Mavzu: javobgarlik va ma'suliyat markazlari bo'yicha boshqaruv hisobini tashkil qilish



Yüklə 331,63 Kb.
səhifə1/6
tarix02.06.2023
ölçüsü331,63 Kb.
#121929
  1   2   3   4   5   6
Javobgarlik va ma\'suliyat markazlari bo\'yicha boshqaruv hisobini-hozir.org

MAVZU: JAVOBGARLIK VA MA'SULIYAT MARKAZLARI BO'YICHA BOSHQARUV HISOBINI TASHKIL QILISH



Reja:
Kirish
1. Javobgarlik markazlarining turlari
2. Ma'suliyat markazlari faoliyatini moliyaviy baholash me'zoni
3. Ma'suliyat markazlari faoliyatini baholashda nomoliyaviy me'zonlar
4. Javobgarlik markazlari bo'yicha xarajatlar hisobini tashkil etish
5. Javobgarlik markazlari bo'yicha daromad va xarajatlarni aniqlash
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Javobgarlik markazlari tomonidan buxgalteriya hisobi va tahlili - bu byudjet (rejalashtirish) jarayonining mustaqil ob'ekti bo'lgan va bajarilishi uchun javobgar bo'lgan har bir bo'linma (javobgarlik markazi) bo'yicha erishilgan natijalarning rejalashtirilganiga muvofiqligini o'lchaydigan (baholaydigan) tizim.
Korxonaning kelgusi byudjet davri uchun jamlanma rejasini (byudjetini) rivojlantirish jarayonida markaziy boshqaruv tomonidan belgilanadigan byudjet ko'rsatkichlari ro'yxati. Javobgarlik markazi sifatidagi maqomini haqiqatda belgilab beruvchi bo'linmaga vakolatlarni topshirishning aniqlanishi tufayli rejalashtirilgan ko'rsatkichlardan har qanday og'ishlar nafaqat sodir bo'lgan joyda, balki mas'ul shaxs (bo'lim) tomonidan ham qayd etiladi.
Javobgarlik markazlari tomonidan buxgalteriya hisobi va tahlili kontseptsiyasi korxonaning turli bo'linmalariga turli maqsadli funktsiyalarni qo'llashni, korxonaning iqtisodiy faoliyatida ushbu birliklarni eng samarali rag'batlantirish. Darhaqiqat, korxonada moddiy rag'batlantirishning samarali tizimi javobgarlik markazlarini hisobga olish tufayli mumkin bo'ladi, bu sizga turli bo'limlarning korxonaning yakuniy moliyaviy natijalarini o'zgartirishga qo'shgan hissasini miqdoriy jihatdan solishtirish va baholash imkonini beradi.
1.Javobgarlik markazlari turlari
Javobgarlik markazlari – xo‘jalik yurituvchi subyektning har bir alohida olingan bo‘g‘inlari (bo‘lim, uchastka, tsex, texnolagik liniya va shu kabilar) bo‘yicha boshliqlarining (menejerlarining) shaxsiy mas’uliyatlarini va javobgarligini belgilab berish tushuniladi
Rivojlangan bozor munosabatlari shakllangan mamlakatlar amaliyotida
javobgarlik markazlarining quyidagi 4 ta turi alohida ajratib ko‘rsatiladi:
1. Xarajatlar markazi.
2. Tushum markazi (Sotish markazi).
3. Foyda markazi.
4. Investitsiya markazi.
Xarajatlar markazi – alohida javobgarlik markazi hisoblanadi va uning rahbari o‘zi mas’ul bo‘lgan bo‘g‘inda xarajatlarning maqsadli sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatadi, shunga muvofiq ro‘y beradigan og‘ish (chetlanishlar) uchun javobgar sanaladi. Xarajatlarni javobgarlik markazlari bo‘yicha hisobga olishda ularni ikki guruhga bo‘lishadi: me’yorlashtirilgan (normativ) xarajatlar hamda diskresion xarajatlar. Normativ xarajatlar orqali markaz faoliyatini oldindan belgilangan me’yoriy xarajatlar yordamida nazorat qilish mumkin va bu deyarlik ortiqcha qiyinchiliklar tug‘dirmaydi. Hisobot davrida vujudga kelayotgan me’yordan chetlanishlar tezkor tarzda aniqlanib tegishli o‘zgartirishlar, ya’ni tuzatishlar kiritib boriladi.
Diskresion xarajatlar markazi bo‘yicha sarflar hamda chiqimlarni hisobga olish esa boshqa tartibda amalga oshiriladi. Bunday xarajatlar bilan faoliyat yakunida erishiladigan natija o‘rtasida bevosita bog‘liqlikni kuzatish juda qiyin va shunga yarasha ularni hisobga olishda bir tomonlama yondashib bo‘lmaydi. Odatda, barcha holatlarda xarajatlar miqdorini oshirib yubormaslik, uni imkon qadar qisqartirish juda ijobiy holat deb e’tirof etiladi. Lekin, aynan hozir biz ko‘rayotgan diskresion xarajatlar misolida emas. Chunki, bu holatda xarajatlar smetasi bo‘yicha oldindan belgilab berilgan sarf va chiqimlar miqdorini haqiqatda bajarilgan miqdori bilan taqqoslab, bir tomonlama xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
Tushum markazi – bu javobgarlik markazining bir turi bo‘lib, uning rahbari (menejeri) mahsulotlarni sotishdan olgan tushumlari natijasi uchun javobgar hisoblanishadi. Shuning uchun tushum markazi rahbari uchun tovarlarni sotishdan olinadigan tushum va bevosita uni belgilovchi ko‘rsatkichlar, ya’ni sotish hajmi va tovarga qo‘yiladigan baho asosiy nazorat qilinadigan ko‘rsatkich hisoblanadi. Bunday markazlarga xo‘jalik yurituvchi subyektlarning turli xil hududlarda ochgan sotuv bo‘limlarini (dilerlik, distribyutorlik xizmatlari) kiritish mumkin.
Investitsiya markazi – bu javobgarlik markazining bir turi bo‘lib, uning rahbari nafaqat daromadlar va xarajatlarga, balki kapital quyilmalarga yo‘naltirilgan investitsiyalarga ham javob beradigan bo‘limdir. Amaliyotda, sof foydasini investitsiya qilish vakolatiga ega bo‘lgan ana shunday markazlarning maqsadi foyda olish hamda sarflangan mablag‘larining rentabelligini ta’minlash, investitsiyalarning daromadli bo‘lishini va pirovard natijada xususiy kapital miqdorini o‘stirishdan iborat bo‘lmog‘i darkor.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish borasidagi vakolatlari bo‘yicha xarajatlar markazi rahbarining ham, tushum markazi rahbarining ham imkoniyatlari cheklangan. Xarajatlar markazi rahbari aynan o‘z bo‘limidagi xarajatlarning sarfi uchun javob beradi, yakuniy natijaning shakllanishi va uning taqsimotini esa boshqalar amalga oshiradi. Xuddi shuningdek, tushum markazi rahbari sotuv hajmi uchun javob beradi, lekin, ishlab chiqarish jarayoniga yoki ishlab chiqarilgan mahsulotning sotuv bahosini belgilashga aralasha olmaydi. Mabodo, ana shu jarayonlarning bir nechtasi birlashtirilsa, ya’ni mahsulotni ishlab chiqarish hamda bevosita uni haridorlarga sotish birlashtirilsa, shunday tarzda tashkil qilingan markazning mahsulot sotishdan kutilayotgan oxirgi moliyaviy natija uchun motivatsiyasi kuchayadi. Bunday markaz rahbarlari mahsulotni ishlab chqarishdan oldin u qancha bahoga ketishi mumkin, bozorda unga talab qay yo‘sinda tashkil topgan, bahoni qay darajada belgilagan ma’qul va sotuvdan tushgan tushum miqdori ma’qulmi-yo‘qmi, degan savollarning barchasini oldindan puxta tarzda o‘ylab, keyin ishlarini rejalashtiradi. Shu tarzda tashkil qilingan hamda rahbarlari ham ishlab chiqarish xarajatlari hamda sotish hajmi uchun bevosita javobgarligi belgilagan markaz turi - foyda markazi, deb hisobga olinadi.

Content
Demak, foyda markazi rahbari xarajatlar va foyda uchunjavob beradi. Foyda markazida rahbar daromad uchun, shuningdek, xarajatlar miqdori uchun javob beradi – shulardan kelib chiqib, sotish hajmini, bahoni, xarajat kabi ko‘rsatkichlarni nazorat qiladi. Foyda markazi, o‘z navbatida, bir nechta xarajatlar markazidan tashkil topishi mumkin. Foyda markazini moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, shuningdek rajalashtirilgan foyda olish byudjeti ko‘rsatkichlari yordamida boshqarish mumkin

Yüklə 331,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin