoqlari vujudga keladi, iqtisodiy rayonlar, shaharlarning funksional turlari shakllanadi.
Kooperatsiya – bir mahsulot yaratish uchun turli korxonalarning hamkorligi bo‘lib, bunda ularning tarmoq holda joylashuvi kuzatiladi. Bunda qatnashuvchi korxonalar soni vujudga kelayotgan mahsulotning murakkabligiga bog‘liq bo‘ladi. Kombinatsiya – kooperatsiyaga o‘xshab korxonalar birlashmasidan iborat. Bunda tarqoq holda joylashgan birlik emas,balki ularning hududiy umumiyligi tushuniladi. Kooperatsiyada mahsulot bir bo‘lsa, kombinatsiyada aksincha, xomashyo bir bo‘lib, undan olingan mahsulot turlicha bo‘ladi. Kombinatlashuv ma’lum turdagi xomashyoni chuqur texnologik qayta ishlaga holda mahsulotlar ishlab chiqarishni anglatadi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish sharoitida ishlabchiqarishni tashkil etishning barcha shakllaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanish zarur.


Yüklə 114,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin