Mavzu: issiqxonalar tizimida geotermal



Yüklə 67,49 Kb.
səhifə2/3
tarix14.12.2023
ölçüsü67,49 Kb.
#178909
1   2   3
Mavzu issiqxonalar tizimida geotermal

Sun’iy о‘ta qizdirish usulida issiqlik qotgan lavani yoki yarim erigan magmani sovutish yо‘li bilan olinadi.
Quruq tog‘ jinslarini sovutish usulida issiq tog‘ jinslarida sun’iy yorilishlar hosil qilinadi va ular orqali qizdiriladigan suv haydaladi.
Yer qobig‘ining tuzilishida anomaliyalar bо‘lganligi sababli Yer sirtida geotermal issiqlik oqimlari har xil bо‘ladi. Shuning uchun geotermal mintaqalar uchta sinfga ajratiladi:
1) Gipertermalli mintaqa - temperatura gradiyeti 80 oS/km dan ortiq. Geyzerlar, issiq bulog‘li manbalar, geotermal aktiv mintaqalardir. Isitish, issiq suv ta’minoti va elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun tabiiy gidrotermal sirkulyatsiyali usul ishlatiladi.
2) Yarim termalli mintaqa - temperatura gradiyeti 40...80 oS/km. Vulkanli aktivlikga ega bо‘lgan mintaqalar. Isitish va issiq suv ta’minoti uchun tabiiy gidrotermal sirkulyatsiyali va quruq tog‘ jinslarini sovutish usullari ishlatiladi.
3) Normalli mintaqa - temperatura gradiyeti 40 oS/km dan kam. Bunday mintaqalarda Yer bag‘ridagi issiqlikdan foydalanish iqtisod jihatdan foydasizdir.
Giper- va yarim geotermalli mintaqalar Rossiya, AQSH, Italiya, Islandiya, Meksika, Yaponiya, Salvador, Filippin, Yangi Zelandiya davlatlarida mavjud.
Geotermal energiya manbalari gidrotermal yoki bug‘termal va petrotermik manbalarga bо‘linadi.
Gidrotermal va bug‘termal manbalar 300...350 oS temperaturali issiq suv yoki bug‘larning tabiiy Yer osti zaxiralaridan iborat. Bunday manbalar gipertermalli va yarim termalli mintaqalarda joylashgan bо‘ladi.
Petrotermik manbalar quruq tog‘ jinslarining issiqliklariga asoslangan. Bunday manbalarni amalda barcha mintaqalarda topish mumkin. Lekin bunday manbalarni о‘zlashtirish issiq qatlamlarning yotish chuqurligi va quduqni ishlab chiqarish sarf-xarajatlari bilan aniqlanadi.
Issiq quruq tog‘ jinslarining issiqlik miqdori. Bir jinsli massivda konveksiya bо‘lmaganda, chuqurlikning ortishi bilan temperatura chiziqli о‘sib boradi.

Yüklə 67,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin