Мавзу: Жисмоний шахсларга бериладиган солиқ имтиёзларини такомиллаштириш йўллари



Yüklə 337,98 Kb.
səhifə17/21
tarix21.12.2023
ölçüsü337,98 Kb.
#188574
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Jismoniy shaxslar

1-taklif. Mamlakatimizda jismoniy shaxslarning ayrim toifalari daromadlariga imtiyozli soliq stavkalari joriy qilingan bo’lib, ular dastlab soliq stavkalari yuqori bo’lgan davrlarda o’zining samarasini bergan edi. Endilikda soliq stavkalarining pasayganligini inobatga olib mazkur imtiyozli soliq stavkalaridan voz kechish lozim. Chunki bu imtiyozli soliqqa tortish stavkalarining qo’llanilishi soliqni hisoblash uslubiyatini qiyinlashtirmoqda.
2-taklif. Jismoniy shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadlardan turli toifa aholi uchun imtiyozli chegirmalar ishlab chiqish kerak. Bu jarayon aholini ijtimoiy nuqtai-nazardan to’liq himoyalaydi hamda taklif etilyotgan chegirmalar rivojlangan mamlakatlar soliq tizimida samarali qo’llab kelinmoqda.
3-taklif. Jismoniy shaxslar mulkiy daromadlarini soliqqa tortish uslubiyatini soddalashtirish maqsadida hamda soliq yukini kamaytirish uchun mazkur daromadlarga progressiv soliq stavkasi o’rniga yagona soliq stavkasini joriy etish taklif etiladi.
4-taklif. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning samarasini yanada oshirish maqsadida mulkiy daromadlarga soliq hisoblashda soliqqa tortilmaydigan minimumni joriy etish taklif etiladi.
5-taklif. Mol-mulklarini ijaraga berishdan daromad olayotgan jismoniy shaxslarning faoliyatlarini kengaytirishiga, ishlab-chiqarish va moddiy texnika bazasini kengaytirishiga xizmat qiladigan imtiyozlarni joriy etish;
6-taklif. Mulkiy daromad manbasiga ega bo’lgan nogironlar va ularga tenglashtirilgan fuqorolarga nisbatan belgilangan ijara to’lovlari miqdorlari bo’yicha imtiyozlar berishni joriy qilish.
7-taklif. Jismoniy shaxslar tomonidan olinadigan dividend va foizli daromadlarni soliqqa tortishda amaldagi soliq qonunchiligida imtiyozlar ko’zda tutilmagan. Jismoniy shaxslarning mazkur daromad manbalariga nisbatan imtiyozlar joriy etish lozim, ushbu holat bevosita qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanishiga turtki beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI


I. O’zbekiston Respublikasi Qonunlari. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari.

Yüklə 337,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin