2. Ishlab chiqarish korxonalari tuzilmasi
Ishlab chiqarish korxonasi strukturasi. Korxona faoliyatining yakuniy natijasini belgilovchi muhim omillardan biri uning ishlab chiqarish strukturasi hisoblanadi. Ishlab chiqarish strukturasini samarali tashkil etilishdagina xo’jalik tizimi o’zida ishlab chiqarish vositalari va ishchilarni birlashtirgan yagona harakatlantiruvchi mexanizmga aylanadi.
Har bir korxona turli sex uchastka va xo’jaliklardan, boshqaruv organlari va korxona xodimlariga xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlardan tashkil topadi. Korxonaning ishlab chiqarish bo’g’inlari shuningdek boshqaruv va xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’linmalar, ularning soni, ishlovchi xodimlar umumiy strukturani tashkil etadi.
Korxonaning ishlab chiqarish bo’linmalari tarkibiga asosiy mahsulot, asbob uskunalar ishlab chiqaradigan, jihozlarni tamirlash, material, xom-ashyo va tayyor mahsulotlarni saqlash bilan bog’liq sex va uchastkalar kiritiladi. Korxona xodimlariga xizmat ko’rsatuvchi tashkiliy bo’limlarga uy-joy, kommunal xo’jaliklar, bolalar bog’chalari, oshxonalar, profilaktoriyalar, malaka oshirish bo’yicha o’quv yurtlari tarmoqlari kiradi.
Umumiy strukturadan farqli ravishda ishlab chiqarish strukturasi ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish shaklini ifodalaydi va korxona o’lchamlaridan,
sexlar soni, tarkibi, salmog’i, planirovkasi, ishlab chiqarish uchastkalari, sexlar soni, tarkibi, salmog’i, planirovkasi, ishlab chiqarish uchastkalari, ish o’rinlarini tarkibida o’z aksini topadi.
Korxona ishlab chiqarish strukturasi juda ko’p omillar ta`sirida tashkil topadi, ishlab chiqariladigan mahsulot turi, xususiyati, konstruksiyasi, ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlab chiqarish turi, ixtisoslashtirish darajasi, jihozlar va texnologik uskunalar xarakteri, ishlab chiqarish masshtabi, ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatishni tashkil etish kabilar shular jumlasidandir.
Ayniqsa strukturasining ishlab chiqarish jarayoni xususiyati bilan bog’liqligi diqqatga sazovordir. Chunki, ishlab chiqarish strukturasi korxona ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishning shakli hisoblanadi. Ushbu jarayon xususiyatlaridan kelib chiqib korxona ishlab chiqarish strukturasida asosiy va yordamchi jarayonlarni, shuningdek yondosh ishlab chiqarish ajratiladi. Ba`zi vaqtda yordamchi ishlab chiqarish tarkibida xizmat ko’rsatuvchi xo’jalik ham ajratiladi.
Ishlab chiqarishni tashkil etishda birlamchi bo’g’in bo’lib ish o’rinlari hisoblanadi. Ish o’rni - ishlab chiqarish maydonining ishchi yoki ishchilar guruhi tomonidan maxsus jihoz va uskunalar yordamida ayrim operasiyalar bajariladigan qismidir.
Ish o’rinlari individual (yakka tartibli) va kollektiv ish o’rinlariga bo’linadi. Yakka tartibli ish o’rnida faqat bitta ishchi ishlaydi. Masalan, tokarlik stanogida ishlaydigan tokar, tikuv mashinasida ishlayotgan tikuvchi. Kollektiv ish o’rnida bir ish o’rnida ishchilar kollektivi (brigada) faoliyati ko’rsatadi. Masalan: yig’uv konveyeridagi slesarlar brigadasi.
Ayrim hollarda ko’p stanokli ish o’rinlari ham tashkil etiladi. Bunda bir ishchi birdaniga 2 yoki undan ortiq jihozlarni boshqaradi. Masalan: to’quvchi bir nechta to’quv stanogiga xizmat ko’rsatadi.
Ish o’rinlarining maqsadga muvofiq birlashuvchi ishlab chiqarish uchastkalarini tashkil etadi. Ya`ni ishlab chiqarish uchastkasi bir xil turdagi mahsulotni ishlab chiqarish borasida texnologik jihatdan o’xshash ishlarni bajariladigan territorial jihatdan ajratilgan ish o’rinlari majmuidir. Ishlab chiqarishda ishtirok etish xarakteriga bog’liq holda ishlab chiqarish uchastkalari asosiy va yordamchi bo’lishi mumkin.
Ishlab chiqarish uchastkasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar shu korxonada qayta ishlanishga mo’ljallanadi.
Korxona ishlab chiqarish strukturasida yetakchi o’rinni sex egallaydi, chunki har bir korxona sexlar majmuidir.
Sex - korxonaning mahsulot yoki uning bir qismini tayyorlash, ishlab chiqarishning ma`lum bir bosqichi amalga oshiriladigan administrativ jihatdan chegaralangan bo’limidir.
Lekin kichik va ba`zi bir o’rta korxonalar sexsiz struktura asosida tashkil etiladi. Bunda korxona bevosita ishlab chiqarish uchastkalaridan tashkil topadi.
Dostları ilə paylaş: |