Mavzu: Javobgarlikni sug`urta qilish. Reja



Yüklə 41,01 Kb.
səhifə5/6
tarix03.03.2023
ölçüsü41,01 Kb.
#86473
1   2   3   4   5   6
javobgarlikni sug`urtalash

Sug‘urtalovchi:
- aybdor shaxsning transport vositasida bo‘lgan yukka;
- yo‘l-transport hodisasi natijasida atrof-muhitga;
- yong‘in kelib chiqishi tufayli o‘rmonlarga, daraxtzorlarga va bog‘larga yetkazilgan zarar uchun;
- naqd pul, qimmatli qog‘ozlar, har qanday turdagi hujjatlar, shuningdek, filatelistik, numizmatik va boshqa kolleksiyalar va boyliklar yo‘qolganligi uchun javob bermaydi.
Agar jabrlanuvchi tomonidan qasddan jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, sug‘urta tovoni to‘lanmaydi. Zarar miqdori sud orqali aniqlanadi.
Shaxsga yetkazilgan zarar uchun sug‘urta summasi jabrlanuvchiga, unga boshqa sug‘urta shartnomalari bo‘yicha to‘lanadigan summalardan qatiy nazar, to‘lanadi.
Jabrlanuvchining sog‘ligiga yetkazilgan zarar uchun tovon miqdori davolash-profilaktika muassasasining tegishli hujjatida ko‘rsatib o‘tilgan zarar darajasiga qarab yoki vafot etganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma asosida belgilanadi.
Salomatlikka yetkazilgan zarar uchun tovon sug‘urta summasiga mutanosib ravishda, biroq uning jami miqdorining 60 foizidan (vafot etgan taqdirda) ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi.
Uchinchi shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazilganligi yoki nobud bo‘lganligi uchun sug‘urta qoplamasi sug‘urta summasiga mutanosib ravishda, biroq uning jami miqdorining 40 foizidan (mol-mulk to‘liq nobud bo‘lgan taqdirda) ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi.
Mol-mulkka yetkazilgan zarar uchun yoki jabrlanuvchilarning sog‘ligiga ziyon yetkazganlik uchun sug‘urta to‘lovi har bir aniq, sug‘urta hodisasi bo‘yicha bir vaqtda to‘lanadi.
Sug‘urta qoplamasini sug‘urtalovchi barcha zarur hujjatlar olingandan so‘ng 72 soat mobaynida to‘laydi. Sug‘urta qoplamasini to‘lash sug‘urtalovchining aybi bilan kechiktirilsa, u har bir kechikkan kun uchun hisoblab chiqilgan sug‘urta tovoni summasining 0,5 foizi miqdorida penya to‘laydi.
Yo‘l-transport hodisasi (baxtsiz hodisa) ro‘y bergan taqdirda sug‘urtalanuvchi:
- yo‘l-transport hodisasi (baxtsiz hodisa) yuz bergan joyda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida tegishli choralar ko‘rishga, voqea oqibatlarini yengillashtirish, shuningdek, mol-mulkning saqlanishini ta’minlash choralarini ko‘rishga;
- imkoni boricha zararning ko‘payishini bartaraf etishga;
- jabr ko‘rgan shaxslarga fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasini tuzgan sug‘urtalovchi to‘g‘risida zarur ma’lumotlar berishga;
- voqea ro‘y bergan joydagi sug‘urtalovchini darhol xabardor qilishga yoki voqea ro‘y bergandan keyingi ish kunidan kechiktirmay sug‘urtalovchiga zarur axborot va tushuntirish xati taqdim etishga majburdir.
Transport vositasi egasi, haydovchi yoki da’vo qiluvchi shaxs sug‘urta tashkilotiga yo‘l-transport hodisasi (baxtsiz hodisa)ga taalluqli mavjud dalillarni taqdim etishi hamda sug‘urtalovchining yuz bergan voqea tafsilotlarini va yetkazilgan zarar miqdorini aniqlanishini ta’minlashi, shuningdek, sug‘urtalovchi tomonidan yo‘l-transport hodisasi (baxtsiz hodisa) aybdorlariga qarshi da’volarni tekshirishda yordam ko‘rsatishi shart.
Yo‘l-transport hodisasi (baxtsiz hodisa) to‘g‘risida xabar olingandan so‘ng sug‘urtalovchi zarar miqdorini, hodisaning haqiqiy holatlarini aniqlash maqsadida harakat qiladi hamda sug‘urta dalolatnomasini va manfaatdor shaxslar ishtirokida belgilangan namunadagi hisob-kitob smetasini tuzadi.
Sug‘urtalovchi transport vositasi egasini va da’vo qiluvchi shaxsni
to‘lanadigan zarar miqdorini aniqlash uchun qanday hujjatlar taqdim etish zarurligi haqida xabardor qiladi.
Jabrlanuvchi yoki uning topshirig‘iga ko‘ra vakolatli shaxs transport vositasi tomonidan yetkazilgan zarar to‘g‘risida sug‘urtalovchini xabardor qiladi.
Agar zarar noma’lum transport vositasi to­monidan yetkazilgan bo‘lsa, u holda jabrlanuvchi militsiyaga yoki DANga, sug‘urtalovchiga darhol xabar berishi va zarar noma’lum transport vositasi tomonidan yetkazilganligi to‘g‘risida tergov organlarining xulosasini olishi shart.
Jabrlanuvchi tomonidan ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda cyg‘urtalovchi voqeaning muhim holatlari aniqlanmay qolganligi uchun tovon to‘lashga majbur emas.
Quyidagi haydovchi:
- uchinchi shaxsga zarar yetkazilishini qasddan yuzaga keltirgan;
- transport vositasini alkogolli ichimlik ichish yoki giyohvand modda iste’mol qilish natijasida mast holatda boshqargan va bu bilan sug‘urta voqeasini yuzaga keltirgan;
- transport vositasini boshqarishga ruxsatnomasi bo‘lmagan;
- transport vositasidan uning egasining ra’yiga qarshi foydalangan va ushbu transport vositasi bilan zarar yetkazgan haydovchi to‘langan sug‘urta qoplamasini sug‘urtalovchiga qaytarishga majburdir.
Agar sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchiga zarar yetkazilganligi to‘g‘risida xabar bermasa yoki o‘z vaqtida xabar bermasa, u holda sug‘urtalovchi bunday xabar bermaslik yoki o‘z vaqtida xabar bermaslik oqibatida kelib chikqan qo‘shimcha xarajatlar va sud chiqimlarini qoplash yuzasidan sug‘urtalangan shaxsga nisbatan da’vo qo‘zg‘ashi mumkin.
3. Kasbiy javobgarlikni sug‘urtalash sug‘urtachining sug‘urta ob’ektiga keltirilgan zararni to‘liq yoki qisman qoplash miqdorida sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlarni ko‘zda tutuvchi sug‘urta turlarini ifoda etadi.
Bunda jismoniy shaxsning mulkiy manfaatlari sug‘urta ob’ekti hisoblanadi. Ushbu ob’ektni sug‘urta qilish to‘g‘risida fuqarolik qonunchiligi tomonidan belgilangan tartibda jismoniy shaxsning uchinchi shaxs tomonidan sug‘urtalangan kasbiy faoliyatni amalga oshirish munosabati bilan yetkazilgan zararni qoplash majburiyatlari bilan bog‘liq sug‘urta shartnomasi tuziladi. Kasbiy faoliyatga talablar va uni amalga oshirish tartibi tegishli qonunchilik hamda me’yoriy hujjatlar tomonidan belgilanadi.
Kasbiy javobgarlikni sug‘urtalash kasbiy faoliyatni amalga oshirishda uchinchi shaxsga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan turli shaxslar toifalarining mulkiy manfaatlarini sug‘urta qilish turlarini birlashtiradi. Ko‘pincha shifokorlar, notariuslar, baholovchilar, ekspertlar, qo‘riqchilar, advokatlar va boshqalarning kasbiy javobgarligi sug‘urta qilinadi.
Kasbiy javobgarlikni sug‘urtalashda boshqa sug‘urta turlaridan farqli ularoq sug‘urta holatining boshlanishi tashqi omillarga (tabiiy ofatlar va kesin o‘zgarishlar, uchinchi shaxs harakatlari va hokazolar) emas, balki muayyan kasbiy faoliyatni amalga oshiradigan shaxs malakasiga bog‘liq. Sug‘urtachi sug‘urta shartnomasi tuzganidan so‘ng kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxs ehtiyotkorlik bilan ish tutishi va kasbiy ko‘nikmalarni namoyon etishi lozim.
Ko‘pchilik holatlarda sug‘urta holatining boshlanishi sudning mutaxassisning mijozga moddiy zarar yetkazganligi va uning miqdori uchun mulkiy javobgarligini belgilovchi qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin tan olinadi. Bundan tashqari, sug‘urtachining uchinchi shaxsga e’tirozlarni sudgacha hal etishda yetkazgan zarari uchun javobgarligining belgilanishi ham faqat sug‘urtachi tomonidan yetkazilgan zarar aniq isbotlanganda sug‘urta holati sifatida tan olinishi mumkin. Bunda sug‘urta shartnomasida sug‘urtachi javobgarligining paydo bo‘lishi asosli ekanligini tan olish va zararni qoplash miqdorini aniqlash sug‘urtachi yoki vakolatli vakili ishtirokida amalga oshirilishi kelishib olinadi.
Kasbiy javobgarlikni sug‘urtalashning har bir turi ma’lum bir kasbning o‘ziga xos xususiyatlari bilan asoslangan o‘z xususiyatlariga ega. Har bir ma’lum kasbning o‘ziga xos xususiyatlari kasbiy javobgarlikni sug‘urtalash shartnomasini tuzishda hisobga olinadi. Bu borada sug‘urtachining o‘z kasbiy majburiyatlarini bajarishga vijdonan, mulohaza bilan va asosli yondoshuvi kasbiy javobgarlikni sug‘urtalashda umumiy prinsip sanaladi. Aks holda sug‘urtachi sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha o‘z javobgarligidan ozod etilishi mumkin.
Хorijiy amaliyotda kasbiy javobgarlikni sug‘urtalashning ayrim turlari majburiy asosda amalga oshiriladi, ya’ni yuridik yoki jismoniy shaxslar (masalan, shifokorlar, rielterlar, baholovchilar, notariuslar va boshqalar) kasbiy javobgarlikni sug‘urtalash polisisiz ma’lum bir kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega emas.
Bu borada sug‘urtalanuvchi - kasbiy faoliyatni amalga oshiradigan yuridik yoki jismoniy shaxs, sug‘urtachi - sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etilgan va belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan hamda korxonaning kasbiy javobgarlikni sug‘urtalash huquqini beruvchi litsenziyaga ega yuridik shaxs sug‘urta huquqiy munosabat sub’ekti hisoblanadi. Ushbu sug‘urta sub’ektlari sug‘urta majburiyatlarining asosiy tomonlari, ya’ni sug‘urta shartnomasi tomonlaridir. Bundan tashqari, jabr ko‘rgan shaxs (sug‘urta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan) ham kasbiy javobgarlikni sug‘urtalash sub’ektlari sirasiga kiradi. Odatda, jabr ko‘rgan shaxs, agarda sug‘urta shartnomasida boshqa narsa ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, yetkazilgan zarar miqdorida sug‘urta to‘lovi olishga haqqi bor.
Kasbiy javobgarlikni sug‘urtalash shartnomasini tuzishda jabr ko‘rganlar (foyda oluvchilar) sug‘urtalanuvchiga ham sug‘urtachiga ma’lum qilinmaydi. Ushbu holatda sug‘urta shartnomasida bu shartnoma kimning foydasiga tuzilganligi aytilmagan yoki u sug‘urta qiluvchi yoxud boshqa shaxs foydasiga tuzilgan bo‘lsada, sug‘urta to‘lovi olish huquqiga foyda oluvchi faqatgina sug‘urta qiluvchi uning oldida javobgar bo‘lgan shaxsgina (yoki uning merosxo‘ri) hisoblanadi.
Kasbiy javobgarlikni sug‘urtalash shartnomasi shartlarida sug‘urtachining sug‘urtalanuvchi yoki uning xodimi vakolatiga nisbatan kafolatlari ko‘zda tutilmagan.
Sug‘urtachi uchinchi shaxsga sug‘urtalanuvchi tomonidan qonunuiy va me’yoriy hujjatlar buzilishi, sug‘urtalanuvchining atayin harakatlari natijasida zarar yetkazilsa sug‘urtalanuvchi majburiyatlari bo‘yicha javobgar hisoblanmaydi. Sug‘urtalanuvchining harakatlaridagi niyatni isbotlash sug‘urtachi zimmasiga yuklatiladi. Sug‘urtalanuvchining niyati sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, hukmi bilan aniqlanadi. Agarda sug‘urtalanuvchiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, sug‘urta mukofoti to‘g‘risidagi masala sud qarori va hukmigacha to‘xtatiladi.
2015 yil 26 mayda O’zbekiston Respublikasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburuiy sugurta qilish to’g’risida”gi 
Yüklə 41,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin