Mavzu: Jaxon moliyaviy iqtisodiy inqirozi jarayonlarning O`zbekistonda namoyon bo`lish xususiyatlari va uni bartaraf etish yo`llari



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə2/7
tarix12.05.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#57669
1   2   3   4   5   6   7
iqtisodiy inqiroz

Kurs ishining maqsadida biz inqirozni umumiy tushunchamiz xaqida to`xlalib o`tamiz.

Bu atama yunon tilidan "keskin o'tish", "global o'zgarish", "har qanday jarayonning jiddiy holati" deb tarjima qilingan. Umumiy holda, inqiroz har qanday tizimning muvozanati va ayni paytda yangi sifatga o'tishdir.

Hamma azoblari bilan inqiroz foydali vazifalarni bajaradi. Tirik organizmga zarar etkazgan og'ir kasallikka qaramasdan, to'plangan yashirin ziddiyatlar, muammolar va regressiv elementlar oila, jamiyat yoki uning alohida qismi bo'lmish ichki rivojlanish tizimini buzadi.

Shu sababli, inqirozlar muqarrar bo'lib, ularsiz oldinga siljish mumkin emas. Va ularning har biri uch muhim vazifani bajaradi:



  • tugatilgan tizimning eskirgan elementlarini yo'q qilish yoki jiddiy ravishda o'zgartirish;

  •   sog'lom qismlarni mustahkamlash;

  • yangi tizim elementlarini yaratish yo'lini tozalash.

O'z dinamikasida inqiroz bir necha bosqichdan iborat. Yashirin (maxfiy), unda old sharoitlar pishiradi, ammo hozirgacha ular tashqariga chiqmaydi. Daromad davri, qarama-qarshiliklarning tezda kuchayishi, tizimning barcha ko'rsatkichlarining tez va jiddiy yomonlashishi. Va yumshatish bosqichi, depressiya fazasiga o'tish va vaqtinchalik muvozanat. Barcha uch davrning davomiyligi o'zgaradi, inqirozning natijasi oldindan hisoblanmaydi.



  1. O`zbekiston iqtisodiyotida inqirozlarning nomoyon bo`lishidagi o`ziga xoslik

Jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo‘lgan omillar.

Bugungi kunning eng dolzarb muammosi — bu 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlashdan iborat.

Avvalo, jahon moliyaviy inqirozi haqida.

Bu inqiroz Amerika Qo‘shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi. So‘ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarning bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o‘z navbatida, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.

Hozirgi vaqtda bir qator yetakchi tahlil va ekspertlik markazlari global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlariga doir materiallarni o‘rganish va umumlashtirish natijasida quyidagi xulosalarga kelmoqda.

Birinchidan, moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun dunyoni qamrab olayotgani, retsessiya va iqtisodiy pasayishning muqarrarligi, investitsiyaviy faollik ko‘lamining cheklanishi, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi, shuningdek, jahonning ko‘plab mamlakatlariga ta’sir ko‘rsatadigan jiddiy ijtimoiy talafotlar sodir bo‘lishi mumkinligi o‘z tasdig‘ini topmoqda.

Ikkinchidan, avj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz jahon moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va ushbu tizimni tubdan isloh qilish zarurligini ko‘rsatdi. Ayni vaqtda bu inqiroz asosan o‘z korporativ manfaatlarini ko‘zlab ish yuritib kelgan, kredit va qimmatbaho qog‘ozlar bozorlarida turli spekulyativ amaliyotlarga berilib ketgan banklar faoliyati ustidan yetarli darajada nazorat yo‘qligini ham tasdiqladi.
Uchinchidan, moliyaviy-iqtisodiy inqirozning har qaysi davlatdagi miqyosi, ko‘lami va oqibatlari qanday bo‘lishi ko‘p jihatdan bir qancha omillardan kelib chiqadi. Ya’ni, bu avvalo, ana shu davlatning moliya-valyuta tizimi nechog‘liq mustahkam ekaniga, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi (to‘lov imkoniga), ularning chet el va korporativ bank tuzilmalariga qanchalik qaram ekaniga, shuningdek, oltin-valyuta zaxirasining hajmi, xorijiy kreditlarni qaytarish qobiliyati va pirovard natijada — mamlakat iqtisodiyotining barqarorlik, diversifikatsiya va raqobatga bardoshlik darajasiga bog‘liq.

