Ma’ruzachi: PhD, A.A.QOSIMOV E-mail: adeza13@mail.ru Phone: +998 97 909 44 22 GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI IJTIMOIY FAROVONLIK VA TASHQI SAMARA
REJA
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES 2 FAROVONLIK, NOTENGLIK VA QASHSHOQLIK.
ISHLAB CHIQARISH BILAN BOG‘LIQ TASHQI SAMARALAR.
IJOBIY VA SALBIY TASHQI SAMARA.
3 UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES Jamiyat bularning ichidan eng afzal ko‘riladiganini qanday tanlab olishi mumkin. Bu yerda asosiy masala – har xil isteʼmolchilarning nafliklarini “yig‘ishga” olib keladigan farovonlik funksiyasini tuzish. Umumiy holda, farovonlik funksiyasi nafliklarni isteʼmolchilar o‘rtasida har xil taqsimlashlarni afzalligi bo‘yicha tartiblashtirish usulini beradi. Bu yerda qanday qilib individual afzal ko‘rishlarni “qo‘shib”, ijtimoiy afzal ko‘rishni shakllantirish masalasini qaraymiz.
Asosiy muammo Pareto samaradorlik neʼmatlar taqsimlanib bo‘lganda, u taqsimlanish Pareto samaralimi yoki yo‘qmi, degan savolga javob beradi. Lekin taqsimlanish to‘g‘risida hech narsa demaydi. Maʼlumki, barcha neʼmatlar bir individga berilganda ham taqsimlanish Pareto samarali bo‘ladi. Lekin boshqalar bu taqsimlanishni yaxshi deb hisoblamasligi mumkin. Odatda, Pareto samarali taqsimlash juda ko‘p.
4 UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES Afzal ko‘rishlarni qo‘shish Faraz qilamizki, har bir isteʼmolchi tovarlarni isteʼmolchilar o‘rtasida to‘liq taqsimlanganiga ko‘ra har bir taqsimlanishni afzal ko‘rish bo‘yicha baholash mumkin.
x vektor aniq bir taqsimlanishni ifodalaydi, yaʼni u har bir isteʼmolchi qaysi tovardan qancha olishni bildiradi. Agar ikkita x va y taqsimlanish berilsa, unda har bir i individ x taqsimlanishni y taqsimlanishga nisbatan ustun ko‘raman, deb aytish mumkin.
Individlarning afzal ko‘rishlari berilgan bo‘lsa, unda ularni yagona ijtimoiy afzal ko‘rishga birlashtiruvchi agregatlash usulini topish masalasi qo‘yiladi. Boshqacha aytganda, individlar har xil taqsimlanishlarni qanday tartiblashtirishini bilib, biz bu axborotdan foydalanib, har xil afzal ko‘rishlarlardan ijtimoiy afzal ko‘rishni tuzish imkoniyatiga ega bo‘lishni xohlardik. Shunga ko‘ra, quyidagi misolni qaraymiz.