2.2. Jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromadlarini soliqqa tortish tartibi Bizga ma’lumki, jismoniy shaxslar yuridik shaxslarga nisbatan son jihatdan ko’pchilikni tashkil etsada, ulardan undiriladigan soliqlar yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlardan bir necha barobar kam. Bu oradagi farqni kamaytirish, ya’ni jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarni davlat byudjetidagi salmog’ini oshirish uchun aynan soliq to’lovchi jismoniy shaxslarni faolligini oshirish, soliq siyosatining tarkibiy qismi sifatida strategik va taktik yo’ldan adashmaslik hamda amaliyotda rejalashtirilgan natijalarga erishishni ta’minlash lozimdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar davlat byudjetining muhim daromad manbai bo’lishi bilan birga millionlab aholi turmush tarziga ta’sir ko’rsatishning muhim dastagi hisoblanadi.
Bugungi kunda bu boradagi xar bir o’zgarish nafaqat iqtisodchi, olim va amaliyotchilar balki keng xalq ommasi tomonidan muhokama qilib kelinmoqda.
Aksariyat hollarda asosiy e’tibor daromadning soliqqa tortiladigan miqdori, ya’ni, soliq yuki masalasiga borib taqalmoqda.
Chunki soliq yuki muayyan mamlakatda mavjud soliq tizimi hamda davlat soliq siyosati mazmunini ifodalovchi asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan soliq yukiga baho berish ancha murakkab, chunki u yuridik shaxs tomonidan to’lanadigan soliqlarni ham o’z ichiga olishi bilan ifodalanadi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan soliq yukiga baho berar ekanmiz, bu o’rinda biz daromad solig’ini etakchi ahamiyat kasb etishini anglashimiz zarur.
Jismoniy shaxslarga xo’jalik mehnat shartnomasi, fuqarolik – huquqiy shartnomalari bo’yicha ish haqi, mukofot va boshqa qator daromadlar to’lovchi korxona, tashkilot, muassasa soliqlarni to’liq, to’g’ri hisoblash va o’z vaqtida byudjetga o’tkazib berish javobgarligini o’z zimmalariga oladilar. Fuqarolarning olgan daromadlari to’g’risida soliq idoralariga, fuqaroga bildirish va ma’lumotnoma yozib berish vazifasi ham yuridik shaxslarga yuklatilgan.
2-jadval