Mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlari



Yüklə 37,89 Kb.
səhifə1/3
tarix17.03.2023
ölçüsü37,89 Kb.
#88451
  1   2   3
Mavzu 9


Mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlari

Reja:

1. Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash

2.Korxona ishlab chiqarish xarajatlari turlari


3.Yillik ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot tannarxi



1. Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash

Xar bir korxona maxsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshiradi. Maxsulot ishlab chiqarish jarayonida sarf kilingan moddiy resurslar (asosiy vositalar eskirishi, xomashyo va materiallar, yonilg‘i-moylash materiallari, extiyot qismlar va boshqalar) va jonli mexnat sarfi ishlab chiqarish xarajatlarini tashkil etadi.


Ishlab chiqarish xarajatlari korxonaga maxsulot ishlab chiqarish qanchaga tushishini ko‘rsatadi, ya’ni maxsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi.
Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va boshqa faoliyati natijasida yuzaga keladigan xarajatlarini kuyidagicha turkumlash mumkin:
1. Ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokiga ko‘ra:
- ishlab chiqarish xarajatlari;
- noishlab chiqarish xarajatlari.
2. Ishlab chiqarish resurslarining manbaiga ko‘ra:
- ichki xarajatlar;
- tashki xarajatlar.
3. Maxsulot ishlab chiqarish xajmining o‘zgarishiga nisbatan:
- doimiy xarajatlar;
- o‘zgaruvchan xarajatlar.
4. Maxsulot tannarxiga olib borilishi jixatidan:
- bevosita xarajatlar;
- bilvosita xarajatlar.
5. Korxonaning umumiy ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqa faoliyati natijasida yuzaga keladigan:
- maxsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;
- davr xarajatlari;
- moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar;
- favkulodda zararlar.
Ishlab chiqarish xarajatlari bevosita ishlab chiqarish jarayoni amalga oshirish bilan bog‘liq kuyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
- bevosita moddiy xarajatlari;
- bevosita mexnatga xaq to‘lash xarajatlari;
- ishlab chiqarishga taallukli ustama xarajatlar.
Bevosita maxsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajat turlari noishlab chiqarish xarajatlari deb yuritiladi. Uning tarkibiga:
- maxsulotni sotish bilan bog‘liq xarajatlar;
- boshqaruv xarajatlari;
- boshqa operatsion xarajatlar va zararlar;
- favkulodda zararlar kiradi.
- tashki xarajatlar, o‘z maxsulotini ishlab chiqarish uchun zarur narsalarni o‘z ichiga oladi (xomashyo, yoqilg‘i, transport, aloka, solik to‘lovlari).
- ichki xarajatlar, binolar, asbob-uskunalar va boshqa sarflarning xammasini o‘z ichiga oladi.



Yüklə 37,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin