Guruh: M-111
Bajardi: Xunarova S.
Tekshirdi:_____________
MUSTAQIL ISH
ANGREN UNIVERSITETI
Fan: Iqtisodiyot nazariyasi
Xarajatlarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati
Xarajatlarning tasniflanishi
Mahsulot tannarxi va uni hisoblash metodlari
Mahsulot tannarxini kamaytirishning asosiy yo’llari
va omillari
Reja:
Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari korxona faoliyati
uchun muhim rol o’ynaydi, chunki mahsulot ishlab chiqarish
va sotish xarajatlari qancha kam bo’lsa korxona foydasi va
rentabelligi shuncha oshadi.
Korxona sarf xarajatlari o’z ichiga 1) mahsulot ishlab
chiqarish tannarxi, 2) davr xarajatlari, 3) moliyaviy faoliyat
bo’yicha xarajatlar, 4) favqulotda zararlarni oladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil
5 fevralda qabul qilgan 64 qarori bilan tasdiqlangan
«Mahsulot (xizmatlar)ning sotish xarajatlarining tuzilishi va
moliyaviy natijalarning tashkil topishi qoidalari»ga asosan
korxonalarning xarajat moddalari quyidagilardan tashkil
topadi:
Ishlab chiqarish xarajatlari:
–
mahsulot tannarxi:
Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari:
mahsulotga qushiladigan xom ashyo va materiallar – sotib olingan
materiallar (ishlab chiqarishni me’yorida o’tishini ta’minlash, ehtiyot
qismlar, mahsulotlarni urash, joylash uchun materiallar va h.k);
ishlab chiqarish xususiyatiga ega xizmatlar va ishlar;
tabiiy xom ashyo (suv, yog’och va h.k);
energiya va yoqilg’ining hamma turlari;
materiallarning tabiiy kamayishi.
Ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga to’lovlar:
bajarilgan ishlar uchun to’lovlar;
qo’shimcha to’lovlar;
ishlanmagan vaqtlar uchun to’lovlar.
Ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar:
ish haqi fondiga nisbatan ajratmalar;
nodavlat nafaqa fondiga, ixtiyoriy tibbiy sug’urtaga va boshqa
ixtiyoriy to’lovlar.
Asosiy fondlar va nomaterial aktivlar amortizasiyasi:
asosiy fondlarning eskirishiga qarab bosh birlamchi bahodan
ajratma.
Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar:
ishlab chiqarish jarayoniga ko’rsatilgan xizmatlar;
ishlab chiqarish xom ashyo va materiallar bilan ta’minlash;
asosiy fondlarni ishchi holda saqlash xarajatlari;
o’t o’chirishni ta’minlash va qorovullar;
ishlab chiqarish asosiy fondlarining ijara haqi.
Dostları ilə paylaş: |