Yassi jilvirlash stanogi Bu stanoklar yassi va tekis fason yuzalarni jilvirlashda qo'l laniladi. Yassi jilvirlash stanoklari charx toshining yon qismi va tub qismi bilan ishlovchilarga bo'linadi. Bu stanoklarning ishlash chizmalari quyidagi rasmda ko'rsatilgan (2 - rasm). Jilvir toshining yon tomoni bilan ishlovchi stanoklar ancha yuqori aniqlik (3-klass) olish imkoniyatini beradi. Ammo ish unumdorligi boshqa usullarga nisbatan pastroqdir. Quyidagi 3724 rusumli yassi jilvirlash stanogining tuzilishi, ishlash printsipi va kinematic chizmasi izoqyaangan. Stanok texnikaviy xarakgeristikasi: jilvirlanuvchi yuzaning eng katta razmerlari, mm; uzunligi — 600; kengligi — 400; balandligi — 600 mm. Jilvir toshining razmerlari: mm da. maksimal — 500; minimali 375; tosh kengligi — 10; jilvirto shining aylanish soni, minutiga — 1430; stolning harakat tezligi, mm/min. — 33; surish kattaligi — 3 mm. Stanokka asosiy harakat (jilvirlash toshining aylanma harakati) alohida elektrodvigateldan uzatiladi. Ishlov berilayotgan zagotovka stanokning stoliga elektromagnit plita yordamida o'rnatiladi va bo'ylama yo'nalishda ilgarilama-qaytma harakat qiladi. Stanok gidrosistemasining chizmasi quyidagi rasmda ko'rsatilgan. Suyuqlik ish unumdorligi 50 m/min, bo'lgan shesternyali nasos yordamida 10-12 kg/sm bosim ostida rezervuar , klapan , drossel orqali reverslash zolotnigi ning chap qismidagg o'yiq-ariqcha orqali kuch silindrikning chap qismiga yuboriladi. Natijada porshen bilan uzviy bog'langan stol, o'ng tomonga harakatlana boshlaydi. Tsilindrning o'ng qismidagi suyuqlik (yog') zolotnikning o'ng tomonidagi o'yiq, boshqarish zolotnigining o'rta kanali trubalar orqali rezervlarga qaytariladi. Stolning o'ng tomonga harakati oxirida unga o'rnatilgan tayanch dastakni buradi, natijada boshqarish zolotnigi unga, esa chap tomonga suryladi. Bu holda suyuqlik nasosdan, zolotnikning o'ng tomonidagi o'yiq orqali zolotnikning o'ng qismiga kira boshlaydi va uni chapga suradi. Zolotnikning chapga surilgan holatiga yog'bosim ostida kuch tsilindrining o'ng tomoniga kira boshlaydi va uni chapga qarab sura boshlaydi. Drossel yordamida reverslash zolotnigi plunjerini harakatlanish tezligini kerakli qiymatda o'zgartirish mumkin. Bu hol stanok stolini asta-sekinlik bilan reverslash imkoniyatini beradi. Stanokni to'xtatish va yurgizish kran orqali amalga oshiriladi.
(2-rasm) 3724 modelli yassi jilvirlash stanogini umumiy korinishi