To‘rtinchidan, jahon moliyaviy inqirozidan imkon qadar tez chiqish, uning oqibatlarini yengillashtirish ko‘p jihatdan har qaysi davlat doirasida va umuman, dunyo hamjamiyati miqyosida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning qanchalik samaradorligiga, ularning bir-biri bilan uyg‘unligiga bog‘liq.

Jahon moliyaviy inqirozining har bir mamlakatga ta’siri, undan ko‘riladigan zararning darajasi va ko‘lami birinchi navbatda shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘liq barqaror va ishonchli ekaniga, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchli ekaniga bog‘liqligini isbotlashga hojat yo‘q, deb o‘ylayman.

O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va modernizatsiya modeli orqali biz o‘z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo‘yar ekanmiz, eng avvalo, "shok terapiyasi" deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi tartibga soladi, degan o‘ta jo‘n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik.

Ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan boshqaruvning bozor tizimiga o‘tish jarayonida tadrijiy yondashuvni, "Yangi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang" degan hayotiy tamoyilga tayangan holda, islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lini tanladik.

Eng muhimi, parokandalik va boshboshdoqlik ta’siriga tushib qolmaslik uchun o‘tish davrida aynan davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi zarurligini biz o‘zimizga aniq belgilab oldik.


Mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqozo etgan holatlarda va keskin vaziyatlardan chiqish, ular tug‘diradigan muammolarni hal etish zarur bo‘lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo‘llandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda o‘zini to‘la oqladi.

Shu o‘rinda O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganini va zarur resurslar bazasi mavjud ekanini ta’kidlash joiz.

Ayrim misollarga to‘xtalib o‘tsam.

Hech kimga sir emaski, bugun keng ko‘lamda tarqalib borayotgan jahon moliyaviy inqirozining asosiy sabablaridan biri — bu banklar likvidligi, ya’ni to‘lov qobiliyatining zaifligi bilan bog‘liq muammoning keskinlashuvi, kredit bozoridagi tanglik, sodda qilib aytganda, pul mablag‘larining yetishmasligi bilan izohlanadi.

Mamlakatimizda esa birgina tijorat banklarining aktivlari miqdori, "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq shakllangan zaxiralarni hisobga olgan holda, 13 trillion 360 milliard so‘mdan oshadi. Bu aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning jalb qilingan depozitlari hajmidan taxminan 2,4 barobar ko‘p demakdir.

Bank aktivlari hajmining sezilarli darajada oshganini hisobga olib, bugungi kunda respublikamizda aholining banklardagi barcha depozitlarini davlat tomonidan yuz foiz kafolatlash ta’minlanmoqda.

Shu borada 2006 yilda tashkil etilgan "Mikrokreditbank"ning faoliyati xususida alohida to‘xtalish joiz. Mamlakatimiz hududlarida 78 ta filiali va 270 dan ziyod minibanki faoliyat ko‘rsatayotgan mazkur bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tarmog‘ini kreditlar bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.

2007—2008 yillar davomida ushbu bank aktivlari miqdori 3,5 barobar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash hajmi 4 barobarga oshdi va bu maqsadlarga 150 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.


Birinchi Prezident farmoni asosida "Mikrokreditbank" ustav jamg‘armasini 72 milliard so‘mga oshirish va uning hajmini 150 milliard so‘mga yetkazish haqida qaror qabul qilindi.

Yana bir masala — tashqi qarz va uni uzish muammolari bilan bog‘liq.

Shuni aytish kerakki, ko‘plab davlatlarning tashqi qarz masalasidagi puxta o‘ylanmagan siyosati ularning iqtisodiyotini zaif, tashqi omillarga qaram, xatarli vaziyatlar oldida himoyasiz va nochor ahvolga solib qo‘yganini ko‘rish, kuzatish qiyin emas.

O‘zbekiston o‘zining mustaqil taraqqiyoti davrida qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha jalb etish tamoyiliga doimo amal qilib kelmoqda.

Shuni ham qayd etishni istardimki, qarzni o‘z vaqtida qaytara olishga qat’iy ishonchimiz va kafolatimiz bo‘lmagan paytlarda muayyan loyihalarni kreditlash bo‘yicha ayrim takliflardan voz kechgan holatlarimiz ham bo‘ldi.

Tijorat banklarimizning tashqi majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarining holati va hajmi masalasi bo‘yicha so‘z yuritganda hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q. Bu ham respublikamiz bank tizimi jahon moliyaviy inqirozining salbiy ta’siri va oqibatlaridan ishonchli tarzda himoyalanganini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston o‘zining ishonchli va to‘lov qobiliyatiga ega hamkor ekanini, mamlakatimizda chet el sarmoyasini jalb etish bo‘yicha har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratilganini amalda isbotlamoqda.

2007—2008 yillar davomida o‘zlashtirilgan chet el investitsiyalari hajmi 2,5 barobardan ko‘proq oshganining o‘zi ham buni tasdiqlab turibdi.

Umuman, 2009 yilda mamlakat iqtisodiyotiga kiritiladigan xorijiy va ichki investitsiyalarni hisobga olganda, kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining kamida 25 foizini tashkil etadi.

Aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o‘sishining oldini olishga doir chora-tadbirlar ham izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu esa el-yurtimizning farovonligini yuksaltirish, aholining xarid qobiliyatini oshirishni ko‘zda tutadigan eng muhim ustuvor maqsadlarimizga to‘la mos keladi.

Tabiiyki, yuqorida keltirilgan misol va raqamlardan tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko‘rsatmaydi, bizni chetlab o‘tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o‘ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo‘lmas xato bo‘lur edi.

Barchamiz bir haqiqatni anglab yetishimiz lozim — O‘zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.

Buning tasdig‘ini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar ko‘magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha dasturlarning amalga oshirilayotganida, O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvida, mahsulot va tovarlar importi va eksportining o‘sib borishida va boshqa misollarda yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

Shu bois global moliyaviy inqiroz va birinchi navbatda uning oqibatlari iqtisodiyotimizning rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta’sir etayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi.

Jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O‘zbekiston eksport qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar va investorlarning eksportdan oladigan tushumlari kamayishiga olib keladi. Ularning foyda ko‘rishiga va ishlab chiqarish rentabelligiga, oxir-oqibatda esa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarimizning o‘sish sur’atlari va iqtisodiyotimizning boshqa tomonlariga salbiy ta’sir etadi.

Shubha yo‘q, jahon moliyaviy inqirozining ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun bizda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Avvalambor keyingi davr mobaynida mamlakatimizning iqtisodiy va moliyaviy salohiyatining puxta poydevorini, moliya-bank tizimining ishonchli boshqaruv mexanizmlarini o‘z vaqtida shakllantirib va mustahkamlab olganimiz bunga kafolat va asos bo‘lib xizmat qilishi muqarrar.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining yaqinda qabul qilingan farmoni bilan jahon moliya inqirozining oqibatlariga qarshi kurash yo‘lida bank va moliya tuzilmalariga qo‘shimcha yordam berish, iqtisodiyotning real sektori korxona va kompaniyalarining faolligini kuchaytirish va rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishga solish ko‘zda tutilgan.

Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda global inqirozning oqibatlarini, bugungi va ertangi kutiladigan ta’sirini hisobga olgan holda, qat’iy, har tomonlama o‘ylangan keng ko‘lamli loyihalar bugun amalga oshirilmoqda.

Albatta, mamlakatimizda bunday chora-tadbirlar tatbiq qilinishi bilan bir qatorda bu jiddiy sinovni yengish, hech shubhasiz, ko‘p jihatdan hammamizdan avvalo mas’uliyatimizni teran his qilishni, barcha imkoniyat va resurslarimizni ishga solishni talab qiladi.

Bank tizimini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish — O‘zbekiston uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo‘lidir

Iqtisodiyotimizning jahon xo‘jalik va moliyaviy-iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuv jarayoni tobora chuqurlashib borayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, jahon moliyaviy inqirozi, avvalo uning oqibatlari bizga ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida gapirib o‘tirishning hech qanday zarurati bo‘lmasa kerak, deb o‘ylayman.

Yana takror aytishga to‘g‘ri keladi — bunday ta’sir, avvalambor, umuman dunyo bozoridagi talab va narxlarning keskin tushib ketishida va tabiiyki, mamlakatimiz eksport qiladigan mahsulotlarning muhim turlariga nisbatan hamda eksportga yo‘naltirilgan yetakchi tarmoqlar va ular bilan bog‘liq turdosh korxonalar faoliyatida namoyon bo‘lmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, butun iqtisodiyotimizning mutanosib va samarali rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, ko‘zda tutilgan loyihalarni amalga oshirish, o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishish yo‘lida ko‘plab muammolarni tug‘dirmoqda. Muxtasar aytganda, 2008 yil biz uchun, birinchi navbatda mamlakatimiz mehnatkashlari uchun g‘oyat murakkab va og‘ir bo‘ldi.

Lekin, yuzaga kelgan barcha muammo va qiyinchiliklarga qaramay, xalqimizning fidokorona mehnati va amalga oshirilgan tadbirlar evaziga 2008 yilda iqtisodiyotimizning nafaqat barqaror faoliyat ko‘rsatishiga, balki uning yuqori o‘sish sur’atlarini izchil ta’minlashga erishdik.

2008 yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 9 foizni, sanoatda 12,7 foizni, jumladan, iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda 17,7 foizni tashkil etdi, xizmat ko‘rsatish hajmi 21,3 foizga o‘sdi.

Iqtisodiyotning boshqa muhim tarmoqlari ham barqaror sur’atlar bilan rivojlandi: qurilish — 8,3 foiz, transportda yuk va yo‘lovchi tashish hajmi — 10,2 foiz, savdo sohasi — 7,2 foizga o‘sdi. Qishloq xo‘jaligida 4,5 foiz o‘sishga erishilib, 3 million 410 ming tonna paxta xom ashyosi tayyorlandi, 6 million 330 ming tonna g‘alla, shu jumladan, 6 million 145 ming tonna bug‘doy yetishtirildi.

Davlat byudjeti ortig‘i bilan bajarildi, ko‘zda tutilgan defitsit o‘rniga yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,5 foiz miqdorida profitsitga erishildi.

Puxta o‘ylangan qat’iy pul-kredit siyosatini izchil olib borish tufayli inflyatsiya ko‘zda tutilgan prognoz ko‘rsatkichlari chegarasida, ya’ni yillik 7,8 foiz darajasida saqlab qolindi.

Shu o‘rinda mamlakatimizda mehnatni rag‘batlantirish, ish haqini ko‘paytirish va aholi daromadlari o‘sishini ta’minlashga qaratilgan siyosatni amalga oshirish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar haqida alohida to‘xtalib o‘tmoqchiman.

2008 yilda o‘rtacha ish haqi byudjet tashkilotlarida 1,5 barobardan ziyod, butun iqtisodiyot bo‘yicha esa 1,4 barobar oshdi. Natijada o‘rtacha ish haqi miqdori 300 AQSH dollaridan ortiq bo‘ldi. Aholining real daromadlari esa yil davomida jon boshiga 23 foiz ko‘paydi.

2009 yilni oladigan bo‘lsak, o‘rtacha ish haqi miqdorini byudjet sohasida — va shunga mos ravishda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda ham — 1,4 barobar oshirish ko‘zda tutilmoqda. Inflyatsiyaning o‘sish ko‘rsatkichini 7—9 foiz darajasida saqlab turish mo‘ljallanmoqda.





  1. Yüklə 0,52 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin