Мавзу: Жисмоний шахсларга бериладиган солиқ имтиёзларини такомиллаштириш йўллари


JISMONIY SHAXSLARNING MULKIY DAROMADLARINI SOLIQQA TORTISHNI TAKOMILLASHTIRISH



Yüklə 337,98 Kb.
səhifə2/21
tarix21.12.2023
ölçüsü337,98 Kb.
#188574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Jismoniy shaxslar

JISMONIY SHAXSLARNING MULKIY DAROMADLARINI SOLIQQA TORTISHNI TAKOMILLASHTIRISH.........................................................

39


3.1.

Jismoniy shaxslardan soliq undirishning xorij tajribasi va undan foydalanish masalalari.......................................................

39

3.2.

Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlarini deklaratsiya asosida soliqqa tortishni mukammallashtirish.............................

46


XULOSA.......................................................................................................

50

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI................................

53

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Pespublikasida amal qilayotgan soliqlar tarkibida jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar alohida ahamiyatga ega, chunki bu soliq turlari soliq to’lovchilar sonining ko’pligi va soliq bazasining kattaligi bilan ajralib turadi. Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig’i byudjet daromadlarini shakllantirishda o’sish tendentsiyasiga ega bo’lgan soliq turi hisoblanadi. Agar ushbu soliq turi bo’yicha 2008-2012 yillarda davlat byudjetiga tushayotgan summalarning 90 foiziga yaqinrog’i bevosita mehnat haqi shaklida olinayotgan daromadlardan undirilayotganligini, qolgan qismi esa tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslardan undirilayotganligiga e’tiborni qaratsak, kelgusida bu soliqning davlat byudjeti daromadlaridagi hissasi yanada oshishi kutiladi. Respublikamizda so’nggi yillarda korxonalar va aholi tulaydigan soliqlarning stavkalarini keskin pasaytirib borish tendentsiyasi amal qilmoqda. Ma’lumki, aholi pul daromadlarini mustahkamlash respublikamiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida jamiyatimizning poydevori sifatida ham iqtisodiy, ham siyosiy jihatdan eng muhim bo’lgan sohaga aylanib bormoqda. Bu haqda Prezidentimiz I.A.Karimov 2012 yil yakunlari bo’yicha Vazirlar Mahkamasi majlisida so’zlagan ma’ruzasida, “Har qaysi oiladagi farovonlik, yurtdoshlarimizning hayotga bo’lgan munosabati, provard natijada butun jamiyatimizning barqarorligi, avvalo, odamlarimizning qanday ish bilan ta’minlanganligi, o’z mehnatiga yarasha munosib maosh olishiga bog’liqdir”- deb barchamiz, avvalombor katta-kichik rahbarlar hech qachon esdan chiqarmasliklarini ta’kidladilar.1 Prezidentimiz fikrlaridan kelib chiqqan holda, jismoniy shaxslarning ish bilan bandligini ta’minlash, real daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ularning daromadlarini soliqqa tortishda eng maqbul uslubiyatlardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Davlatning iqtisodiyotga ta’siri avvalo, uni boshqarish hamda tartibga solishning boshqa usulllari bilan bir qatorda soliqlardan to’liq, qisman ozod qilish yoki soliqqa tortish bazasini kamaytirish orqali, tadbirkorlikni muomala sohasidan moddiy ishlab chiqarish sohasiga o’tkazishga yordam beradi va shu yo’l orqali iqtisodiyotda progressiv tarkibiy o’zgarishlarga erishiladi.
Birinchidan, soliqlarni chuqur o’rganish va tushuntirish, ularni takomillashtirish yo’llarini bilib olish uchun ko’plab ilmiy maqolalar, qo’llanmalar va darsliklar yozish.
Ikkinchidan, soliq imtiyozlarini berish orqali davlat biror bir tarmoqni yoki faoliyatni rivojlantirish yo’llarini topish va amaliyotda qo’llash.
Uchinchidan, jahondagi rivojlangan bir qator mamalakatlarning soliq siyosatini o’rganish va tajriba almashish.
Davlat shu kabi masalalarni ustivor yo’nalishlari ko’rinishida tanlar ekan iqtisodiy boshqarishning yagona vositasi bo’lgan soliq tizimi muammolariga mutanosib ravishda uni shakllantirish, unda mavjud bo’lgan soliq imtiyozlari hamda uni rag’batlantiruvchi omillarga alohida o’rin berib kelmoqda.
Jismoniy shaxslardan soliq undirish deyarlik barcha rivojlangan mamlakatlarda mavjuddir. Jahon tajribasi orasidan quyidagilarni qayd qilib o’tish mumkin:
Birinchidan: soliq solish ob’ektining soliq solinmaydigan eng kam miqdoridagi summasi.
Ushbu imtiyozdan ko’rinib turibdiki, ijtimoiy yo’nalishga ega aholining kambag’al qatlamlarini himoya qilish bilan bog’langan.
Ikkinchidan: soliq stavkalarini kamaytirish bu xolatlarda soliq tizimining moslashuvchanligi uni tabaqalashtirib, ya’ni, kattagina rag’batlantirish imkoniyatlariga ega bo’lgan xilma-xil imtiyozlarini qo’llash bilan belgilanadi.
Soliqlar paydo bo’lgan paytdan boshlab, soliqlar to’g’risida doimo izlanishlar olib borilgan. Bu masalalarga azaldan taniqli mashhur klassik iqtisodchi odimlar A.Smit, D.Rikardo, G.Jorjlarning asarlarida dastlab keng o’rin berilgan.
Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarning ba’zi masalalari qisman I.V.Gorskiy, A.A.Drobozina, V.G.Panskov, D.G.Chernik kabi iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlarida o’z aksini topgandir.
Ushbu masalaning ayrim jihatlarida O’zbekistonlik iqtisodchi olimlar va amaliyotchi mutaxassislar ham o’zlarining munosib hissasini qo’shib kelmoqdalar. A.Abduqodirov, E.Gadoev, V.Galkin, A.Jo’raev, T. Malikov, J.Zaynalov, O.Olimjonov, Q.Yahyoev va boshqalar shular jumlasidandir.

Yüklə 337,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin