2.2Tanaffus vaqtida, maktab kechalari va bayramlarida o’tkaziladigan o’yinlar
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida o’quvchilar o’rganib olgan ko’proq harakatli o’yinlardan foydalanish mumkin. 1—2-sinf o’quvchilari uchun quyidagi o’yinlarni kiritish mumkin: “O’ylab top, bu kimning ovozi?”, “Kim yaqinlashdi?”, “Hamma o’z bayroqchasiga”, “Bo’sh o’rin”, “Sakrabodom chumchuqlar”, “Polizdagi quyonlar”, “Taqiqlangan harakat” va boshqalar.3-4-sinf o’quvchilari uchun: “Guruh, tiktur!”, “Xo’rozlar jangi”, “Qorovul va izlovchilar”, “Chiqib ketish bilan qarmoqchi” o’yini.5-9-sinf o’quvchilari uchun: “Juft-juft bo’lib tortishish”, “Doiraga tort”, “Taqiqlangan harakat” va hokazo.
Maktab kechalari va bayramlarda o’tkaziladigan o’yinlar
Maktabda o’tkaziladigan sport kechalari va bayramlari o’quvchilarda tetik hamda quvnoq kayfiyat yaratish uchun eng ta’sirli tadbir bo’lib hisoblanadi. Maktab sport kechalari va bayramlarida foydalaniladigan harakatli o’yinlar bolalarni tezda tashkil qiladi, ular engil ruh va quvnoq kayfiyatni vujudga keltiradi.Bayramda, odatda, juda ko’p bolalar bo’ladi, shuning uchun ommaviy o’yinlardan foydalanish tavsiya qilinadi, musiqa jo’rligida bajarilsa yana ham maqsadga muvofiq bo’ladi. Musiqa sadolari ostida o’tkaziladigan o’yinlar qiziqarli, ularni tashkil qilish va o’tkazish engil bo’ladi.
Ommaviy o’yinlardan tashqari o’yin-attrakstionlarni ham, shu bilan birga yaxshisi, asosiy tadbirlarni boshlashdan oldino’tkazish mumkin (konsert, spektakl). O’yin-attrakstionlar bayramda maktab o’quvchilarini tashkil qilishga yordam beradi. leqin ommaviy o’yinlar va raqslarni asosiy tadbirlardan keyin o’tkazish tavsiya qilinadi. Ular bilan bir vaqtda sinf hakamlarida va koridorlarda o’yin- attrakstionlarni ham tashkil qilish mumkin, chunki ommaviy o’yinlar va raqsga
qiziqmaydigan bolalar, o’zlarini kuchli, epchillik, merganliklarini u yoki bu attrakstionda sinab ko’rishlari mumkin.O’yin-attrakstionlari katta sinf o’quvchilari uchun eng yaxshi «uch kurashchi» yoki “Besh kurashchi” musobaqasini tashkil qilish mumkin. bunday maqsad uchun mazmunan har xil bo’lgan kuch yoqi merganlikni, epchillikni, muvozanat saqlash yoqi fazoda mo’ljal olishni bilishni namoyon qilishini talab qiladigan, 3 yoki 5 attrakstion tanlab olinadi: “Uch kurashchi” yoki “Besh kurashchi” bo’lishni xohlaganlar barcha attrakstion musobaqalarida qatnashishlari majbur g’oliblarni eng yaxshi 3 kurashchi yoki 5 kurashchi deb e’lon qiladilar va mukofotlaydilar.O’rta yoki yuqori sinf o’quvchilari uchun bayramda yakkama-yakka olishuv o’yini (xohlagan ikki kishi epchillik, merganlikda, kuch sinashadilar) musobaqalarini tashkil qilish mumkin. Bunday musobaqalarni ommaviy o’yin va raqslar o’rtasidagi tanaffuslarda tashkil qilishni tavsiya qilinadi.Bayramda harakatli o’yinlar o’tkaziladigan musobaqalarga bag’ishlangan bo’lishi mumkin hozirgi vaqtda juda ham ommaviylashib ketgan o’yinlar “Quvnoq startlar”, “Bizlar bilan bajar”, “Bizga o’xshab bajar”, “Hammadan yaxshi bajar” va boshqalar.Musobaqalarda to’g’ridan-to’g’ri uncha ko’p bo’lmagan o’yin qatnashchilarining sonini hisobga olgan holda hech qanday tayyorgarlikni va trenirovka qilishni talab qilmaydigan ommaviy o’yin yoki o’yin attrakstionlardan foydalanib harakatli o’yinlar bo’yicha ommaviy musobaqalar tashkil qilish mumkin.
Maktab kechalari va bayramlari eng yaxshisi dastlabki tayyorkgarlikni qo’rishni talab qiladigan o’yinlarni o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi, ularda qatnashish uchun barcha bolalarning jalb qilinishi shart. O’yin qatnashchilarining biri attrakstion uchun o’yinchoqlar tayyorlaydilar (qum solingan xaltacha, misli rasmlar) boshqalari esa attrakstion o’yinining g’oliblarini mukofotlaydilar, 3- chilari esa o’yinni o’tkazishga tayyorgarlikko’radilar.
Ulug’ sanalar, an’anaviy bayramlar va turli milliy udumlarda harakatli
o’yinlardan foydalanish.
Mustaqillikning ulug’ sanalari. O’zbekistonning mustaqilligi tufayli ulug’ sanalarni belgilash va ularni tantanalar ravishda o’tkazishda tub burilishlar bo’ldi. Sho’rolar zamonadagi 1 – may, 7 – nayabr, 5 – dekabr va h.k. sanalarda o’tkaziladigan bayramlar to’xtatildi va yoshlar ongidan chiqib bormoqda.
Mamlakatimizda ulug’ sanalar g’oyat ko’p. Ular orasida Mustaqillik kuni (31 avgust – 1 sentyabr) eng ulug’, ustuvor sanadir. Shuningdek buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur, sharq she’riyatining sultoni hazrati Alisher Navoiy, Ibn Sino, Bobur, shuningdek Oybek, G’ofur G’ulom, Abdulla Qahhor, Xamid Olimjon kabi mutaffakirlar, yaqin o’tmishimizning adiblari, san’at, madaniyat, davlatni idora etish va boshqa ko’p jabhalarda o’z mehnatlari bilan nom qozongan kishilarning tavalludlariga bag’ishlab katta tantanalar o’tkazilmoqda.
1991 yildan boshlab Mustaqillik kuniga bag’ishlab katta bayram tomoshani zo’r tantana va quvonch bilan o’tkazib kelinmoqda. Uning dasturidagi san’atkorlarning qo’shiq va raqslarga ko’proq o’rin egallaydi. Shunday bo’lsada jismoniy madaniyat va sport, ayniqsa halq milliy o’yinlari chetda qolib ketgani yo’q. Ular quyidagi ko’rinishda o’z ifodasini topmoqda.
Kurashchilar, bokschilar, badiiy gimnastikachi qizlari, chavandozlarning namoyish – ko’rgazmali chiqishlari.
Raqqosalar va o’yinchi yigitlarning jozibali o’yinlarida ot choptirish, otdan ag’darish, otda qilichlashish, elkada kurash, tortishish kabi milliy harakatli o’yinlarning ramziy ijrolari.
Balet raqslarida yigit va qizlarning quvlashib o’ynashlari, suvda suzishlari, kurash va boshqa turlarning ifodalanishi.
Bog’cha bolalari va maktab o’quvchilarining sahnaviy o’yin – raqslari va jam bo’lib hamda yakka tartibdagi qo’shiqlarda “Alpomish”, “Barchinoy”, “To’maris” Jaloliddin Manguberdi kabi afsonaviy va halq qahramonlari timsollarini namoyish etish.
Ulug’ adiblar tavalludi munosabati bilan o’tkazilib kelinayotgan yubileylarda kurash va boshqa sport turlari bo’yicha xalqaro turnirlar tashkil etilib, uning boshlanishida turli harakatli o’yinlar (tosh/gir) ko’tarish, keksalarning olishuvi, arqon tortish, elka urishtirish, ot o’yinlari va h.k.. namoyish etilmoqda.
San’at saroylari, muhtasham kechalarda o’tkazilayotgan tantanalarda sahna yoki ochiq maydonlarda bolalarning kurash tushishi, san’atkorlar raqsida xalq milliy o’yinlarining ramziy ma’nolari ijro etilishi ham diqqatga sazovordir.
Bunday tadbirlarda xalq milliy harakatli o’yinlarini ifoda etish - milliy qadriyatlarimizga bo’lgan e’tiboridan darakdir.
Dostları ilə paylaş: |