Korxona iqtisodiyoti


Marketingning quyidagi turlari mavjud:  Mahsulotga mo’ljal olingan marketing



Yüklə 446,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix16.12.2023
ölçüsü446,71 Kb.
#182155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Korxona iqt 5-mavzu Ma\'ruza matni

 
Marketingning quyidagi turlari mavjud: 
Mahsulotga mo’ljal olingan marketing. 
Korxona faoliyati yangi mahsulot 
yaratishga yoki chiqarilayotganini takomillashtirishga yo’naltirilganda qo’llaniladi. 
Iste’molchiga mo’ljal olingan marketing
korxona faoliyati bozordan kelib 
chiqadigan talablarni qondirishga yonaltirilgan hollarda qo’llaniladi. Bunda 
marketingning bosh vazifasi – potensial talablarni o’rganish, bozor “tirqishi”ni
izlash. Korxonalarning faoliyatida marketingning ikkala turini bir vaqtning o’zida 
qo’llash maqsadga muvofiqdir. Mana shunday kombinatsiyalashgan marketing 
faoliyati 
integrallangan marketing
deb ataladi. 
Demarketing – 
ishlab chiqarish quvvatlarining yetarli darajada emasligi
tovar resurslari va xomashyoning cheklanganligi tufayli tovar yoki xizmatlarga 
bo’lgan talabni kamaytirishga yo’naltirilgan marketing turi. Demarketing asosan 
kamyob tovarlar va xizmatlar bo’yicha qo’llaniladi. Talabni pasaytirish uchun 
narxlarni ko’tarish, reklamadan voz kechish va boshqa usullar qo’llanilishi 
mumkin. 
Sinxromarketing
– talab ishlab chiqarish quvvatlaridan sezilarli darajada 
baland yoki aksincha, ushbu tovarni ishlab chiqarish hajmi bozorning talabidan 
ko’p bo’lgan sharoitlarga yo’naltirilgan. 
Konsentratsiyalangan marketing 
– marketing harakatlarini bir yoki bir 
nechta kichik bozorda jamlashni ko’zda tutadi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi marketingning ham 
zamonaviy turlari paydo bo’lishiga olib keldi. Jumladan, internet-marketing, 
SMM, PR-marketing va boshqalar. Ular umumlashtirilgan holda “raqamli 
marketing” deb atalmoqda. Internetda ulkan axborot imkoniyatlari mavjud. Bu 
yerda har qanday reklama xabari, audio, video, flash texnologiyasidan foydalangan 


holda, matn, grafika va multimedia ko’rinishida bo’lishi mumkin. Ushbu veb-
resurs keng maqsadli auditoriyaga samarali ta’sir ko’rsatishga imkon beradi.

Yüklə 446,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin