Homiladorlikda tana harorati
Tana harorati boshqarilishi gormonlar nisbati o‘zgarishiga juda sezuvchan, shuning uchun homiladorlik vaqtida ayol kishi temperaturasi oshganligini his etib turadi.
Gormonal o‘zgarishlar deganda, klimaks davri yoki hayz ko‘rish vaqti tushiniladi.
Ayollar o‘z organizmining holati haqida bilishlari, homiladorlik vaqtida tana haroratining kichik ko‘rsatkichlarga o‘zgarib turishini va bu normal holat ekanligini ham unutmasligi kerak.
Masalan, tana harorati 37°C ko‘rsatkichlarda homiladorlikning birinchi haftalarida kuzatilsa, yondosh simptomlar bo‘lmasa, buni ayollarda kechayotgan gormonal o‘zgarishlar bilan tushuntirsa bo‘ladi, odatda progesteron gormoni hisobiga.
Shunday bo‘lsada, homiladorlik vaqtida tana harorati subfebril ko‘rsatkichlarda (37-38 °C) doimiy tursa, bu shifokor huzuriga borishga sabab hisoblanadi.
Bunday holatda maxsus analiz va tekshiruvlardan o‘tish kerak va sitomegalovirus,sil, piyelonefrit, gerpes, gepatit va boshqalarni istisno qilish lozim.
Homiladorlik vaqtida tana harorati ko‘tarilishi mavsumiy O‘RVI kasalliklarida ko‘tarilishi ham mumkin. Bunda mustaqil ravishda o‘z boshimchalik bilan davo choralarini qo‘llamay, shifokor bilan maslahatlashish shart.
Oddiy shamollash holatlari homilaga jiddiy ta’sir qilmasada, gripp bilan kasallanish homila hayoti uchun jiddiy xavf solishi mumkin.
Homiladorlikda gripp holatlarida tana harorati 39 °C gacha ko‘tarilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |