Mavzu: Jahon valyuta tizimi va uning elementlari


Jahon valyuta tizimi tushunchasi va uning elementlari



Yüklə 71,71 Kb.
səhifə3/10
tarix02.06.2023
ölçüsü71,71 Kb.
#122228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
“JAHON VALYUTA TIZIMI VA UNING ELEMENTLARI.”

Jahon valyuta tizimi tushunchasi va uning elementlari.

Yuqorida takidlaganimiz kabi jahon valyuta tizimi - bu, jahon bozorining rivojlanishi asosida shakllangan va davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil etish shakli bo‘lib hisoblanadi.
Jahon valyuta tizimi XIX asrning o‘rtalariga kelib shakllandi. Jahon valyuta tizimi milliy valyuta tizimi elementlari bilan yaqindan aloqada bo‘lgan ma'lum bir elementlarni o‘z ichiga oladi. Ular quyidagilar: zahira valyutalari, xalqaro hisob-kitob valyuta (pul) birligi (SDR); Valyutalarning o‘zaro konvertatsiya qilinish shartlari; Valyuta paritetlarining soddalashtirilgan (unifikatsiya) rejimi; Valyuta kurslari rejimlarini tartibga solish (reglamentatsiya); Valyuta cheklanishlarini davlatlararo muvofiqlashtirish; Xalqaro valyuta likvidligini davlatlararo muvofiqlashtirish; Xalqaro kredit muomala qurollaridan foydalanish qoidalarini soddalashtirish (unifikatsiya); Xalqaro hisob-kitoblar asosiy shakllarini soddalashtirish (unifikatsiya); Jahon valyuta va oltin bozorlari rejimi; Davlatlararo valyuta muvofiqlashtirilishini amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar .
Zahira valyutalari, xalqaro hisob-kitob valyuta (pul) birligi (SDR). Jahon valyuta tizimi jahon pullarining amal qiluvchi shakllariga asoslangandir. Jahon puli deb xalqaro munosabatlarga (iqtisodiy, siyosiy, madaniy) xizmat ko‘rsatuvchi pullarga aytiladi. Jahon pullari amaldagi shakllarining evolyutsiyasi birmuncha kechikib bo‘lsa-da, oltin pullardan boshlab to kredit pullargacha bo‘lgan milliy pullarning rivojlanish yo‘lini qayta bosib o‘tadi. Bunday qonuniyat asosida jahon valyuta tizimi XX asrga kelib jahon yetakchi mamlakatlarining bir yoki bir nechta milliy valyutalariga (an'anaviy yoki Yevrovalyuta shaklida) yoki xalqaro valyuta birligiga (SDR) asoslanadi. Xalqaro hisob-kitob valyuta birligi xalqaro talab va majburiyatlarni o‘zaro solishtirish, valyuta pariteti hamda kursni belgilash uchun shartli masshtab va xalqaro to‘lov hamda zahira vositasi sifatida ishlatiladi. Oltinning demonetizatsiyasi jarayoni, ya'ni Yamayka (1976-1978 y.y.) valyuta islohoti natijasida oltinning yuridik jihatdan pul funksiyasini yo‘qotishi, jahon puli sifatida muvozanatsiz milliy pullar ishlatilishining salbiy oqibatlari valyuta tizimiga SDRni (qarz olishning maxsus huquqlari), EKYUni (Yevropa hisobkitob pul birligi) tadbiq etishga sharoit yaratib berdi. Jahon pullarining ushbu yangi shakllari mamlakatlarning maxsus hisob-varaqlarda yozuvlarni amalga oshirish yo‘li orqali naqdsiz xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun ishlatilgan: SDR - Xalqaro Valyuta Fondida, EKYU - valyuta hamkorligining Yevropa fondida, 1994 yildan boshlab Yevropa Ittifoqining Yevropa valyuta institutida. SDR va EKYUning shartli qiymati o‘rtacha tortilgan qiymat hamda valyuta savatiga (korzina) kirgan valyutalar kurslarining o‘zgarishi asosida hisoblanadi. Yevropa Markaziy banki dastlab 1999 yilning boshidan naqdsiz hisob-kitoblar uchun, 2002 yildan boshlab esa naqdli shaklda EKYU o‘rniga Yevroni muomalaga kiritdi .
Xalqaro hisob-kitob pul birliklari kursi savat (korzina) asosida aniqlanadi. Valyuta savatini hisoblashdagi muhim muammolardan biri bo‘lib, savatdagi valyutalar tarkibi va ularning solishtirma og‘irligi, valyuta komponentlarining katta-kichikligi, ya'ni to‘plamdagi har bir valyuta sonining miqdorini aniqlash hisoblanadi. Bunga ko‘ra savatning quyidagi turlari farqlanadi: ma'lum bir davrga valyutalar tarkibi qayd etilgan standart savat; o‘zgaruvchan tarkibli muvofiqlashtiriluvchi savat; valyutalarning o‘zaro teng bo‘lgan solishtirma og‘irligiga ega simmetrik savat; valyutalarning turli ulushlarga ega asimmetrik savati .
Masalan, SDRning valyuta savati 5 valyutadan tarkib topgan (1981 yilning 1-yanvarigacha 16ta valyuta bo‘lgan). Savatdagi har bir valyutaning solishtirma og‘irligi mamlakatning xalqaro savdodagi ulushiga qarab aniqlanadi. Ammo AQSh dollari uchun uning Xalqaro hisob-kitoblardagi ulushi hisobga olinadi. 1996-2000 yillar davrida AQSh dollarining savatdagi ulushi 39%ni (1981 yilgacha 33%ni) tashkil etgan, qolgan 4 valyuta esa, Germaniya markasi - 21%, Yaponiya yenasi - 18%, Fransiya franki va Buyuk Britaniya funt sterling har biri 11%dan . 2001 yilda ushbu savat tarkibi qayta ko‘rib chiqildi va 1999 yildan boshlab Germaniya markasi va Fransiya franki Yevro bilan almashtirildi .
SDR kursini AQSh dollariga yoki savat tarkibiga kirgan boshqa bir valyutaga nisbatan hisoblanishi 3 asosiy elementni o‘z ichiga oladi: taalluqli valyuta birliklaridagi valyuta komponentlari. Ular quyidagicha aniqlanadi: (valyutaning savatdagi solishtirma og‘irligi) va(uning AQSh dollariga nisbatan so‘nggi 3 oy ichidagi o‘rtacha bozor kursi) bundan oldingi SDR kursiga muvofiqlashtirilgan holda; valyutalarning AQSh dollariga nisbatan bozor kurslari; valyuta komponentlarining dollarli ekvivalenti. U quyidagicha hisoblanadi: (valyuta komponenti) / (valyuta kursi) funt sterlingdan tashqari, (funtning valyuta komponenti)*(dollarga nisbatan valyuta kursiga) .
Erkin suzuvchi valyuta kurslari va ularning muvozanatsizligi sharoitida turli mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan valyuta savati uslubi qo‘yilgan maqsadlardan kelib chiqib (valyuta kursini aniqlash, xalqaro valyuta birligini yaratish, baho valyutasi va qarz valyutasini indeksatsiya qilish), valyutalarni turli to‘plamidan foydalangan holda ishlatilmoqda. Yevropa valyuta ittifoqida valyuta paritetlarining asosi sifatida Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining 12 valyutasidan iborat EKYU valyuta savati ishlatilgan. 1999 yildan boshlab Yevropa valyuta ittifoqining yagona valyutasi Yevrodir. Bundan tashqari bir qator mamlakatlar (taxminan 20ta davlat) o‘z valyutalari kursini boqlash maqsadida yakka tartibdagi valyuta savatidan foydalanmoqda .
Xalqaro valyuta likvidligini davlatlararo muvofiqlashtirish. Xalqaro valyuta likvidligini muvofiqlashtirish valyuta tizimining elementi sifatida xalqaro hisob-kitoblarni zarur to‘lov vositalari bilan ta'minlashdan iborat. Xalqaro valyuta likvidligi - bu, mamlakatning (yoki bir guruh mamlakatlarning) vaqtida o‘z Xalqaro majburiyatlarini kreditor uchun muqobil bo‘lgan to‘lov vositalarida so‘ndirilishini ta'minlashdan iborat. Jahon xo‘jaligi nuqtai nazaridan Xalqaro valyuta likvidligi jahon to‘lov muomalasini moliyalashtirish va kreditlash manbalarining yig‘indisini bildiradi hamda u jahon iqtisodiyotining Xalqaro zahira aktivlari bilan ta'minlanganligiga bog‘liqdir .
Xalqaro valyuta likvidligi 4 asosiy qism (komponent)dan iborat: -mamlakatning rasmiy oltin zahiralari; -mamlakatning rasmiy valyuta zahiralari; -Xalqaro hisob-kitob pul birliklaridagi hisobvaraqlar; -Xalqaro Valyuta Fondidagi zahira pozitsiyasi (a’zo mamlakatning o‘z kvotasining 25 foizi chegarasida, xorijiy valyutada, so‘zsiz kredit olish huquqi) .
Xalqaro valyuta likvidligining ko‘rsatkichi bo‘lib, odatda mamlakat rasmiy oltin-valyuta zahiralarini uning yillik tovar importining summasiga nisbati hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichning qimmatligi cheklangandir, chunki u mamlakat oldida turgan barcha joriy to‘lovlarni, xususan notijoriy xizmatlar hamda kapital va kreditlarning xalqaro harakati bilan bog‘liq moliyaviy operatsiyalarni hisobga olmaydi .

Yüklə 71,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin