Mavzu: jins bilan birikkan holda belgilarning irsiylanishi



Yüklə 1,01 Mb.
tarix06.12.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#72662
jins genetikasi

Mavzu:jins bilan birikkan holda belgilarning irsiylanishi

Reja:

  • Jins genetikasi
  • Jins bilan birikkan holda irsiylanish

Jins irsiy axborotning avlodlarga berilishi va nasl qoldirishni ta’minlaydigan hamda erkak va urg’ochi organizmlarni farqlash imkonini beradigan belgi va tuzilmalar majmuyidir.
Tirik organizmlarda ikki xil jins:urg’ochi va erkak jins farq qilinadi. Organik olam evolyutsiyasining ma’lum bosqichida yer yuzida ayrim jinsli organizmlar paydo bo’lgan. Hayvonlarda jinsning belgilari morfologik, fiziologik, biokimyoviy xususiyatlari, murakkab xatti-harakatlari orqali namoyon bo’ladi.
  • Jinsiy belgilar birlamchi va ikkilamchi bo’ladi. Birlamchi jinsiy belgilarni jinsiy organlar sistemasi ifoda etadi, ular gametalar hosil bo’lishi va urug’lanishini ta’minlaydi. Ikkilamchi jinsiy belgilar gormonlar ta’sirida voyaga yetgan davrda rivojlanadi va hayot davomida saqlanadi.
  • Erkak va urg’ochi organizmlarning tasgqi ko’rinishidagi farq jinsiy dimorfizm deyiladi. Jinsiy dimorfizm ko’pgina hayvonlarda, odamda yaqqol ko’zga tashlanadi. Odam, hayvon va o’simliklarda jinslarning nisbati bir xil 1:1 bo’ladi. Jinsni aniqlashda kariotip asosiy rol o’ynaydi.
  • Masalan, qushlar va sutemizuchi hayvonlarning erkagi gavdasining yirikligi, chiroyli bo’lishi, odamlarda esa soqol-mo’ylovining bo’lishi, ovozning yo’g’on bo’lishibilan ajralib turadi.
  • Har bir organizmning kariotipi har ikkala jinsda bir xil bo’lgan xromosomalar- autsomalar, erkak va urg’ochi jinslarni bir-biridan farq qilishini ta’minlaydigan xromosomalar- jinsiy xromosomalardan iborat. Masalan, drozofila pashshasining kariotipi 6ta autosoma va ikkita jinsiy xromosomadan iborat.
  • Kariotipi bir xil jinsiy xromosomalarga ega, bir xil gametalar hosil qiladigan jins gomogametali jins deyiladi. Kariotipi har xil jinsiy xromoromalarga ega, har xil gametalar hosil qiladigan jins deyiladi.
  • Odam, sutemizuvchilar, ayrim hasharotlarning urg’ochilari gomogametali, erkaklari geterogometalari bo’ladi. Qushlar, sudralib yuruvchilar va ayrim hasharotlarda esa aksincha, erkaklari gomogametali, urg’ochisi geterogometali bo’ladi.
  • Meyoz jarayonida geterogometali individlar bir xil miqdorda X va Y xromosomali gametalar hosil qiladi. Shu sababli, jinsiy ko’payishdan so’ng hosil bo’lgan erkak va urg’ochi individlar soni teng bo’ladi.
  • Ba’zi organizmlarda geterogametalilik bir jinsiy xromosomani yo’qolishi bilan aloqador . Shunga ko’ra gomogametali organizm XX, geterogametali organizm XO bo’ladi. Qandalalar va ninachilarning urg’ochi organizmda XX, erkagida XO, kuyakapalagida esa aksincha urg’ochilarida XO, erkaklarida XX jinsiy xromosomalar mavjud. Shunga ko’ra qandala erkagida 13ta xromosoma, urg’ochisida 14ta xromosoma bo’ladi. Undan 12tasi autosoma xromosomalari hisoblanadi.
  • Jinsni aniqlashni progam, epigam, singam tiplari mavjud. Jinsni aniqlashning progam tipida jins urug’languncha ma’lum bo’ladi. Masalan, kolovratkalarda sitoplazmaga boy tuxum hujayradan urg’ochi, sitoplazmasi kam tuxum hujayradan erkak organism rivojlanadi.
  • Jinsni aniqlashning epigam tipida jins tipida jins tashqi muhitga bog’liq bo’ladi. Masalan, ayrim halqali chuvalchanglarning otalangan tuxum hujayrasi mustaqil hayot kechirsa urg’ochi, parazitlik qilib hayot kechirsa erkak organizm rivojlanadi. Jinsni aniqlashning singam tipi keng tarqalgan bo’lib, jins urug’lanish vaqtida ma’lum bo’ladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Tayyorladi: Safarova H.
Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin