Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari
Mehnat unumdorligini oshirish, xomashyo va material, yoqilg’i va
elektroenergetika xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko’rsatish va boshqarish
sarflarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashqari, xarajatlarni tejash sanoat
mahsuloti tannarxini pasaytirishning eng muhim manbalari hisoblanadi.
Mehnat unumdorligini oshirish uchun yangi texnika, texnologiya jarayonlarini va
ishlab chiqarishni o’stirish yoki tashkil etishning ilg’or usullarini joriy qilish orqali
har bir mehnatchi tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotni ko’paytirish kerak
bo’ladi. Bu holda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan ish haqi qisqaradi,
ammo ishchining umumiy ish haqi esa ortib boradi. Mehnat unumdorligi ish
haqiga nisbatan jadal o’sgandagina tannarx pasayadi.
Mehnat unumdorligining o’sish mohiyati shundan iboratki, bunda mahsulot
ishlab chiqarishga ketadigan jonli mehnat ulushi kamayadi, ilgari sarflangan
mehnatning ulushi esa ortadi, biroq mahsulot birligi uchun ketadigan mehnat sarfi
qisqaradi.
Material, yoqilg’i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish uchun ularni tejab
sarflash, qimmatbaho materiallarni arzon, Lekin yaxshi materiallar bilan
almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog’liq bo’lgan
sarflarni qisqartirish kerak bo’ladi.
Xizmat ko’rsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirishga esa
tarmoq va korxonalardagi ma’muriy boshqaruv apparatining sarflarini
kamaytirish, asbob-uskuna, bino va inshootlarni saqlash, yoritish, isitish uchun
ketadigan mablag’’larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi.
Unumsiz xarajatlarni (jarima to’lash, penya va hokazolar) tugatish mahsulot
tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bozor talabi hali noma’lum, shu sababli noyob mahsulotga narx belgilashda
asosiy masala «Qaymog’ini olish» yoki «Kirib olish» siyosatini qabul qilishdan
iboratdir.
Bunda mutaxassislar narxga nisbatan asosiy iste’molchilarning munosabati
darajasini belgilaydilar, shuningdek, raqiblar bozorga qay darajada tezlik bilan
kirib kelishi mumkinligini o’rganadilar. O’ziga o’xshash o’rinbosarlari bo’lgan
yangi mahsulot taqlidiy yoki moslashtirilgan mahsulot tarzida tasnif etiladi.
Bunday hollarda narx siyosati ilgarigi taktikasini davom ettiradi va narx darajasi
muqobil tovarlar o’rtasida mavjud bo’lgan sifat va miqdorga qarab o’zgaradi.
Mahsulotning bozorga kirib kelishi va o’sishi bosqichidan to’yinish bosqichiga
harakati darajasiga qarab, narxlarni puxta boshqarish narx marketingni
strategiyasini amalga oshirishning kaliti hisoblanadi.
To’yinish bosqichida narxlarni ko’tarish odatda talabning ko’payishi emas, balki
ishlab chiqarish xarajatlarining qiymatini ortishi oqibatidir. SHu sababli
mahsulotning turiga qarab yo erkin narxlar qo’yiladi yoki tovarlar sotish
hajmini ko’paytirish uchun narxlar pasaytiriladi.
Yo’qolib ketayotgan mahsulotlarga narx belgilash.
Narx marketingida keyingi rejalarga qarab ikki muqobil narx belgilash yo’li
qo’llaniladi. Ishlab chiqarishni qisqartirish uchun narxlarni bosqichma-bosqich
pasaytirish strategiyasi jami g’amlamalar sotib tugatilgunga qadar amalga
oshiriladi. Unga muqobil holda foydani quvvatlash yo’lida qo’shimcha
xarajatlar, xususan mahsulot sotishni rag’batlantirish xarajatlarini qisqartiriladi,
narxlar esa ilgarigi darajada saqlab qolinadi. Raqiblarning bozorni tashlab chiqib
ketishiga qarab, bozor ta’minoti manbalari qisqaradi va aksariyat bunday
vaziyatda shu mahsulotga hali muhtoj bo’lgan muayyan bozor segmenti
saqlanib qoladi. Bu esa mahsulot yashash davrining so’nggi bosqichi davrida
bozorda qolgan firmaga o’z narxini oshirish imkonini yaratishi mumkin.
Savdo-sotiq faoliyatida marketing mutaxassislari uchun narx
belgilashning ikkita asosiy siyosati mavjud, bu «qaymog’ini
olish» va «kirib olish» siyosatidir.
«Qaymog’ini olish» va «Kirib olish» siyosatlari narx
belgilashning favqulodda namoyon bo’lishi hisoblanadi. Uning
birinchisi – qimmat narxlar, ikkinchisi – arzon narxlar
strategiyasidir.
«Qaymog’ini olish» siyosati avvalo, tovar narxi ishlab chiqarish
narxidan ancha yuqori o’rnatib asta-sekin uni tushirib boradi.
«Qaymog’ini olish» siyosatidan aksariyat bozorga yangi
mahsulotni joriy etishda foydalaniladi. Bunda narx qandaydir
bir yuqori darajada belgilanadi, mahsulot esa segmentasiya
natijasida asosiy deb e’tirof etilgan bozorda sotiladi. Bozorning
to’yinishidan so’ng iste’molchilarni jalb qilish maqsadida narx
pasaytiriladi. SHunday yo’l bilan to’liq daromad eng ko’p
miqdorga etkaziladi.
SHu sababli yagona yo’l – tovar sotish bozorlarini kengaytirish,
yangi segmentlar izlashdir.
Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari korxona faoliyati uchun
muhim rol o’ynaydi, chunki mahsulot ishlab chiqarish va sotish
xarajatlari qancha kam bo’lsa korxona foydasi va rentabelligi
shuncha oshadi.
Korxona sarf xarajatlari o’z ichiga 1) mahsulot ishlab chiqarish
tannarxi, 2) davr xarajatlari, 3) moliyaviy faoliyat bo’yicha
xarajatlar, 4) favqulotda zararlarni oladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5
fevralda qabul qilgan 64 qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot
(xizmatlar)ning sotish xarajatlarining tuzilishi va moliyaviy
natijalarning tashkil topishi qoidalari»ga asosan korxonalarning
xarajat moddalari quyidagilardan tashkil topadi:
Xulosa
1. Исманов, И. Н., & Хабижонов, С. К. У. (2019). Организация учета
инвестиций в Капитальные вложения. Вестник науки и образования, (12-3
(66)).
2. Кудбиев, Д. К., & Турсунова, Д. Д. (2018). ОСНОВНЫЕ ПРИНЦИПЫ
БУХГАЛТЕРСКОГО УЧЁТА ОСНОВНЫХ СРЕДСТВ.
In
Бухгалтерский
учет: достижения и научные перспективы
XXI
века (
pp. 87-93).
3.
Муминова, Э. А., Кундузова, К. И., & Умаралиев, З. Б. (2018).
МОДЕРНИЗАЦИИ ЭКОНОМИКИ И ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ
УЗБЕКИСТАНА.
In
НАУЧНО-ТЕХНИЧЕСКИЙ ПРОГРЕСС:
СОЦИАЛЬНЫЕ, ТЕХНИЧЕСКИЕ И ОБЩЕСТВЕННЫЕ ФАКТОРЫ (
pp.
194-198).
4. Tashpulatov, A. (2020). Modern forms of self-employment under
conditions of recession. ISJ Theoretical & Applied Science, 05 (85), 452-455.
5. Tolibjonovich, N. O. (2020). Global Economic Crises: The Global
Economic Crisis In The Context Of The Coronavirus Pandemic And Its
Elimination In Uzbekistan. Solid State Technology, 63(4), 5131-5145.
Foydalanilgan adabiyotlar
Dostları ilə paylaş: |