Xulosa:
Jismoniy tarbiya jahon xalqlarining umumiy madaniyati mazmunidan chuqur o’rin egallamoqda. Uni o’qish, o’rganish va ilmiy tadqiqot olib borish bugunning dolzarb muammolaridan biridir.O’zbekiston Respublikasining prezidenti I.A.Karimov “Tarixgamurojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak xotirasiz barkamol kishi bo’lmagandek, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi” – deb yangi tariximizga yo’l ochib berdi. Buni yurtimizning mustaqilligi yillarida amalga oshirilgan ijtimoiy – madaniy islohotlarning samarali natijalarida ko’rish mumkin. “Kadrlar tayyorlash miyliy dasturi”, “Sog’lom avlod davlat dasturi” “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini hayotga singdirish,bolalar sportini rivojlantirish, o’quvchi yoshlarning “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” sport o’yinlari hamda talabalar “Universiada”larni tashkil qilishda asosiy maqsad buyuk kelajakning har tomonlama barkamol avlodlarni tarbiyalashdir. Bu jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining zimmasiga g’oyat katta sharafli ma’suliyatni yuklamoqda. Harakatli o’yinlarning kelib chikishi qadim xalq pedagogikasiga borib taqaladi. Ilk yoshli bolalar oilalarda bolaning dastlabki harakati bilan bog’liq ovunchoqlar, ermak o’yinlar yordamida tarbiyalanganlar.undan kattalar yosh bolalar hayotida rang – barang harakat mazmuniga ega bo’lgan bolalarni rom qiluvchi o’yin boshlanmalari, o’yinlari katta o’rin olgan.Bularning hammasi hozirga qadar badiiy jozibadorligini, tarbiyaviy ahamiyatini saqlab qolmoqda va qimmatli o’yin folklorini tashkil etadi. Hozirgi vaqtda balalar mamlakatimizda xalqlariga va ularning san’ati-qo’shiq, raqs va o’yinlariga do’stlik va hurmat ruhida tarbiyalanilmoqda. shuning uchun rang-barang xalq harakatli o’yinlarni tanlash bolalar bilan ta’lim -tarbiya ishlarini olib borishda zarur yo’lga soladi, axloqiy namunalarini kichkintoylar hayotiga tadbiq etish xalq ijodiga va binobarin uning vakillariga nisbatan ijobiy estetik munosabstni mustahkamlaydi.Mashhur pedagog K.Ushinskiy harakatli o’yinlarni yuqori baholagan va ulardan bolalar tarbiyasida keng faoliyati qaysi shaklda ifodalanmasin, bolani quvontiradi, harakatli o’yin
xursandchilikning xilma-xil holatlari ijobiy hislar uyg’otishga xizmat qiladi. Ulkan tarbiyaviy quch ana shu quvonchli kayfiyat manbaidir.
Harakatli o’yinlar bolalar uchun katta ahamiyatga ega: O’yin ular uchun mehnat o’yin, ular uchun tarbiyaning jiddiy shaklidir. Harakatli o’yinlar rolining muhimligi ular mavzusini, mazmunini sinchiklab tahlil qilish va shunga muvofiq turli yoshdagi bolalar uchun tanlashni talab etadi. Har qanday o’yin bolalarning atrof-muhitni bilishida o’ziga xos vosita hisoblanadi.Harakatli o’yinlar mazmunida bola dunyoqarashida qengaytiruvchi va tassavurini aniqlashtiruvchi ko’plab bilish materiali mavjud. o’yinlar mavzusini odamlar hayoti tabiat hodisalari, hayvonlarning harakatlarga taqlid qilish kabi epizodlar tashkil etadi. bularninng hammasi bolalar tomonidan o’ziga xos harakatli o’yin shaklida aks ettiriladi.Harakatli o’yinlarning qo’p qirrali axamiyati, ularning bolalar yoshiga mosligi, o’yinlar yordamida yaratiladigan quvonch, bolalarni jalb qiluvchi faoliyat muxiti bularning hammasi harakatli o’yinlar bolalar kundalik hayotining eng qimmatli ajralmas hamroxi ekanligini qursatadi.Shunday qilib, uyinchilar mujasamlashgan sog’lomlashtirish, bilim, tarbiyaviy hamkorligning butun majmuasidan foydalinish bolalarni har tomonlama tarbiyalash vazifalarini amalga oshirishga yordam beradi.Shu sababli, jismoniy tarbiya mashqlari, harakatli o’yinlar, sport, turizmga harakat faoliyati va jismoniy rivojlanish vositasi sifatida qarash lozim, chunki yuqorida qayd etilgan fikrlar o’sib kelayotgan avlod hayotida, ularning shaxsini shakllantirishda, har tomonlama barkamol avlodni yaratishda hal qiluvchi axamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |