Mavzu: Jins hosil qiluvchi minerallar. Reja kirish. Asosiy jins hosil qiluvchi minerallar. Ruda hosil qiluvchi minerallar



Yüklə 22,43 Kb.
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü22,43 Kb.
#168704
1   2   3   4   5
Jins hosil qiluvchi minerallar.

Ruda hosil qiluvchi minerallar.
Galet NaCl – mssasini kristall singoniyasi kub shaklida. Qattiqligi – 2,5 zichligi 2,1-2,2 gG`sm3 shaffof va rangsiz kulrang jilovlanadi, sariq qo’ng’ir va qora rangda; shishasimon yaltiroq, ta'mi tuzdek, suvda eriydi, ulanish tekisligi juda mukammal. Ko’pchilik konlari cho’kindi usulida hosil bo’ladi.
Flyuorit CaF2 – Kristall shakllari, qirralari yaxshi rivojlangan kubik, ayrim xollarda oktaedr singoniyali. Qattiqligi – 4, zichligi - 3,2 gG`sm3 , asosan sariq, yashil, havo rang, siyoxrang, qoramtir siyoxrang tongda ayrim turlari rangsiz. Shishasimon yaltiroq; ulanish tekisligi mukammal. Ko’plab gidrotermal konlari mavjud.
Oksid va gidroksidlar
Gematit Fe2O3 – Kristall shaklining tablitkasimon shakli yaxshi rivojlangan, shuningdek yaxlit mustaxkam slanetssimon massali; qattiqligi - 5,5 – 6,5; zichligi - 4,9 –5,3 gG`sm3; rangi-temirdek qora, chegarasi olchadek qizil; yaltiroqligi-yarim metall; ulanish tekisligi –yo’q; qizil donalaridan onson ajratish mumkin. Oksidlanish sharoitlaridagi turli tipdagi konlar uchraydi. Temir rudasi sifatida ishlatiladi.
Kvarts – SiO2 – ko’p tarqalgan va yaxshi o’rganilgan minerallardan biri. Kristall shakllari cho’zinchoq; prizmatik, kvarts kristall hamda yashirin kristall ko’rinishda uchraydi. Qattiqligi 7, zichligi 2,63 gG`sm3, ranggi xar xil, lekin asosan rangsiz, sutdek oq, kulrang ko’rinishlarda uchraydi. Yaltiroqligi kristallning qirralaridan shishasimon, sinish yuzalarida yog’dek, ulanish tekisligi uchramaydi yoki juda nomukammal. Sinish yuzasi chig’anoqsimon. Kvartsning quyidagi xillari mavjud: tog’ xrustali rangsiz, shaffof; ametist – siyox rang; rauxtopaz – tutunsimon, kulrang yoki qo’ng’ir; morion–qora; sitrin–oltin rang yoki limondek – sariq;
Kvartsning to’rtta yashirin kristalli turlari mavjud:

  1. Xaltsedon

  2. Agatlar va anikslar

  3. Yashmalar

  4. Kremen

Kvarts turli tog’ jinslari tarkibida va kelib chiqish sharoitlari juda ko’p. Kvartslar texnik maksadlarda metallurgiyada shisha va farfor sanoatida issiqlikka chidamli materillar ishlab chiqarishda aniq mexanikada ishlatiladi.

Yüklə 22,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin