Mavzu: ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotning sig'imiyligi tahlili reja: kirish i-bob. Asosiy qism


O‘zgaruvchan va o‘zgarmas xarajatlar tahlili



Yüklə 474,02 Kb.
səhifə3/6
tarix07.01.2024
ölçüsü474,02 Kb.
#203103
1   2   3   4   5   6
Ishlab chiqarishsh

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • 1-rasm
1.2. O‘zgaruvchan va o‘zgarmas xarajatlar tahlili
Xalqaro amaliyotda ishlab chiqarish xarajatlari ikkita toifaga bo‘linadi. Ya’ni, o‘zgaruvchan va o‘zgarmas xarajatlar. O‘zgaruvchan xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish hajmiga mos ravishda o‘zgarib boradi. O‘zgarmas xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan holda barqaror qoladi. Ushbu tarkiblash, xarajatlarni boshqarish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning zaruriy sharti hisoblanadi. O‘zgaruvchan xarajatlarni hisoblash metodologiyasini bilish biznesning daromadli bo‘lishiga erishish maqsadida ishlab chiqarish birligiga sarflangan xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi. O‘zgaruvchan xarajatlarni tarkiblash va ularni hisobga olish birinchi bor AQShda ishlatilgan bo‘lib, uning nomi “direkt-kost”, Yevropada esa “marjinal-kost” deb nomlangan. Ularning farqi shundaki, ular to‘g‘ri va o‘zgaruvchan xarajatlar kalkulyatsiyasi sifatida nomlanishidadir.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘zgaruvchan xarajatlarning to‘g‘ri va egri turlari tarkiblanadi. Shuningdek, o‘zgaruvchan xarajatlarning proporsional, degressiv, progressiv turlari guruhlanadi. Ularning o‘zgaruvchanligini quyidagi chizmalarda tavsiflash mumkin.









Proporsional

Degressiv

Progressiv



1-rasm. Proporsional, degressiv, progressiv o‘zgaruvchan xarajatlar
Ishlab chiqarish xarajatlarini o‘zgaruvchan va o‘zgarmas xarajatlarga to‘g‘ri tarkiblash va hisoblash tahlil natijasiga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli ularni tarkiblashda ya’ni turkumlashda aniqligiga muhim e’tibor qaratish lozim. O‘zgarmas xarajatlar mahsulot ishlab chiqarilmagan hollarda ham majburiyatlarni yuzaga keltirishini hisobga olsak, bu tarkiblash juda muhim hisoblanadi. Yalpi natijaga ta’sir etmagan birlik oxir-oqibatda xarajatlarni boshqarish va ishlab chiqarish samaradorligini to‘g‘ri baholamaslikka olib keladi.

Yüklə 474,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin