6-amaliy mashg’ulot mavzu: O’zbekiston tabiat yodgorliklari reja



Yüklə 17,42 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix26.12.2023
ölçüsü17,42 Kb.
#197937
6-AMALIY EKOLOGIYA



6-AMALIY MASHG’ULOT 
MAVZU: O’ZBEKISTON TABIAT YODGORLIKLARI 
Reja: 
1. O`zbekiston tabiat yodgorliklari. 
2.Tabiat yodgorliklarni turlari. 
3.Tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish . 
 
O’quv amaliy mashg’ulotining maqsadi: 
 
1. Talimiy maqsadi: 
Tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish usullarini
o’rganish.
2. Tarbiyaviy maqsadi: 
Talabalarni
 
O’zbekistondagi tabiiy yodgorliklarning
 
muhofaza qilish va to’g’ri foydalanishga o’rgatish.
3. Rivojlantiruvchi maqsadi:
Talabalarni
 
O’zbekistondagi tabiiy
yodgorliklarning
 
muhofazasi boyicha bilimlarini oshirishda adabiyotlar bilan 
ishlash malaka va ko’nikmasini hosil qilish. 
 
Ishning maqsadi:
Ekologiyada qo’llaniladigan usullar yuzasidan
 
bilim va 
ko’nikmalarga ega bo’lish.

 
Kerakli material va jihozlar: 
Ekologiyaga oid o’quv qo’llanmalari,jadvallar, 
gerbariylar, slaydlar. 
 
Ishning maqsadi:
O’zbekistondagi tabiiy yodgorliklarning turlari va ularni
muhofaza qilish usullarini o’rganish.
 
Kerakli materiallar va jihozlar
: Tabiat yodgorliklarini aks ettiruvchi rasmlar, 
jadvallar, Tabiatni muhofaza qilish kartasi, ma’ruza matni, o’quv qo’llanma. 
Nazariy material. 
Tabiat yodgorliklari ilmiy-madaniy, tarixiy jihatdan tabiat 
ob’ektlarini muhofaza qilish uchun tashkil etiladi. Tabiat yodgorliklariga g’orlar, 
buloqlar, sharsharalar, geyzerlar, relef shakllari, ayrim noyob daraxtlar, geologik 
ochilib qolgan joylar, tarixiy obidalar va boshqa ob’ektlar kiritiladi. Tabiat 
yodgorliklari maqsadiga ko’ra geologik, geo-morfologik, botanik, paleontologik, 
arxeologik va landshaft yodgorliklariga bo’linadi.
O’zbekistonda 500 dan ortiq tabiat yodgorliklari mavjud. 
Geologik yodgorliklar- Amir Temur, Kilsi, G’unjak, Hazrati Dovud g’orlari, 
Zarafshon tizmasidagi karst, Nurota atrofidagi buloqlar. 
Paleontologik yodgorliklar- toshga aylangan o’simlik va hayvon qoldiqlari 
uchraydigan joylar. 
Landshaft yodgorliklari – Ilono’ti darasi, Arslonbobdagi katta sharshara, 
Surxondaryodagi Klef-Sheroobod marzasi, Katta va Kichik Chimyon soyligi
Oqtosh soyligi, Sangzor darasi. 
Botanik yodgorliklar – Sayrobdagi yoshi 1000 yilga yaqin chinor, Boysundagi 
chor chinor, Urgutdagi Ho’ja chor chinor, SHofirkon atrofidagi saksovulzorlar. 
Arxeologik yodgorliklar – Vardanze, Vdaraxsha shahar xarobalari, ko’hna 
Urganchdagi minoralar, Ko’hitang g’arbidagi Zarao’tkamir yodgorligi


cho’llardagi sardobalar, korizlar, Oqchop soyligidagi Abdulla bandi (suv ombori 
qoldiqlari). 
ISHNI BAJARISH TARTIBI 
I. Tabiat yodgorliklari haqida ma’lumot to’planadi.
II. Yodgorliklarning turlari o’rganiladi. 
III. Tabiat yodgorliklarining joylashgan o’rni, hududini kartadan aniqlash. 
TOPSHIRIQLAR 
1-topshiriq
. Darslik matnidan foydalanib tabiat yodgorliklari va ularning 
turlari haqida ma’lumotlar to’plab, daftaringizga qayd qiling. 
2-topshiriq
. Nazariy materiallardan foydalanib jadvalni to’ldiring 
Geologik 
yodgorliklar 
Paleontologik 
yodgorliklar 
Landshaft 
yodgorliklar 
Botanik 
yodgorliklar 
Arxeologik 
yodgorliklar 
3-topshiriq
. O’z hududingizdagi mavjud tabiat yodgorliklarining bugungi 
holati haqida yozma javob tayyorlang. 
MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR: 
1. Tabiat yodgorliklarining qanday ahamiyati bor? 
2. Tabiat yodgorliklari haqida tushuncha bering? 
3. Tabiat yodgorliklarining turlari? 
4. Tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish? 
 

Yüklə 17,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin