Transport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga 1 oygacha muddatga kirib kelayotgan bir avtotransport vositasidan undiriladigan sug‘urta tarif stavkalari[3]
t/r
Transport
turlari
Sug‘urta javobgarligi hajmiga nisbatan sug‘urta tarif stavkalari (foizlarda)
3000 AQSh dollari (Tojikiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi)
Transport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga 1 oygacha muddatga kirib kelayotgan bir avtotransport vositasidan undiriladigan sug‘urta tarif stavkalari yuqoridagi jadvalda o‘z aksini topgan.
Tojikiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi avtotransporti uchun sug‘urta summalari miqdorlari:
- 1000 AQSh dollari mol-mulkka yetkazilgan zararni qoplash uchun;
- 2000 AQSh dollari o‘limga olib kelgan zararni qoplash uchun.
Horijiy transport vositasi haydovchisi tomonidan uchinchi shaxsga yetkazilgan zararning sug‘urtalovchi tomonidan to‘lanishini nazarda tutuvchi voqea yoki tasodif sug‘urta hodisasi hisoblanadi.
Ularga quyidagilar kiradi.
- Fuqarolarning sog‘ligiga, hayotiga zarar yetkazilishi;
- transport vositasining, shuningdek mol-mulkning shikastlanishi, nobud bo‘lishi.
Zarar miqdoriga shikastlangan transport vositasini eng yaqin joydagi texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasigacha yetkazish va uni tuzatish xarajatlari ham kiritiladi.
Sug‘urta qoplamasi, agar yo‘l-transport hodisasi yoki baxtsiz voqea oqibatida:
- jabrlanuvchi mayib bo‘lsa yoki uning sog‘ligiga boshqa shikast yetkazilsa;
- jabrlanuvchi vafot etsa;
- uchinchi shaxslarning mol-mulki nobud bo‘lsa, yo‘q qilinsa yoki shikastlansa sug‘urtalovchi tomonidan to‘lanadi.[4] Transport vositasining harakatlanishi natijasida yetkazilgan zararlarga, shuningdek:
- transport vositasiga yo‘lovchilar chiqarish yoki tushirish paytida;
- transport vositasi yo‘lda to‘xtab turgan yoki tuzatilayotgan vaqtda kelib chiqqan zararlar ham kiritiladi.