KIRISH. I.BOB. JAHON XO’JALIGI VA XALQARO IQTISODNING ASOSIY MOHIYATI 1.1.Jaxon xo‘jaligining tashkil topishi, bosqichlari va asosiy belgilari.
1.2.Xalqaro iqtisodiy aloqalarning asosiy shakllari.
1.3. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning moxiyati, shakllari va obektiv asoslari.
II. BOB. JAHON XO’JALIGINING ASOSIY XUSUSIYATLARI VA RIVOJLANISHINING ASOSIY BOSQICHLARI 2.1.Jahon xo'jaligida “iqtisodiy mo'jiza"larning vujudga kelishi va ularning asosiy omillari.
2.2.Jahon xo'jaligida tarkibiy zamonaviy tendensiyalar va ularning sabablari.
Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH. Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyoti o‘zining ma‘no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integrastiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham keskinlashuviga, har bir mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashining kuchayishiga ham ta‘sir ko‘rsatadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish har bir mamlakat uchun nihoyatda muhim masala sanaladi. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish vazifasi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda doimo diqqatimiz markazida bo‘lib, iqtisodiy rivojlanish borasida erishgan yutuqlarimizning muhim omili hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida kechayotgan murakkab jarayonlar iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, raqobatbardoshligini oshirish uchun uning tarkibiy tuzilishini muttasil takomillashtirib borish zaruratini yanada kuchaytirdi. Mamlakatning raqobatbardoshligi eng avvalo uning iqtisodiyoti raqobatbardoshligi orqali ifodalanadi. Bu esa bevosita tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi siyosat instrumentlariga taqaladi.