Mavzu: Jahon va Markaziy Osiyo paleografiyasi tarixi hamda manbalari



Yüklə 28,7 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.12.2023
ölçüsü28,7 Kb.
#190068
Xosilbek



Mavzu:Jahon va Markaziy Osiyo paleografiyasi tarixi
hamda manbalari
Bajardi:
Saydaxmatov Xosilbek
Fan nomi:
O’zbekiston
tarixi
Tekshirdi:
Sodiqov Furqat
Gurux:
3


Reja:
1. Paleografiya. Fanning mazmuni va mohiyati
2. Jahon paleografiyasidan namunalari
3.Markaziy Osiyo paleografiyasidan namunalar



Jahon paleografiyasidan namunalar Paleografiya atamasini
birinchi bo`lib 1708-yili fransuz monarxi Bernard de Monfokon
o`zining

Yunon paleografiyasi
” 
asarida ishlatadi. U bu ishi uchun
paleografiya

otasi
” 
degan nomga sazovor bo`lgan. Uning
hamkasbi
Jan 
Mabilion (1632-1707) Parijda chop ettirgan
“VI 
kitobdagi
diplomatika
” 
asarida ilk o`rta asrlardagi yozuvlari ilk bora 
klassifikatsiya qiladi. Paleografiya fani XVIII asr boshlarida
Rossiyadagi ilmiy tadqiqotlar boshlanishi bilan Rossiya hududida
ham keng yoyiladi



Paleografiya alohida fan sifatida Yevropada, dastlab Frantsiyada
XVIII asrning birinchi yarmida vujudga keldi va rivojlana boshladi. 
Boshqa mamlakatlarda esa paleografiyadan turli yozuvlarni o`qish, 
o`rganish, hujjatlarni aniqlashda foyndalanildi xolos. XVIII asr
oxiri-XIX asrning boshlaridan paleografiya Yevropa, Osiyo, Amerika 
mamlakatlarida rivojlana boshladi, yirik ilmiy muassasalar ochildi. 
Bu davrda I. Fridrix, E. Loukotki, D. Diringer, J. Xanmer, S. 
Lengdon, P. Meridji, K. Brike, G. Noyman, I. Gross kabi yirik
paleograflar yetishib chiqdi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab
Rossiyada ham K.N. Nevostruev, E.F. Karskiy, N.P.


Lixachev, A.V. Garskiy, I.S. Belyaev, A.I. Sobolevskiy kabi
olimlar paleografiyaga doir darsliklar, ilmiy asarlar
yaratdilar. Sovet davrida boshqa fanlar qatori
paleografiyaning ham taraqqiy etishiga yo`l ochib berdi. 
Shuningdek, paleografiyaga oid o`quv qo`llanma va
darsliklar yaratildi. Masalan, 1918-yili V.N. Shepkinning

Russkaya
paleografiya
” 
asari chop etildi. Bu darslik juda
katta ilmiy qimmatga ega bo`lganligi sababli 1967-yilda 
qayta nashr etildi. 2


Ikkinchi jahon urushidan so`ng Sobiq Ittifoqda paleografiyaga doir
bir qator darsliklar, albomlar va ilmiy asarlar yaratildi. Paleografiya
taraqqiyoti Yer yuzida yozuv qachon vujudga kelganligini aniqlash
imkoniyatini berdi. To`plangan boy yozma manbalar (belgilar, 
suratlar, buyumlar, harflar va boshqalar) u yoki bu xalqlarning urf-
odati, madaniyati hamda turli voqealar to`g`risida ma`lumot
beradi. Insoniyat yozuvga etib kelguncha o`z boshidan uzoq davrni
kechirgan. Nutqni yozib olish uchun esa bir necha ming yil ilgari
maxsus belgilar qo`llanila boshlandi. Topilgan ashyoviy buyumlar, 
dastlabki rasm belgilar bundan 6-7 ming yil ilgari


paydo bo`lganligidan dalolat beradi

Buyumlardan
mnemonika (eslatish) vositalari sifatida foydalanish hozirgi
yozuvga olib keluvchi uzoq yo`ldagi birinchi qadamdir. Bu 
belgilar faqat inson fikrini ifodalagan. Vaqt o`tishi bilan
buyumlarga aniq ma`no berilgan. Ular narsalarni bildiruvchi, 
oldindan kelishib olingan o`ziga xos signallar, shartli belgilar
hisoblangan. Buyumga ma`no birkitib qo`yishning bu usuli
buyumli yozuv deb atalgan. Buyumli yozuvdan foydalanish
Osiyo, Afrika va Amerika qit`asi xalqlari orasida keng
tarqalgan va uzoq davom etib kelgan. Masalan
, “
Vampum



kamari Shimoliy Amerika hindularining buyumlar yozuvi
bo`lib, shakli ajoyibdir
. “
Vampum
” 
kamari turli rangli
chig`anoqlardan iborat. Chig`anoqlarning joylashuvi, rangi, 
soni muayyan ma`noni bildirgan. Peru davlati hududida
yashagan qadimgi aholi o`rtasida ishlatib kelingan
tugunlardan iborat yozuv ham buyumli yozuvning ajoyib
namunasi bo`la oladi. Hindistonda yashagan qadimgi xalqlar
yozuv sifatida dastlab turli rangdagi buyumlarni ishlatganlar. 
Masalan, qora rang - baxtsizlikni
,


binafsha rang - xavf-xatarni, qizil rang - urushni bildirgan va
hokazo. Ammo buyumli yozuv o`zining asosiy vazifasini
bajara olmadi, ya`ni insoniyat tomonidan yaratilgan
bilimlarni saqlab, yodlab qoladigan o`ziga xos xotiraga
aylanmadi. Insoniyat taraqqiyotining jadallashuvi, 
murakkablashuvi yozuvning vujudga kelishini tarixan taqozo
etdi
.


Markaziy Osiyo paleografiyasidan namunalar. 
Markaziy Osiyo xalqlari yozuvning sodda, ibtidoiy
shakllaridan mil. avv. I ming yillikdayoq voz kechib, mil.avv. 
VI asrdayoq alifboli yozuv tizimlari, xususan, oramiy yozuvi
bilan tanishganlar. Olimlarning fikricha, Avesto kitobi mil. 
avv. VIII

VII asrlardayoq kitob holatiga keltirib yozib olingan
bo`lsa, demak, ajdodlarimiz mil. avv. VII arsdayoq yozuvning
alifboli darajasiga


erishganlar. Demak, paleografik tadqiqotlar uchun alifboli
tizimlar asosidagi material xronologiyasi ham bevosita o`sha
davrdan boshlanadi. Shu sababli paleografiyani

Avesto
paleografiyasi”dan
boshlab, so`ngra oramiy grafikasidan
rivoj topib, tez orada bir qancha mahalliy yozuv tizimlariga
aylangan alifbolar, ular vositasida yozib olingan
yodgorliklarga o`tish ma`quldir. Bular parfyoniy yozma
yodgorliklari, boxtariy-oramiy yodgorliklar, xorazmiy, 
sug`diy, o`rta forsiy


pahlaviy yozuvlari, sug`diy asosida rivojlangan uyg`ur-
turkiysi, O`rxun Yenisey va uning o`nlab mahalliy
variantlaridirki, paleografik tadqiqot orqali ularning
manbaviy ahamiyatini ko`rsatib berish, ilmiy foydalanishga
olib kirish muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu 
borada yana bir muhim masala borki, u ham bo`lsa har bir
yozuv tizimining ichki grafik rivojlanish dinamikasini
ko`rsatishdir. 


Masalan: Markaziy Osiyoda oromiy grafikasi asosidagi
yozuvlarning oromiycha shakllardan ajralib chiqib mustaqil
chizma shakllar darajasiga, undan go`zal husnixat shakllariga
xos yozuv usullarini paydo etish yo`llarini yodgorliklarda
kuzatish ham muhim ahamiyatga ega. Markaziy Osiyo jahon
qadimiy yozuv yaratuvchilik jarayonlarining muhim bo`g`ini
bo`lib kelgan. Bu o`lkada yozuvlar


paydo bo`lishi ikki manbaviy asosga ega. Ushbu manbalarning tub 
idizlari ham qadim davrlarga borib taqalalib, yozuvlarning paydo
bo`lishi tarixiy taraqqiyot va inson amaliy ko`nikmalarining
mahsulidir. Ushbu manbaviy asoslar turli olimlarning fikr-
mulohazalariga ko`ra quyidagi asoslardan iborat: Birinchi manba
mahalliy sharoitda tub joy an`analariga tayanib yaratilgan yozuv
an`anaviy yo`nalishi bo`lsa, ikkinchisi uchun Old Osiyo
mamlakatlaridan qadimiy Eron saltanati tasarrufida bo`lgan
o`lkalarga tarqalgan oromiy yozuvi asosiy manba hisoblanadi


E’TIBORINGIZ UCHUN 
RAHMAT!!!

Yüklə 28,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin