Pulning paydo bo’lishi,zarurligi va funksiyalari.
Reja:
1.Pulning paydo bo’lish sabablari.
2.Pulning shakllari va rivojlanish evolutsiyasi.
3.Pulning funksiyalari.
Pul maxsulot, tovarlarni ishlab chiqarish va xaridorlarga kerakli vaqt, miqdor va sifatda ma’lum shartlarda ayirboshlashni tashkil etish va boshqarish maqsadida vujudga keldi va xizmat qilmoqda.
Uzoq qadimdan ishlab chiqarishning va tovar munosabatlarini rivojlanishi natijasida pul yuzaga chiqa boshlagan. Bizning fikrimizcha pulning yuzaga chiqishiga bevosita quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan:
1. Jamiyatda mehnat taqsimotini hamda mahsulotlar almashuvini yuzaga chiqishi.
2. Natural xo‘jalikdan asta —sekin tovarlarni ishlab chiqarish va ularni ayirboshlashga o‘ta boshlashi;
3. Tovar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va mol —mulk jihatidan mustaqil mulkdorlarning shakllanib borishi;
4. Ayirboshlash jarayonida ekvivalentligi (moslik) yuzaga chiqishi va unga rioya etila borishligi.
Umumiy ekvivalentga o‘tishning zaruriyati shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarish taraqqiyotining ma’lum bosqichida bozorda tovarlar ayirboshlashi muntazam xodisaga, iqtisodiy xayotning muhim omiliga aylangan. Jamiyat azolari tovarlar ayirboshlashsiz yashay olmay qolgan va xar bir ishlab chiqaruvchi mehnati mahsuliga umumiy o‘lchov birligi zarur bo‘lib qolgan, Faqatgina umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi tovargina barcha mahsulotlar uchun o’lchov vositasiga aylangan. Bundan ma’lum bir tovar egasi, o‘zining shaxsiy istemoli uchun zarur bo‘lgan boshqa bir tovarni olish maqsadida u dastlab o‘zi etishtirgan tovarni bozorda umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi tovarga ayirboshlagan.
Ishlab chiqarishning kengayib borishi, tovar munosabatlarini rivojlanishi natijasida bozor pul rolini uynovchi metallarga quyidagi talablarni qo‘yadi:
metalning tabiatda kamyobligi
metallning bir tarkibliligi;
kerakli mikdorda olishning qiyinligi;
qiymatni yuqotmasdan, yoki juda kam mikdorda yo‘qotish asosida bo‘linishi (maydalanishi);
ixchamligi va engilligi;
uzoq muddat davomida zanglamasdan saqlanishi.
Biz yuqorida ta’kidlab o‘tgan talablarga aynan kumush hamda undan ko‘p mikdorda oltin to‘la javob bergan. Ushbu talablarga javob bergan kumush ham uni ko‘p miqdorda hamda kam harajat bilan qazib olinishi va qayta ishlanishi sababli u oltinga bas kela olmagan.
SHunday qilib pulning rivojlanish bosqichida butun dunyo bo‘yicha umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi pul sifatida oltin tan olingan va bozorda u yakka xukmronga aylangan. SHu asosda butun dunyo bo‘yicha xalqaro hisob — kitoblarda yagona to‘lov vositasi bo‘lib oltin hisoblangan.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida pulning ahamiyatining oshishi shundaki, jamiyatimizda mavjud yuridik va jismoniy shaxslar faoliyati hamda ularning natijasi daromadi pul bilan bog‘liq. SHuning uchun ham, pul barcha iqtisodiy rivojlanish pog‘onalarida odamlarni o‘ziga jalb qilib kelgan.
Pul va uning vazifalari to‘g‘risida mavjud xorijiy mamlakatlar iqtisodchilarining qo‘llanmalarini olib qaraydigan bo‘lsak, pulning kelib chiqishi to‘g‘risida ikki xil g‘oya mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. Bular ratsionalistik va evolyutsion g‘oyalardir.
Ratsionalistik qarashning asoschilaridan biri Arastu bo‘lib, u pulning kelib chiqishining asosini o‘zaro bir-biriga teng qiymatni harakatga keltiruvchi biror bir maxsus «qurol», kishilar orasida o‘zaro kelishuv natijasida qabul qilingan shartli birlik ekanini aytadi. O‘zaro tovarlarni almashtirishda pul qatnashmaganda, tovarni sotish jarayoni tovarni sotib olish jarayoni sifatida yuzaga kelgan. Tovarlar o‘rtasidagi proporsiya tasodifan, masalan, sotilishi kerak bo‘lgan mahsulotga talab qay darajada va uning miqdori kam-ko‘pligiga bog‘liq holda o‘rnatilgan. Keyinchalik, shu tovarlar ichidan umumiy ekvivalent sifatida ba’zi tovarlar ajralib chiqdi. Jamiyatning rivojlanishi muomalaga metallarning kirib kelishiga olib keladi.
Pulning kelib chiqish tarixi ko‘proq pulning evolyusion nazariyasi bilan bog‘liq. Tovar muomalasining evolyusion rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent shaklini har xil tovarlar o‘ynagan. Har bir jamoa o‘z tovarini ekvivalent sifatida o‘rtaga qo‘ygan. Lekin jamiyat taraqqiyoti shu tovarlar ichidan ikki guruh tovarlarning ajralib chiqishiga olib keldi. Bular – birinchi ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan tovarlar va zebu ziynat tovarlaridir.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida dehkonchilik va chorvachilikdagi mehnat taqsimoti, tovar turlarining ko‘payishi almashinuv jarayonining yanada rivojlanishini taqozo qildi. Almashinuv jarayonida tovar egalari o‘zaro muloqotda bo‘lib, tovarning egasi o‘z mahsulotini (mulkini) baholagan. SHu baholash jarayoni biror o‘lchov birligi bo‘lishini taqozo qilgan. O‘tgan asrdagi iqtisodchilar pul – bu tovarlarning tovari, deb ifodalashgan va uning quyidagi xususiyatlarini izohlab berishgan: Birinchidan, pulning iste’mol qiymatida boshqa tovarlarning qiymati o‘z ifodasini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq mehnat asosini abstrakt mehnat tashkil qiladi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo‘ladi.
SHunga asoslangan holda, pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan maxsus tovar degan xulosaga kelish mumkin. Uning maxsus tovar sifatida xususiyati shundaki, u barcha tovarlarning qiymatini o‘zida ifoda qiluvchi, umumiy ekvivalent hisoblanadi.
Pulning turlari. Pul o‘zining evolyusiyasi jarayonida metall (oltin, kumush, mis), qog‘oz, kredit pullar shaklida ishlatilib kelgan. Qiymatni o‘zida ifodalashiga ko‘ra pullar ikki turga bo‘linadi:
– haqiqiy pullar;
– haqiqiy pul izdoshlari - qiymat belgilari.
Haqiqiy pullar nominal qiymatini o‘zida ifodalovchi, real qiymatga ega bo‘lgan metall pullar bo‘lib, ular har xil shakllarda chiqarilgan va keyinchalik amaliyotda qulay bo‘lgan aylana (shu shaklda metall emirilishi kam bo‘ladi) shaklda chiqarilgan.
Qog‘oz pullar. Pulning bu turi haqiqiy pullarning vakili bo‘lib, pulning muomala funksiyasi rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan.
Qog‘oz pullar yuzaga kelishining quyidagi bosqichlarini keltirish mumkin.
1-bosqich – tangalarning uzoq vaqt muomalada bo‘lishi, qo‘ldan-qo‘lga o‘tishi natijasida emirilishi;
2-bosqich – tangadagi metall tarkibining buzilishi. Davlat tomonidan ongli ravishda davlat xazinasiga tushumni oshirish maqsadida tangalar metall (oltin, kumush) miqdorining kamaytirilishi;
Bu bosqichda tanga tarkibining buzilishiga oltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallarni qazib chiqarish qiyinligi, ular zaxiralarining kamligi ham sabab bo‘lgan.
3-bosqich – davlat tomonidan emission daromad olish maqsadida xazina biletlarining chiqarilishi.
birinchi qog‘oz pullar XII asrda Xitoyda chiqarilgan, deb ko‘rsatiladi. Lekin tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, 700 yillarda kumush tangalar chiqarilgunga qadar, Buxoro davlatida qog‘oz materiallardan pul sifatida foydalanilgan ekan.
Iqtisodiy adabiyotlarda pulning funksiyalari xususida 2 ilmiy maktab olimlarining qarashlari mavjud:
Evropa maktabi.
Amerika maktabi.
Evropa maktabi pulning 5 funksiyasi xususida xulosaga kelgan:
Dostları ilə paylaş: |