1.4. Xarajatlarni faoliyat turlari, javobgarlik markazlari kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha tahlili
Faoliyat turlari bo‘yicha xarajatlar quyidagi turlarga ajratiladi:
ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) xarajatlari;
tijorat xarajatlari;
boshqaruv xarajatlari.
Asosiy faoliyat turi sifatida mahsulot ishlab chiqarish va tushumning eng yuqori ulushiga ega bo‘lgan faoliyat turi belgilanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini faoliyat turlari bo‘yicha tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yil
|
Hisobot yili
|
Farqi (+/-),
ming so‘m
|
O‘sish darajasi,
%
|
summasi, ming
so‘m.
|
tarkibi,
%
|
summasi, ming
so‘m
|
tarkibi,
%
|
Umumxo‘jalik faoliyati bo‘yicha jami xarajatlar Shu
jumladan:
|
752016
|
100,00
|
988669
|
100
|
236653
|
131.46
|
1. Jami ishlab chiqarish
xarajatlari
|
541131
|
71.95
|
686079
|
69.39
|
+144948
|
126.78
|
2. Tijorat
xarajatlari, ming so‘m
|
125640
|
16.72
|
186540
|
18.87
|
+60900
|
148.47
|
3. Boshqaruv
xarajatlari, ming so‘m
|
85245
|
11.33
|
116050
|
11.74
|
+30805
|
136.13
|
2. Sotilgan mahsulot hajmi,
ming so‘m
|
572661
|
-
|
717416
|
-
|
+141755
|
125.27
|
4. Bir so‘mlik sotilgan mahsulotga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish
xarajatlari
|
0.9449
|
-
|
0.9563
|
-
|
+0.0114
|
101.2
|
5. Bir so‘mlik sotilgan mahsulotga to‘g‘ri keladigan tijorat
xarajatlari
|
0.2193
|
-
|
0.2600
|
-
|
+0.0407
|
118.5
|
6. Bir so‘mlik
Sotilgan mahsulotga to‘g‘ri keladigan
boshqaruv xarajatlari
|
0.1488
|
-
|
0.1617
|
-
|
+0.0129
|
108.6
|
Javobgarlik markazlari bo‘yicha xarajatlar tahlili. Javobgarlik markazlarining odatda foydaga, xarajatga va investitsiyaga nisbatan turlari tarkiblanadi.
Foyda bo‘yicha javobgarlik markazlari daromad va xarajatlarni o‘rganish va foydani maksimallashtirishni, xarajatlarni o‘rganish esa faqat xarajatlarni minimallashtirishga qaratilgan. Investitsiyaga nisbatan esa nafaqat daromad va xarajatlar, balki foydaning ishlatilishi ham baholanadi.
Ishlab chiqarish hisobi bo‘yicha javobgarlikning quyidagi markazlari belgilanadi: ta’minot; ishlab chiqarish; sotish va boshqaruv.
Korporativ boshqaruv nazariyasi va amaliyotiga ko‘ra korxonalar tarkibiy birliklari, bo‘limlar, do‘konlar, xizmatlar yoki guruhlar moliyaviy javobgarlik markazlari hisoblanadi. Ularning rahbarlari muayyan yo‘nalish va menejment vazifalarini bajarish uchun mas’uldirlar.
Xarajatlar bo‘yicha javobgarlik markazlari – xarajatlarni byudjetlash bo‘yicha vazifalarni bajarish uchun mas’ul bo‘lgan bo‘linma (birliklar to‘plami)dir.
Korxonada xarajatlar bo‘yicha javobgarlik markazlari quyidagi bo‘limlarda tashkil topadi:
boshqaruv faoliyati;
marketing faoliyati;
informatsion texnologiyalar;
logistika;
ombor faoliyati;
ta’minot;
ishlab chiqarish.
Daromad markazlari javobgarlik markazlari:
sotish (tovarlar turlari bo‘yicha);
filiallar, bo‘limlardan iborat.
Xarajatlar bo‘yicha javobgarlik markazlari – sex, uchastka, brigada va bo‘limlardan iborat.
Javobgarlik markazlari bo‘yicha xarajatlar tahlili (mln so‘m)
Nazorat qilinadigan xarajatlar
|
Xarajatlar
|
Xarajatlarning o‘zgarishi, (+,-)
|
Smeta bo‘yicha
|
Haqiqa tda
|
Oy davomida
|
Yil boshidan
|
№1-bo‘lim masteri hisoboti
|
1. Materiallar
|
100,0
|
98,0
|
-2,0
|
-1,0
|
2. Ish haqi
|
50,0
|
51,0
|
+1,0
|
+0,5
|
3. Xizmat ko‘rsatuvchi
tarkib ish haqi
|
22,0
|
22,5
|
+0,5
|
+0,3
|
4. Yoqilg‘i va elektr
energiya
|
18,0
|
19,0
|
+1,0
|
+0,7
|
5. Uskunalar ishlatish va ta’mirlash
xarajatlari
|
20,0
|
19,5
|
-0,5
|
-0,5
|
6. Boshqa xarajatlar
|
10,0
|
10,5
|
+0,5
|
-0,3
|
7. Jami xarajatlar
|
220,0
|
220,5
|
+0,5
|
-0,3
|
№1 sex boshlig‘i hisoboti
|
1. Sex boshqaruvi
apparatini saqlash xarajatlari
|
40,0
|
41,0
|
+1,0
|
-
|
2. Boshqa sex tarkibini
saqlash xarajatlari
|
30,0
|
29,0
|
-1,0
|
-2,0
|
3. Bino, inshoot va inventarlarni joriy
saqlash xarajatlari
|
100,0
|
102,0
|
+2,0
|
-1,0
|
4. Samaradorlikka
ta’sir etmaydigan xarajatlar
|
X
|
2,0
|
+2,0
|
+5,0
|
5. Sexning boshqa
xarajatlari
|
30,0
|
29,0
|
-1,0
|
-3,0
|
6. Sex bo‘yicha jami
xarajatlar
|
200,0
|
203,0
|
+3,0
|
-1,0
|
Bo‘limlar bo‘yicha xarajatlar
|
№1 bo‘lim
|
220,0
|
220,5
|
+0,5
|
-0,3
|
№2 bo‘lim
|
200,0
|
205,0
|
+5,0
|
+7,0
|
№3 bo‘lim
|
280,0
|
278,0
|
-2,0
|
-3,0
|
7. Bo‘limlar bo‘yicha
jami xarajat
|
700,0
|
703,5
|
+3,5
|
+3,7
|
8 Sex bo‘yicha barcha
xarajatlar
|
900
|
906,5
|
+6,5
|
+2,7
|
Iqtisod bo‘yicha direktor o‘rinbosari hisoboti
|
1. Korxonani
boshqaruvi xarajatlari
|
200,0
|
206,0
|
+6,0
|
+10,0
|
2. Umumxo‘jalik
xarajatlari
|
200,0
|
195,0
|
-5,0
|
-7,0
|
3. Soliqlar, yig‘imlar
va ajratmalar
|
100,0
|
100,0
|
-
|
+1,0
|
4. Samaradorlikka ta’sir qilmaydigan
xarajatlar
|
x
|
50,0
|
+50
|
100
|
5. Jami (korxona
bo‘yicha barcha) xarajatlar
|
500,0
|
551,0
|
+51
|
104
|
6. Sexlar bo‘yicha
xarajatlar
|
|
|
|
|
№1 Sex
|
900,0
|
906,5
|
+6,5
|
+2,7
|
№2 Sex
|
800,0
|
790,5
|
-9,5
|
-2,7
|
№3 Sex
|
1000,0
|
1005,0
|
+5
|
10
|
Sexlar bo‘yicha jami:
|
2700,0
|
2702,0
|
+2
|
10
|
7. Korxona bo‘yicha
barcha xarajatlar
|
3200,0
|
3253,0
|
+53
|
114
|
Kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha tahlil. Mahsulotlarning ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlari tarkibini iqtisodiy elementlari va kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha quyidagi tarkibda berish mumkin.
Ishlab chiqarish xarajatlarining iqtisodiy elementlari va kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha turkumlanishi
Xarajatlarning iqtisodiy
elementlari
|
Mahsulot tannarxini kalkulyatsion
moddalari
|
1
|
2
|
Ishlab chiqarish xarakteridagi bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar
|
Xomashyo
|
Yoqilg‘i
|
Elektr quvvati
|
Ehtiyot qismlar
|
Idishlar va hokazo
|
Ishlab chiqarish xarakteridagi bevosita va bilvosita mehnat haqi xarajatlari
|
Asosiy ish haqlari
|
Qo‘shimcha ish haqlari
|
Ish haqiga ustamalar
|
Ishlab chiqarishga taalluqli mehnat haqidan ajratmalar
|
Ijtimoiy ta’minot bo‘limiga
|
Mehnat birjasiga
|
Kasaba uyushmasiga
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi, eskirish xarajatlari
|
Asosiy vositalarning eskirishi
|
Nomoddiy aktivlarning eskirishi
|
Asosiy vosita va nomoddiy aktivlarni
ijara haqlari
|
Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa
xarajatlar
|
Turli ishlar va xizmatlar
|
Soliqlar, yig‘imlar va hokazo.
|
Korxona bo‘yicha jami xarajatlar faqat iqtisodiy elementlari bo‘yicha o‘rganiladi. Mahsulotlar turi va turkumi bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlari kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha o‘rganiladi. Tahlil etishda ishlab chiqarish xarajatlarining jami o‘zgarishi va uning tarkibi bo‘yicha o‘zgarishlari mutlaq va nisbiy jihatdan o‘rganiladi.
Korxonada moddiy xarajatlar reja tannarxiga nisbatan 7 794 ming so‘mga, nisbiy ifodada 12,2%ga kam sarflangan, jami reja tannarxida moddiy xarajatlar o‘zgarishining salmog‘i 3,38%ga teng bo‘lgan.
Ish haqi va ish haqidan ajratmalar reja tannarxiga nisbatan 6 752 ming so‘mga, nisbiy ifodada 3,32%ga kam sarflangan.
Mahsulotning reja tannarxi 11 424 ming so‘mga kam bo‘lgan, nisbiy ifodada mahsulotning to‘liq tannarxi 12,2%ga arzonlashtirishga erishilgan. Bu o‘zgarishlarni albatta ijobiy deyish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |