Mavzu jahon xo’jaligining shakllanishi va rivojlanish bosqichla-fayllar.org
1.3. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning moxiyati, shakllari va obektiv asoslari. XX asr boshlarida jahon xo‘jaligida o ‘zaro bir-biri bilan bog‘liq quyidagi ikki tendensiya harakat qilmoqda:
- jahon xo‘jaligi yaxlitligining shakllanish jarayoni — globallashuv;
- mintaqaviy iqtisodiy integratsiya.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya (XII) atamasi XX asming 30-yillarida nemis va shved iqtisodchilarining asarlarida birinchi marta ishlatilgan. Integratsiya so‘zi lotin tilida «integratio» so‘zidan olingan bo‘lib, «qo‘shilib ketish», «birlashish», «qismlarning bir butunlikka aylamshi» deb taijima qilinadi.3 Xalqaro iqtisodiy integratsiya, deganda milliy xo‘jaliklar o ‘rtasida chuqur barqaror o‘zaro aloqalar va mehnat taqsimoti asosida ishlab chiqarishning yuqori darajadagi baynalmilallashuvi tushunilib, u qator mamlakatlar takror ishlab chiqarish tarkibining asta-sekin qo‘shilib ketishiga olib keladi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning maqsadi istiqbolda tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining erkin harakatlanishiga to‘siq bo‘layotgan cheklovlarni bartaraf etish hisoblanadi. Ishlab chiqarish, ilmiy-texnik hamkorlik va ayirboshlash predrneti hisoblangan tovarlar, xizmatlar, pul va mehnat resurslari XII obyektlari hisoblansa, xalqaro ishlab chiqarish, ilmiy-texnik hamkorlik va ayirboshlashni amalga oshiruvchi iqtisodiy tomonlar esa XII subyektlari hisoblanadi.
Integratsion tuzilmalami ishlab chiqarishning integratsiyalashishida erishilgan darajasiga qarab ajratish lozim, hamda integratsiyalashishning rasmiy va real xususiyatga ega bo‘lishi mumkinligini hisobga olish zarur.
Rasmiy integratsiyalashuv ishlab chiqarishni xalqaro darajada umumlashtirishdan iborat bo‘lib, uning asosida mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar xalqaro mehnat taqsimoti negizida tashkil etiladi.
Real iqtisodiy integratsiya esa ishlab chiqarishning ishtirokchi mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari pariteti asosida xalqaro umumlashtirishdan iborat bo‘ladi. Iqtisodiy integratsiya, o‘z navbatida, ishtirokchi rnamlakatlaming ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi uchun shart-sharoit yaratadi. Jahon amaliyoti ko‘rsatishicha, integratsiyadan ichki bozori kichik, resurslarga boy bo‘lmagan, jahon YaMMida kam ulushga ega bo‘lgan mamlakatlar ko'proq samara oladi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, maqsadi va bosqichlari
Tahlillar ko‘rsatishicha, XII quyidagi obyektiv omillar va sabablarga asoslanadi:
- xo‘jalik hayoti baynalmilallashuvining o‘sib borishi;
- xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;
- umumjahon ilmiy-texnika taraqqiyotining o‘ziga xosligi;
- milliy iqtisodiyotlar ochiqlik darajasining ortishi;
- integratsiyalashayotgan mamlakatlarda daromadlarning ortishi;
- yangi savdo oqimlarining paydo bo‘lishi;
- ishlab chiqarish xarajatlari, tovarlar va xizmatlar narxining pasayishi tufayli iqtisodiy farovonlikning o ‘sishi;
- integratsion birlashmaga a ’zo mamlakatlaming uchinchi mamlakatlarga nisbatan iqtisodiy pozitsiyasining mustahkamlanishi;
- mintaqada siyosiy hamkorlikning rivojlanishi va integratsion birlashmaga a’zo mamlakatlaming uchinchi mamlakatlarga nisbatan siyosiy poziyatsiyasining mustahkamlanishi.
Iqtisodiy integratsiya shakllanishining shart-sharoitlari va rivojlanish bosqichlari. Iqtisodiy integratsiya shakllanishining shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:
- integratsiyalashayotgan mamlakatlarning iqtisodiy tarqqiyot darajasi va bozor munosabatlari rivojlvnish darajasining yaqinligi. Aksariyat hollarda mamlakatlararo integratsiya sanoat jihatdan taraqqiy etgan yoki rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida rivojlanadi;
- integratsiyalashayotgan mamlakatlarning geografik yaqinligi, aksariyat hollarda umumiy chegara va tarixan shakllangan iqtisodiy aloqalaming mavjudligi. Dunyodagi integratsion birlashmalaming aksariyati geografik jihatdan bir-biriga yaqin joylashgan, chegaradosh, transport aloqalariga ega bo‘lgan, ko‘pincha bir tilda so‘zlashadigan qo‘shni mamlakatlardan boshlangan;
- integratsiyalashayotgan mamlakatlar oldida turgan iqtisodiy va boshqa muammolaming umumiyligi. Iqtisodiy integratsiya mamlakatlar oldida turgan aniq muammolar to‘plamini hal qilishga mqaratiladi;
- ustunlikni namoyish qilish samarasi. Integratsion birlashmalami tuzgan mamlakatlarda, odatda ijobiy iqtisodiy o'zgarishlar (iqtisodiy o‘sish sur’atlarining tezlashuvi, inflatsiyaning pasayishi, ish bilan bandlikning o‘sishi va boshqalar) sodir bo‘ladi va ushbu holat o ‘zgarishlami kuzatib borayotgan boshqa mamlakatlarga muayyan ruhiy ta’sir ko‘rsatadi; - «domino samarasi».
Mintaqa mamlakatlarining ko‘pchiligi integratsion birlashmaga a ’zo bo‘lgan holda birlashma doirasidan chetda qolgan mamlakatlar ayrim iqtisodiy muammolarga duch kelishadi. Bu muammolar mazkur guruhga kiruvchi mamlakatlar iqtisodiy aloqalarining uzviyligi bilan bog'liq. Bu ko‘pincha, integratsiya doirasidan tashqarida qolishdan qo‘rqib, iqtisodiy birlashmaga kirmasdan chetda qolgan mamlakatlar bilan savdoni qisqartirishga olib keladi.
Jahon iqtisodiyotida shakllanayotgan va rivojlanayotgan integratsion birlashmalar o ‘z oldiga quyidagi vazifalami qo‘yadilar:
1. Keng ko‘lamli iqtisodiyot afzalliklaridan foydalanish. Keng ko‘lamli iqtisodiyot nazariyasi asosida bozorlar hajmini kengaytirish. transaksion xarajatlarni kamaytirish va boshqa qator afzalliklardan foydalanish. Bu, o‘z navbatida, katta hajmdagi bozorlarga kata ishtivoq bilan kirib keladigan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalami jalb qilishga bevosita imkon beradi.
2.Qulay tashqi siyosiy muhitni yaratish. Aksariyat integratsion birlashmalaming maqsadi ularda ishtirok etuvchi mamlakatlaming siyosiy, harbiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalarda bir-birini tushunishi, hamkorligini mustahkamlashdir.
3.Savdo siyosatidagi vazifalami hal qilish. Mintaqaviy integratsiya, ko‘pincha, GATT/JST doirasida ishtirok etayotgan mamlakatlaming muzokarasi nuqtayi nazaridan olib qaraladi. Mamlakatlar bloki nomidan bildiriladigan bayonot jiddiy masala hisoblanadi va savdo siyosati sohasida kutilgan natijalarni beradi.
4.Iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishga ko‘maklashish. o‘z milliy iqtisodiyotini integratsiya jarayonlariga qo‘shar ekanlar, rivojlanganroq davlatlar ham o‘sha mamlakatlardagi to'laqonli va kata hajmli bozorlami yaratish hamda ulardagi bozor islohotlarining rivojlanishidan manfaatdor boladi. Yelning u yoki bu shakliga qo'shila turib, ko‘plab G'arbiy Yevropa mamlakatlari mazkur maqsadlami ko‘zlagan edi.
5.Milliy sanoatning yosh sohalarini qo‘llab-quwatlash. Integratsion birlashmalar uchinchi mamlakatlarga nisbatan kamsituvchi chora-tadbirlarni qo'llamagan hollarda ham mahalliy ishlab chiqaruvchilarni faoliyati uchun kengroq mintaqaviy bozor ochiladigan qo‘llab-quwatlovchi usul sifatida qaraladi. Tarixan integratsion jarayonlar o‘z rivojlanish bosqichlariga ega. Ulaming har biri uning rivojlanishining ma’lum darajaga yetganligini ifoda etadi. Integratsion guruhlar tipologiyasining asoslari ishtirokchi mamlakatlar milliy iqtisodiyotining makro va mikro darajada o‘zaroyaqinlashishi hamda bir-biriga iqtisodiy jihatdan qanchalik chuqur kirib borishini baholashda namoyon bo‘ladi.
Iqtisodiy integratsiyaga kirishayotgan mamlakatlar quyidagi afzalliklarga ega bo'ladi:
- milliy bozorlarning birlashishi mamlakatlar ichki bozori hajmining kengayishiga olib keladi, bu esa, o‘z navbatida, umumiy yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sishini rag‘batlantiradi;
- aholi xarid qobiliyatining o‘sishi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha daromadlaming ortishi va tovarlar narxining pasayishigaolib keladi;
- ishlab chiqarishning samaradorligi va raqobatbardoshligi ortadi;
- ishlab chiqarish ixtisoslashuv darajasining chuqurlashuvi natijasida yuzaga keladigan «miqyos samarasi»ning ortishi;
- a’zo mamlakatlaming raqobat afzalliklarini hisobga olgan holda ishlab chiqarishning nisbatan samarali tarkibini shakllantirish;
- bozorlami birlashtirish, ishlab chiqarish omillarining erkin harakatini ta ’minlash, mehnat unumdorligi va daromadlarni oshirish hisobiga investitsiya jozibadorligini oshirish;
- iqtisodiy o‘sish sur’atlarini tezlashtirish.
Ushbu omillaming barchasi o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lib, integratsiya mamlakatlar o‘rtasidagi xalqaro mehnat taqsimoti asosida barqaror iqtisodiy aloqalaming rivojlanishi va qayta ishlab chiqarishning milliy xo‘jalik doirasidan chetga chiqishi jarayonidir.
Jahon xo‘jaligida iqtisodiy integratsiya - milliy bozorlar va mamlakatlar milliy xo‘jaliklari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, xamjixat rivojalanishini ta'minlash, turli mamlakatlar doirasida resurslarning erkin xarakat qilishi, yagona umumiy bozor tashkil qilish maqsadlarida birlashuvidir. (Xalqaro iqtisodiy integratsiya bu turli mamlakatlarning chukur, barqaror o‘zaro aloqalarinining rivojlanishi va milliy xo‘jaliklar o‘rtasidagi mexnat taqsimoti asosida ular xo‘jalik aloqalarining birlashib borishi jarayonidir.)
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari kuyidagilar bo‘lib xisoblanadi:
Erkin savdo zonalari. Bu iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo‘lib, uning doirasida katnashuvchi mamlakatlar o‘rtasidagi savdo cheklashlari bekor qilinadi. Bu zonani tashkil etgan davlatlar o‘rtasidagi savdo-sotik erkin bo‘ladi, boj puli bekor qilinadi, eksport uchun kvota (me'yor) urnatilmaydi. Bunga misol yevropa erkin savdo birlashmasi (uyushmasi) va MDX mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro bitim misol bula oladi.
Boj ittifoqi. Iqtisodiy integratsiyaning bu shakli erkin savdo zonalarining faoliyat qilishi bilan birga yagona tashki savdo ta'riflari urnatishni va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashki savdo siyosati yuritishni takozo qiladi. (yevropa ittifoki boj idtifokiga misoldir).
To‘lov ittifoqi. Bu milliy valyutalarning o‘zaro erkin almashinuvi va xisob-kitobda yagona pul birligining amal qilishini ta'minlaydi. yevropa xamjamiyati, Janubiy-sharkiy Osiyo va MDX mamlakatlari uchun to‘lov ittifoki pirovard maqsaddir.
Umumiy bozor. Bu iqtisodiy integratsiyaning murakkab shakli bo‘lib, uning katnashchilariga erkin o‘zaro savdo va yagona tashki savdo ta'rifi bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin xarakati xamda o‘zaro kelishilgan iqtisodiy siyosat ta'minlanadi. Masalan: Umumiy bozor yoki yevropa iqtisodiy ittifoki. Uning doirasida barcha boj to‘lovlari import kvotalari (me'yorlar) bekor qilinadi, boshqa mamlakatlardan yevropa bozoriga tovarlar kirishi bir xil tartibga solinadi, pul mablaglari va ishchi kuchining chegaradan erkin utishi ta'minlanadi, xamda umumiy muammolarni xal etishda yagona siyosat o’tkaziladi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi. Bu davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli xisoblanadi.
Bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chikilgan shakllari umumiy iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat utkazish bilan birga uygunlashadi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonining obektiv xususiyatdagi bir kator omillar takozo qiladi:
Xalqaro iqtisodiy integratsiya. unda ishtirok etuvchi xar bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti o‘chun kulay sharoit xozirlaydi. Xozirda jaxon xo‘jaligiga globalizatsiya, ya'ni globallashuv xam xos.
Globalizatsiya — bu iqtisodiyotning umumbashariy tus olishi, xar bir mamlakat milliy xo‘jaligining jaxon iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar ta'siriga berilishidir.
Globalizatsiya integratsiya jarayonida o‘zaro birlashmagan mamlakatlarda xam yuz beradi. Buning natijasida ish kuchi, kapital, investitsiya, yangi texnologiya va nixoyat yangicha iqtisodiy goyalarning dunyo bo‘yicha tezda tarkalishi, iqtisodiyot rivojlanib, farovonlikning oshishi, yer yuzida kambag‘allar sonining qisqarishi yuz beradi.
Globalizatsiya investitsiyalarni eng yuqori samara beradigan mamlakatlarga okib borishiga olib keladi. Natijada dunyodagi iqtisodiy usish tezlashadi, glbalizatsiya jaxon iqtisodiyoti uchun katta naf keltiradi (lekin kator muammolarni xam keltirib chiqaradi).