Mavzu: Jismoniy rivojlanganlik darajasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə11/12
tarix20.06.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#133070
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Jismoniy rivojlanganlik darajasi

Rasm. Kaliper.

Yog‘ qatlamining og‘irligi – vazni Mateykoning 1-formulasi bo‘yicha aniqlanadi:


D = d x S x K
Bu formulada,
D – yog‘ qismining va terining vazni, kg;
d – teri-yog‘ burmasining o‘rtacha qalinligi, mm;
S – tana yuzasi, m2 –maxsus jadvallar yordamida hisoblanadi;
K = 0,13 – o‘zgarmas son.
Kalipometriya usulida teri osti yog‘ qatlamini aniqlash natijalari turli mutaxassislar va har xil kaliper hamda tananing tarkibini aniqlaydigan turli formulalar qo‘llanilganda, bir-biridan keskin ravishda farq qilishi mumkin. Bir kishida turli mutaxassislar tomonidan olingan o‘lchov natijalarining farqi 5-10 foizni tashkil etadi. Ammo, olingan natijalar, klinikalarda ishlatiladigan andozaviy asboblar yordamida olingan raqamlardan 3-8 foiz orasida farq bo‘lishi kerak. Ayni maqsadda, plastik xom-ashyodan tayyorlangan kaliperlardan foydalanish andozaviy asboblar yordamida olingan natijalardan past bo‘ladi.
Umuman olganda, kalipometriya usuli hozirgi paytda ko‘p qo‘llaniladigan usullar qatoriga kiradi va u oddiy, arzon va nisbatan ishonchliligi bilan diqqat e’tiborga sazovordir (Rudnev S.V.,2005).
Tana vazni uning massasining orasidagi farq miqdorini aniqlash niyatida, Mateykani 2-formulasidan foydalaniladi:
M = L x Ch2 x K
Bu formulada,
M –mushaklarning mutloq massasi, kg;
L –bo‘y uzunligi – balandligi, sm;
K –konstanta -6,5 ga teng bo‘lgan o‘zgarmas son;
Ch – kattaligi quyidagicha aniqlanadi:

Suyak to‘qimasini aniqlash uchun Mateykoning 3-formulasidan foydalaniladi:
O = L x C2 x K
O –suyak to‘qimasining mutloq massasi, kg;
L –tana uzunligi – bo‘y balandligi, sm;
C2 –yelka, bilak, son va boldirning distal qismlarining kattaligining kvadrati;
K –konstanta, 1,2 ga teng.
2-jadvalda turli xil sport turlari bilan shug‘ullanuvchi malakali sportchilar tanasining qismlari haqida ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, ular mashq qilmagan odamlarning huddi shuningdek ko‘rsatkichlaridan farq qiladi. Ye.G.Martirosov ma’lumotiga ko‘ra, masalan, mushaklar to‘qimasi – 50,4 foizni, yog‘lar – 12,6 foizni, suyaklar to‘qimasi esa 16 foizni tashkil etadi, ya’ni mushaklar to‘qimasi 66 foizga ortiq, suyaklar to‘qimasi 2 foizga kam bo‘lib, yog‘lar orasida deyarli farq yo‘q.
Mashqlar bilan shug‘ullanmagan katta yoshdagi kishilarda mushaklar to‘qimasining ulushiga 43 foiz, yog‘larga 12 foiz atrofida, suyaklarga 18 foiz to‘g‘ri keladi. Sportchilar yaxshi rivojlangan mushaklar to‘qimasi bilan ajralib turadi. Bunday holat, ayniqsa sportning tezlik-kuch talab qiladigan turi vakillarida 53-56 foizgacha namoyon bo‘ladi. Turli mutaxassislik bo‘yicha yog‘lar bilan suyak to‘qimalari orasida farqlanish mavjud (2-jadval).
2-jadval
Mushaklar, yog‘lar va suyak to‘qimalarining malakali sportchilardagi o‘rta arifmetik kattaliklari (E.G.Martirosov)

T/r

Sport mutaxassisligi

Mushak to‘qimasi

Yog‘ to‘qimasi

Suyak to‘qimasi

To‘qimalar majmuasi

Kg

%

Kg

%

kg

%

kg

%

1.

Basketbol

47,3

49,82

12,93

13,71

16,37

17,19

76,60

80,70

2.

Voleybol

45,77

51,15

9,41

19,51

13,73

15,22

68,01

76,88

3.

Diskni uloqtirish (erkaklar)

57,16

49,46

22,59

19,28

15,79

13,49

95,54

82,23

4.

Diskni uloqtirish (ayollar)

41,37

48,42

19,09

21,91

11,29

13,32

71,69

83,68

5.

Konkida uchish

38,63

50,52

9,24

12,01

11,80

15,41

59,67

79,44

6.

Kurash (63 kg gacha)

31,30

49,68

5,80

9,21

9,40

14,92

46,50

43,81

7.

Kurash 9o0ir vazn)

59,92

50,83

19,41

16,21

16,89

14,35

92,22

81,39

8.

Kurash (o‘n kurash)

48,40

51,96

10,78

11,50

16,89

14,35

92,22

81,39

9.

Marafon

33,40

50,12

7,00

10,62

19,87

16,54

51,27

77,28

10.

Molotni uloqtirish

54,80

49,40

22,19

19,62

14,59

13,25

91,58

82,27




N = 37

1511,3
40,93

1879,4
50,62

1475,63
39,88

477,13
12,9

457,34
12,36

599,61
16,2

4 ta
80

15 ta
80

Mushaklar, yog‘lar, suyaklar to‘qimalarining majmualari bo‘yicha, kg da diski, molot, yadroni uloqtiruvchilarning ko‘rsatkichlari eng yuqorilardan hisoblansa, foizlarda esa, eng yuqori ko‘rsatkichlarga voleybol, diskni uloqtirish, og‘ir vaznli kurash, molotni uloqtirish, uzunlikka sakrash, erkin suzish (100, 400 m, orqa bilan brass), chana sporti, yadroni uloqtirish bilan shuhullanuvchi sportchilar kiradi.


To‘qimalar majmua ko‘rsatkichlarining o‘rtacha arifmetik kattaligi kg larda 64.61 foizlarda esa, 79.52 ni tashkil qiladi.
Tana zichligini aniqlagach, tana massasining yog‘ qismini (FM) (foizlarda hamda tananing yog‘siz qismini (LBM) (foizlarda) tananing umumiy vazniga nisbatan hisoblab chiqish mumkin:

LBM =100 foiz – FM foiz,
FM va LBM larning mutloq kattaligini quyidagi tenglama yordamida hisoblanadi:




Hozirgi paytda 100 dan ortiq antropometrik formulalar yaratilgan bo‘lib, ular yordamida yog‘lar, yog‘siz va mushak massalarini aniqlash mumkin. Shunga qaramay, ayni maqsadlarda Mateyka formulalaridan foydalanish inkor etilmaydi.
Xulosa
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning tibbiy tekshirishlarining asosiga ularning jismoniy rivojlanish darajasini aniqlash va baholash kiradi. Jismoniy rivojlanish jarayonining mutanosibligi haqida fikr yuritish uchun tekshiriluvchining birlamchi tekshirish natijalarini uning anamnezi bilan taqqoslanadi. Takroriy tekshirishlarda antropometrik belgilarning o‘zgarishiga qarab jismoniy mashqlarning jismoniy rivojlanishga ta’siri haqida aniq tasavvurga ega bo‘lamiz. Sportchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda, ularning jismoniy rivojlanishi va tana tuzilishining xususiyatlarini tekshirish muhim ahamiyatga ega.
Odam organizmining jismoniy rivojlanishi biologik, pasport yoshining bir-biriga nisbatan o‘xshash tomonlari bilan, uning jismoniy kuch va ishinig to‘liqligini belgilaydi. Shifokor, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va trener, sport bilan shug‘ullanganlarni jismoniy rivojlanishni tekshirish va baholashni bilishi shart.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin