Dars jaroyonida sport va harakatli oyinlarni tashkil etish
Yurtimizda an’ananaviy bayramlarmustaqillik ko’hna qilgan adolat, erkinlik, sog’lom turmush tarzini kechirish va boshqa juda ko’p madaniy jihatlarni o’zida mujassamlashtirgan ulkan tadbirlarda namoyon bo’lmoqda. Ular Navro’z, kasb - xunar kuni, hosil bayrami, katta to’ylar shaklida o’tkazib borilmoqda.
Navro’z - yangi kun, yangi yil, bahor bayrami timsolidir. Navro’zning asosiy belgisi sumalakdir. Navro’z boshlanadigan kechasi sumalak pishirishda ayollar, erkaklar, ayniqsa o’g’il va qiz bolalar yig’ilishib, noz - ne’matlarni yig’ishib, birgalikda baham ko’rishadi. Ayollar qozon atrofida yallalar, laparlar aytib raqsga tushishadi. Bolalar esa maydonlarda quvlashib turli harakatli o’yinlarni bajarishadi. Bunda “Bekitmachoq”, “Durra soldi”, “Kim keldi”, “Ovozdan top” kabi milliy o’yinlar qiziqarli ravishda o’tkaziladi.
Navro’z bayrami bir - ikki kun emas, hatto hafta va o’n kunlab o’tkaziladi. Namoyishlar - ko’rgazmali chiqishlarda kurashchilar, tosh ko’taruvchilar, bilak kuchini sinovchilar, arqon tortish o’yini va zamonaviy sport turlaridan (akrobatika, boks, shtanga, sharqona yakka kurashchilar va h.k.) bahs - musobaqa tashkil etiladi.
Otchoparlar va keng yaylov - qirlarda ko’pkari - uloq, poyga otdan ag’darish kabi xalq milliy o’yinlari chiqadi. Tomoshabinlarga “Arqon tortish”, “Chillik” kabi milliy harakatli o’yinlar namoyish qilinadi.
E’tiborli tomoni shundaki. Navro’z bayramiga barcha jamoalar ancha vaqt ilgari tayyorgarlik ko’rishadi va bunda ko’pchilik kishi ishtirok etib, barcha
tadbirlar qatorida milliy harakatli o’yinlarni tanlash, ularni ijrochilarga o’rgatish va ular bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarda mutaxassis xodimlar, jamoatchi faollar jiddiy ravishda ish tutadilar.
Navro’z bayramining mazmunida hayotiy ehtiyojlarni o’yin shaklida ifodalash ancha ustuvor turadi. Ya’ni er haydash, don etish, chorvalarni ko’paytirish, boqish, o’t o’rish, hashak to’plash, mehnatdan keyin dam olish kabi juda ko’p faoliyatlar o’yinlarning mazmunini tashkil etadi.
Masalaga nazariy jihatdan yondashilsa, har bir jismoniy tarbiya xodimi Navro’z bilan bog’liq tayyorgarlik ishlarida ijodiy yondoshish bilan faol qatnashishlari lozim. Shu asosda o’quvchi yoshlar va talabalar Navro’z bayramidagi tadbirlardan andaza olishdari, ularni amaliy jihatdan bajarish yo’llarini kunt bilan o’rganishlari lozim bo’ladi.
Navro’zning davomi va ajralmas bo’lagi hosil bayrami deyish mumkin. Chunki bahorda ekilganlarning hosilini yig’ib olish, ularni nobud qilmay saqlash va xoridorlarga etkazib berish bilan yakunlanadi. Ba’zi donli ekinlarning hosili yozda yig’ib olinsada, odatda kuzgi “Paxta bayrami” bilan qo’shib nishonlangan. Chunki kuzda dehqonlar, fermerlar, xo’jalikdagi rahbarlar va qishloq aholisi kuzning oxirida tinib - tinchiydi, to’ylar, bayramlarga tayyorgarlik va ularni o’tkazisha imkoniyat bo’ladi.
Hosil bayramining dasturida asosan san’atkorlarning bayram konsterti, kurashchilar, chavandozlarning o’yinlari va zamonaviy sport turlari bo’yicha ko’rgazmali chiqishlar joy oladi. Shunday bo’lsada oramizda milliy harakatli o’yinlarga ham alohida o’rin beriladi. Bunda keksayu - yoshlar “Quloq cho’zma”, “Piyoda poyga”, “Chillik”, “Poda to’p”, “Eshak mindi”, ot - eshaklarda poyga, ag’darish, tortishish, kuch sinash bilan bog’liq bo’lgan turli xil milliy harakatli o’yinlar tashkil etiladi.
Bunday ulkan va murakkab an’anaviy bayramlarni tashkil qilish yo’llarini talabalar puxta o’rganishlari va amalda qo’llashi faol ishtirok etishlari maqsadga muvofiqdir.
An’anaviy bayram tusini olayotgan xilma - xil ommaviy madaniy va sport tadbirlari ham ko’paymoqda. Ellarning tarkibida e’tiborga molik bo’lgan turlardan biri xalq milliy o’yinlarigabag’ishlangan respublika festivallaridir. Ular asosan “Alpomish o’yinlari”, “To’maris o’yinlari” kabilar tashkil etilib kelindi.
Bu milliy o’yinlar negizida qadriyatlar, g’urur va iftixor mazmunlari mujassamlashganligi tufayli davlat arboblari, ma’naviy - madaniy sohalarning fozillari, etakchi olimlari katta e’tibor berishdi.
1991 yil 25 aprelda ilk bor xalq milliy o’yinlari Respublika musobaqasi Jizzax viloyatining Forish tumanida tashkil etilib, u to 1996 yilgacha shu erda va shu tarzda o’tkazildi. Respublika hukumatining maxsus qarori asosida 1998 yil Termizda uni “Alpomish o’yinlari Respublika festivali” nomi bilan atalib, u har ikki yilda bir marotaba o’tkazilmoqda.
Xotin - qizlar sportga bog’ishlab “To’maris o’yinlari Respublika festivali” 1999 yil Jizaxda tashkil etilib, u ham har ikki yilda bir marotaba o’tkazilib kelindi. Mazkur festivallarni xalq xursandchilik bilan kutib oldi va yuksak baholar berdi. Chunki ularning mazmuni asosan xalq milliy o’yinlari, harakatli o’yinlar saralanib, tanlab olinib namoyish etildi. Bunda atoqli olimlar U.Qoraboev va T.Usmonxo’jaevlarning katta tashabbuskorligi sabab bo’ldi.
Xalqimiz orasida qadimdan davom etib kelayotgan milliy urf - odatlar va udumlar ham g’oyat ko’p. Ularni tashkil qilish va o’tkazishda yurtimizning o’zligi, milliy g’ururi, iftixori va eng muhimi ma’naviyat - ma’rifat madaniyati mazmunga boy. Ularning eng muhimlari to’ylar (o’g’il farzand tug’ilishi, beshik, payg’ambar yoshi, yubiley va h.k.), hayit, qadrlash, xotirlash va h.k. marosimlardir. Ayniqsa yigitlar va katta yoshdagi kishilar, ayollarning har xil yig’inlari (gapi, gashtagi), qizlar yig’ini, maktabni bitiruvchilar kechasi va shu kabi xar xil odatlar ham ma’naviy kuch - quvvat va jismoniy kamolot sababchisi bo’la oladi. Chunki ular turli xil harakatli o’yinlarni ham tashkil etadilar.
Xudoyi, iftorlik va qazo qilgan kunlarni eslash marosimlarda mullalar, zamonaviy ishbilarmonlar, madaniyat arboblari va qatnashchilar o’tgan - ketgan ajdod va avlodlarni xotirlash yo’li bilan oila a’zolari, qarindosh - urug’lariga sabr –
toqatli bo’lishga undaydi. O’zlarning salomatligini saqlash, farzandlarni yaxshi tarbiyalash, ularni jismonan chiniqtirishga tilaklar bildirishadi. Ya’ni milliy qadriyatlarimizni e’zozlash, ma’naviy - ma’rifiy va jismoniy jihatdan barkamol bo’lish yo’llarini keng ochib beradi. Ta’biiyki, bu ma’noda jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish, ayniqsa milliy harakatli o’yinlar bilan mashg’ul bo’lish ko’zda tutiladi.
Xulosa shundan iboratki, ulug’ sanalar, an’anaviy bayramlar, turli xil urf - odatlar, udumlarning negizida insonlarni ulug’lash, Vatan sharafi uchun, el - yurt tinchligi deb mehnat qilish, o’qish va yashash g’oyalari mazmun topadi. O’tkaziladigan ommaviy - madaniy sport tadbirlari mazmunida halollik, vijdonlilik, kuch - g’ayrat to’plash, iqtidorli yoshlarni va istedodli mutaxassislar hamda sportchilarni kashf etish maqsadlari yuksak darajada bo’ladi. Ularning tarkibida xalq milliy o’yinlarining tarkib topishi eng muhim ahamiyatga molikdir.