Pushti (qizil) isitma
Nomiga mos holda belgilar namoyon bo‘ladi – teri qoplami qizg‘ish tusda, ayniqsa bo‘yin va yuz terisi qizarib ketganligi ko‘rinadi.
Bunday turdagi isitma qilish ko‘p uchraydi. Organizm issiqlikni ajratib chiqarib tashlaydi, ya’ni tashqi qon tomirlar kengayadi (qon shu yo‘l bilan soviydi), ter ajralishi ko‘payadi (teri haroratini pasaytiradi).
Bemor ahvoli stabil bo‘lib, umumiy ahvolida o‘zgarish kuzatilmaydi.
Oq isitma
Isitma xurujining xavfli koʻrinishi. Organizmda termoregulyatsiya jarayonlarining jiddiy buzilishlari kuzatiladi.
Bunda teri qoplamalari oqish rangda, sovigan bo‘lsada (ayniqsa kaft va tovon sohasi sovuq), rektal yoki oral tana haroratini o‘lchaganda ko‘rsatkichlar baland bo‘ladi.
Bemor varaja qiladi, umumiy ahvoli og‘irlashadi, hushdan ketish holatlari kelib chiqadi.
Oq isitma qon tomirlarning kengayish xususiyati buzilgan holatlarda kuzatiladi, teridagi qon tomirlar kengaya olmasligi natijasida organizm o‘zini sovita olmaydi.
Eng xavfli jihati shundaki, hayot uchun muhim bo‘lgan a’zolar — yurak, miya, jigar, buyraklarda ham harorat ko‘tarilib ketadi va ularning funksiyasiga salbiy ta’sir etadi.
Dostları ilə paylaş: |