Xizmat ko’rsatish korxonalari strukturasining xususiyati. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish strukturasidan farqli ravishda aholiga maishiy xizmat ko’rsatuvchi korxonalar o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ushbu xususiyatlar juda ko’p omillarga bog’liq bo’lib, avvalo xizmatlar hajmiga, nominklaturasiga, ishlab chiqarish texnologiyasiga, xizmat ko’rsatish zonasiga, korxonalarni joylashuviga bog’liq.
Korxonalar faoliyati samaradorligi ishlab chiqarish bo’limlari o’lchamlarini to’g’ri tanlashga bog’liqdir. Aholining xizmatlarga bo’lgan talabini qondiruvchi, ularga xizmatlarni olishda maksimal sharoitlar yaratib beruvchi, korxona quvvatidan, ishlab chiqarish maydonidan to’liq foydalanish imkonini beruvchi strukturagina samarali struktura hisoblanadi.
Maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari bevosita aholi bilan aloqada faoliyat ko’rsatadi, ko’rsatadigan xizmatlar turi ham turlichadir. Shuning uchun ham bu tarmoqda yirik, murakkab strukturali korxonalarni tashkil etish maqsadga muvofiq emas.
Maishiy xizmat ko’rsatish korxonalarining ishlab chiqarish strukturasining o’ziga xos xususiyati shundaki, ularda sexlardan tashqari atelye, ustaxona, studiya, salon, qabul punkti, byuro kabi bo’linmalar ham mavjud.
Atelyelar o’zining funksional va ishlab chiqarish maqsadiga ko’ra sex bilan bir xil, lekin keyingi paytda atelyelarning funksiyalari va tarkibi o’zgarib bormoqda.
Birinchidan atelpyening tarkibiga asosiy, yordamchi bo’limlar tashkil etiladi. Ikkinchidan, sexdan farqli ravishda aholidan buyurtmalarni qabul qilib oladi.
Maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari ishlab chiqarish strukturasini loyihalashtirishda quyidagi omillar hisobga olinadi: ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, korxonalarni rasional joylashtirish; ishlab chiqarish yo’nalishi; maxalliy sharoit; xususiyatlar.
Dostları ilə paylaş: |