Bolalar tana harorati
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda termoregulyatsiya funksiyasi hali to‘liq shakllanmagan bo‘lganligi sababli, kichik ta’sir natijasida ham tana harorati o‘zgarib qolishi mumkin.
Ayniqsa, 3 oylikkacha bo‘lgan bolakaylarda bu holat tez-tez kuzatiladi.
Ota-onalar tana harorati ko‘tarilganda vahimaga tushib qolishadi. Biroq bolalarda tana haroratining 37-38 °C ko‘rsatkichlarda bo‘lishiga quyidagi omillar ham sabab bo‘lishi mumkin:
Bolani juda qalin kiyintirish;
Ko‘p yig‘lashi;
Kulish;
Ovqatlanish, sut bilan oziqlanish;
Bolani 34-36 °C dan yuqori haroratli suvda cho‘miltirish.
Odatda chaqaloqlarda uyqudan keyin harorat biroz pastroq, lekin o‘yin, aktiv harakatlardan keyin tana harorati yana ko‘tariladi.
Shuning uchun tana haroratini o‘lchaganda tashqi muhit omillarini ham inobatga olish zarur. Shunday bo‘lsa ham baland ko‘rsatkichdagi (38 °C) tana harorati, bola uchun xavfli bo‘lishi mumkin.
Quyidagi jadvalda tana haroratining o‘lchash usuliga ko‘ra, 2 yoshgacha va 3-10 yosh bolalar uchun normal ko‘rsatkichlar keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |