Termapoloska
Yaqin yillar ichida yangi moslama – termapoloska (ya’ni maxsus chiziqlar). Egiluvchan kristalli plenkalar bo‘lib, tana haroratining turli xil ko‘rsatkichlarida rangi o‘zgaradi.
Tana haroratini o‘lchash uchun peshona sohasiga 1 daqiqa davomida plenkani ushlab turish kifoya. Bunda tana haroratining aniq ko‘rsatkichi qayd etilmaydi, balki ranglarga qarab “past”, “o‘rta” va “yuqori” ko‘rsatkichlarinigina ko‘rsatib beradi.
Illustratsiya: Pinterest
Tana harorati ko‘tarilishi belgilari
Tana haroratining ko‘tarilishi insonga aniq seziladi. Bunday holat quyidagi simptomlar bilan namoyon bo‘ladi:
Charchash, umumiy holsizlik;
Qaltirash, varaja qilish (tana harorati qanchalik darajada yuqori bo‘lsa, inson shunchalik sovuq qotadi);
Bosh og‘rig‘i;
Tana zirqirab og‘rishi, bo‘g‘imlar, mushaklar va barmoqlarda;
Ko‘z sohasida issiq harorat sezish;
Og‘iz qurishi;
Ishtahaning pasayishi yoki umuman yo‘qolishi;
Yurak urish soni ortishi, aritmiyalar;
Ko‘p terlash, terining qurishi;
Pushti va oq isitma.
Isitma turlari
Tana haroratining oshishi kattalar va bolalarda turli xil ko‘rinishda kechadi.
Isitma xurujini ikki xil ko‘rinishi bor:
Dostları ilə paylaş: |