Мавзу: Жисмоний шахсларга бериладиган солиқ имтиёзларини такомиллаштириш йўллари


Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti va predmeti



Yüklə 337,98 Kb.
səhifə3/21
tarix21.12.2023
ölçüsü337,98 Kb.
#188574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Jismoniy shaxslar

Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti va predmeti. Ishning ob’ekti bo’lib jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari va ularning manbalari hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlarini aniqlash jarayoni va ularga nisbatan soliq hisoblashda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar yig’indisidan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlarini soliqqa tortish, ularni hisobini yuritish tartiblari, soliqqa tortish muammolari va ularga berilgan imtiyozlarni qo’llanishi bilan bog’liq tahliliy natijalarni har taraflama o’rganish va turli xildagi ilmiy asoslangan yo’nalishlarni ishlab chiqish hisoblanadi.
Ushbu maqsadga etishishda quyidagilarni amalga oshirish asosiy vazifa sifatida belgilab olindi:

  • jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlariga nisbatan soliqlarning joriy etilish maqsadlarini va funktsiyaviy xususiyatlarini aniqlash;

  • soliq imtiyozlari, ularning turlari va ko’rinishlarini nazariy jihatdan o’rganish;

  • iqtisodiyotda soliq siyosatini ro’yobga chiqarish va isloh qilishda soliq imtiyozlaridan foydalanishning ahamiyati, ularning o’rni va rolini ko’rsatib berish;

  • jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlariga nisbatan joriy qilingan soliqlarni turkumlarga ajratish va tahlil qilish;

  • jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlariga nisbatan joriy qilingan soliqlarni undirishni takomillashtirish va ularning samaradorligini oshirish maqsadida ilmiy va nazariy jihatdan asolangan takliflarni berishdan iborat.

Bitiruv malakaviy ishni ilmiy jihatdan yangilash darajasi jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlarini soliqqa tortishni takomillashtirish yo’llarining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish, tahlil qilish, soliqqa tortishning iqtisodiyotimizga mos tamoyillarini hamda yo’nalishlarini tatbiq etishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining nazariy-amaliy ahamiyati.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy ahamiyati shundaki, ish natijalaridan jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlarini soliqqa tortishni tadqiq etishga qaratilgan ilmiy ishlarda foydalanish mumkin. Bitiruv malakaviy ishi natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, ishning xulosalari va amaliy takliflaridan jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlarini soliqqa tortishni takomillashtirish, o’quv uslubiy majmualarni yangilashda foydalanish mumkin.

Yüklə 337,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin