Korxona iqtisodiyoti



Yüklə 446,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix16.12.2023
ölçüsü446,71 Kb.
#182155
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Korxona iqt 5-mavzu Ma\'ruza matni



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA 
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
 
 
 
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
 
 
 
 
 
 
“KORXONA IQTISODIYOTI” FANIDAN
 “KORXONALARDA MARKETING FAOLIYATINI TASHKIL
ETISH” MAVZUSI BO‘YICHA MA’RUZA MATNI 
 
 
 
Bilim sohasi:
200000


Ijtimoiy fanlar, iqtisod va huquq


Ta’lim sohasi:
230000
- Iqtisod va biznes 
Ta’lim yo‘nalishi:
5230100
- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 
 
Termiz – 2023
 


5-MAVZU: 
KORXONALARDA MARKETING FAOLIYATINI TASHKIL
ETISH. 
Reja:
 
1. Marketingning mohiyati va ahamiyati. 
2. Korxonalarning marketing konsepsiyasi. 
3. Korxonalarda tovar va narx siyosati hamda ularning marketing tizimidagi o’rni. 
Tayanch iboralar
marketing,
 
bozor, bozor konyunkturasi, marketing strategiyasi, 
tovar, tovar siyosati, narx, narx siyosati, narx vazifalari, narx turlari, bozor 
muvozanati, talab qonuni, taklif qonuni, bozor konyunkturasi, korxonalarda 
qo‘llaniladigan narxlar. 
1. Marketingning mohiyati va ahamiyati. 
Marketing inglizcha “market” so’zidan olingan bo’lib, bozor bilan bog’liq 
faoliyat ma’nosini anglatadi. Marketing – bu bozor talabini o’rganish va 
korxonaning faoliyatini unga moslashtirish bilan bog’liq faoliyatdir.
Ishlab 
chiqarish 
va 
kapitalning 
yuksak 
darajada 
toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyalar hukmronligining, xalqaro 
bozorda 
keskin 
raqobatning 
vujudga 
kelishi mahsulot sotish 
muammosini obyektiv tarzda 
birinchi 
oʻringa 
chiqardi. 
Marketing 
nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida XX asrning 
boshlarida AQShda o’sha vaqtdagi yirik kompaniyalarning o’zlari ishlab chiqargan 
mahsulotlarini sotish davomida paydo bo’lgan muammolarni hal qilish yo’lida olib 
borgan amaliy tadqiqotlari shaklida vujudga kelgan. 1902-yildan boshlab 
AQShning Michigan, Kaliforniya va Illinoys universitetlarida marketing fani 
kiritilib, bu muammolar bo’yicha ma’ruzalar o’qitila boshlandi. 1908-yilda 
AQShda 
marketing 
muammolarini 
oʻrganadigan 
birinchi 
ixtisoslashgan firma paydo boʻldi. 1911-yilda esa oʻsha davrdagi bir qator yirik 
kompaniyalar tijorat tadqiqotlari bilan shugʻullanadigan dastlabki boʻlimlarni 
ochdi. Kompaniyalar huzurida bozorni oʻrganish, reklama, xaridorlarga xizmat 
koʻrsatish va boshqarishning boshqa vazifalari bilan shugʻullanadigan Marketing 
boʻlimlari taʼsis etila boshlandi. 1931-yilda Amerika Marketing jamiyati, 1937-
yilda esa Amerika Marketing milliy uyushmasi tuzildi.
Marketingga berilgan ko’plab ta’ruflar mavjud. Amerika Marketing 
Assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunga qadar olimlar tomonidan 
marketing tushunchasiga berilgan 2000 dan ortiq ta’riflar uning ko‘p qirrali 
faoliyatini to‘la-to‘kis ochib bergan. Ulardan ayrimlarini ko’rib chiqamiz: 


1. “Marketing – tovar, xizmat, tashkilot, hudud va g’oyalarga bo’lgan talabni 
oldindan bilish, boshqarish va qondirishdir”. Joel Evans, Barry Berman, AQSh, 
1987 
2. “Marketing – bu iste’molchilarning ehtiyoj va istaklarini aniqlash, bashorat 
qilish va yaratish. Kompaniyaning barcha resurslarini kompaniya va iste’molchi 
uchun katta foyda bilan qondirish uchun tashkil etish jarayonidir”. Berni Gudrich, 
AQSh, 1960 
3. “Marketing – bu takliflarni yaratish va tovarlarni (g’oyalar, xizmatlar va 
boshqalar) almashish orqali ham jismoniy shaxslar, ham guruhlarning ehtiyojlarini 
qondirishga qaratilgan ijtimoiy boshqaruv jarayoni”. Filipp Kotler, AQSh 
4. 
“Marketing – tovarlar yaratish, taklif qilish va ayirboshlash vositasida 
shaxslarning ham, guruhlarning ham ehtiyoj va talablarini qondirishga 
yo‘naltirilgan ijtimoiy va boshqaruv jarayonidir”. Ingliz marketing instituti, 1965. 

Yüklə 446,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin