Mavzu: Jismoniy tarbiya darsi vositalari va ta'limiy metodlari. Reja


– chizma ДАРСНИНГ АСОСИЙ



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə4/5
tarix12.04.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#96889
1   2   3   4   5
Mavzu Jismoniy tarbiya darsi vositalari va ta\'limiy metodlari

3 – chizma



ДАРСНИНГ АСОСИЙ
ҚИСМИДА ТАЪЛИМНИНГ ХУСУСИЯТЛАРИ





Юкламанинг соғломлаш-тирувчи эффекти хусусияти

Моддий-техник таъминланган-лиги хусусияти

Умумий ва хусусий вазфа-ларни ҳал қилиш





Асосий қисм компонентлари учун вақтни сарфлаш хусусияти

Ўқувчилар фаолиятини ташкиллаш





Жисмоний, руҳий, кординация-вий тайёрлиги хусусияти

Билим бериш ва харакат малакаси-ни ўзлаштириш, мустахкамлаш такомиллаштириш хусусияти



Ўқувчининг фаолиятини бошқариш

Boshlang’ich sinflarda o’tkazilgan mashg’ulotlardan so’ng o’quvchilarini o’qituvchining o’zi kiyinish xonasiga kuzatib qo’yadi.


Biz quyda darsning yakunlov qismini taxminiy tuzilmasini 4-chiz-ma tarzida ifodaladik. O’qituvchining darsni asosiy qismi tugagan-ligi haqidagi xabaridan so’ng o’quvchilarin mashg’ulot o’tkazilgan mayon (sport zali)ni aniq belgilangan joyida saflanish uchun buyruq beriladi va o’quvchilar ko’rsatilgan joyja darning yakunlov qismida rejalashtirilgan vazifalarni bajarishga kirishadilar. Yakunlov qismining taxminiy tuzilishi o’z ichiga quyidagi elementlarni oladi:
4-chizma
Darsning yakunlov qismini tuzilishi



Saf-
lash va maydon bo’ylab yurish





Nafas, YuQCh si ritmini pasaytirish uchun mashqlari bajarish

O’zlashtiril-ganni joriy baholash, rag’batlantirish baholarini e’lon qilish

Uyga beriladigan vazifani tushuntirish, bajarib ko’rsatish

Savol javoblar

Uyishgan holda dars joyini tark etish

Turli xil yoshdagi o’quvchilar bilan o’tkazilgan Jismoniy madaniyat darslarining tayyorlov, asosiy va yakunlov qismlarini taqqoslash natija-lari tahlili birinchidan, qonuniy ravishda ularni bir-biridan farqlanishini ko’rsatdi. Ikkinchidan, Jismoniy madaniyat darslarining bir xil yoshdagilar chegarasida o’tkazilgan asosiy qismlari darsning turiga bog’liq. Uchinchidan, darsning tayyorlov, asosiy, yakunlov qismlarini davomiyligini o’zgarishi o’quvchilarning yoshiga bog’liq. Boshlang’ich sinflarda darsning asosiy qismlari nisbatan bir xilda, ya’ni tayyorlov va yakunlov qismlarining davomiyligi asosiy qismning davomiyligidan ozgina farqlanadi xolos. Yuqori sinflarda esa tayyorlov, yakunlov qismlarining davomiyligi asosiy qismning davomiyligidan keskin farq qiladi.


Boshlang’ich sinflarda bolalar psixologiyasi va ularning fiziologik xususiyatlari, jismoniy kuchining ozligi darsning asosiy qismida ularni organizmini va diqqatini oldinda turgan qiyin harakat faoliyatlarini bajarishga tayyorlash uchun ko’p vaqt sarflashni talab qiladi. Bundan tashqari tayyorlov mashqlarini tushuntirish va ko’rsatish katta yoshdagilarga nisbatan sekin olib borilishi darsni qismlarida o’qituvchi tomonidan ko’p vaqt sarflashni taqozo etadi.
Kichik maktab yoshdagilarda yakunlov qismini asosiy qism hisobi-dan uzunroq bo’lishining sababi navbatdagi darsga o’tishga oldindan tayyorlanish lozimligidan kelib chiqadi va shu bilan asoslanadi.
O’rta va yuqori sinfga o’tgan sari darsning tayyorlov va yakunlov qismlari uchun sarflangan vaqt qonuniy ravishda kamayib boradi. Chunki bu yoshdagi o’quvchilarda turli xildagi saf va tayyorlov mashqlarini aniq bajarish malakasi yuqori bo’ladi.
Tushuntirish va ko’rsatish uchun kam vaqt sarflanadi, asosiy qismda o’quvchilar tomonidan katta hajmdagi yuklama bilan jismoniy mashqlarni bajarish uchun talab vujudga keladi, shunga ko’ra tayyorlov, asosiy, yakunlov qismlarining turli xil yoshdagi o’quvchilar bilan o’tkazilishi turlicha va o’zlarining xususiyatlari bilan farqlanadi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fan sifatida.
jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha mutaxassislami
tayyorlashda hamda maxsus bilim olishda asosiy fan hisoblanadi.
Pedagogika institut va Universitetlarida jismoniy tarbiya fakultetlarining
o‘quv rejalarida bu fan jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy madaniyat
va sport haqida bilimlaming to‘la tizimida o‘tish kursini ta’minlaydi.
Uning mazmunini jismoniy madaniyat nazariyasining asoslari,
jismoniy tarbiya, akademik Iitsey va kasb-hunar kollejlarda, katta va
keksa yoshdagi kishilami jismoniy tarbiyasi hamda sport mashg^lotlari
tashkil qiladi. Jismoniy tarbiya ijtimoiy hodisalarga taalluqlidir.
Bu hodisalarni tavsiflash uchun talablar: jismoniy tarbiyaning
kelib chiqish sabablari; uning jamiyat hayotida tutgan o‘mi; jismoniy
tarbiyaning tarixiyligi mavjud.
Prezidentimiz o‘zining f,0 ‘zbekiston XXI asrga intilmoqda»
nomli kitobida; «Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men, awalo,
insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki
olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli kuchni tasawur qilaman» degan.
Bu esa keng qamrovli, chuqur ilmiy gcoya yangicha fikr, ta’limtarbiyaning yangicha metodik asosini boshlab beruvchi yo‘nalishlardan
biridir. Jismoniy tarbiyaning rivojlanishida mehnat faoliyatining
mazmuni va xarakteri, fan yutuqlari va boshqa omillaming ahamiyati
kabilami anglab olishlari shart. Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, bu
omillar jismoniy tarbiyaga alohida-alohida emas, balki murakkab
bogMangan holda ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy tarbiyaning mohiyatini
tushunish uchun, eng awalo, uning maxsus mazmunini aniqlash lozim.
Jismoniy tarbiya har xil, ya’ni ijtimoiy va tabiiy fanlar tomonidan
o‘rganiladi: jismoniy tarbiya nazariyasi, sport fiziologiyasi, sport
psixologiyasi, jismoniy mashqlar biomexanikasi hamda sport turlarining
nazariyasi, uning metodikasi va h.k.
Jismoniy madaniyat nazariyasi - pedagogik fandir. U inson
barkamolligini boshqarishning umumiy qonunlarini, shuningdek, bu
qonuniyatlar asosida 0 ‘zbekiston fuqarolarining jismoniy tarbiyasi
vazifalarini, metodlarini va ish maqsadlarini aniqlaydi; Jismoniy tarbiya nazariyasining mazmuni jismoniy kamol toptiradigan va Vatan
mudofaasiga tayyorlaydigan tarbiya to‘gcrisidagi bilimlami tashkil qiladi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi jismoniy tarbiya amaliyotidagi
hamma turlarni hamda aralash fanlarning dalillarini umumlashtiradi.
Buni o‘rganish hamma sport-pedagogik mutaxassislariga umumnazariy
asos boMadi. Chunki tarbiyani, awalo, insonning o‘ziga qaratilganligi
Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqib amalga oshirilayotgan "0‘zbek
modelida" aniq ko‘rsatilgan - o‘zligini anglash birinchidan, uning ozod,
erkin, nodir, ulug4 siymoligini anglash va o‘zida unga amal qilish
sifatlarini shakllantirib borish bo‘lsa, ikkinchidan, uning o‘ziga xos
milliy-insoniy sifatlarini ochib beruvchi etnik, ma’naviy - insoniy
asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir. Jismoniy
madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining boMimlarida jismoniy
madaniyatning umumiy ta’lim hamda kasb-amaliy tayyorgarligidagi va
kundalik turmushdagi xususiyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, sport
jismoniy tarbiyaning asosiy unsurlaridan biri hamda sport faoliyatining
maxsus shakli sifatida tahlil qilinadi.
Shunday qilib, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kursi
jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda maxsus
kasb-hunar ta’limining ilmiy fundamentiga kirituvchi kengaytirilgan
bilimlar majmuasini o‘z ichiga oladi. Uning ahamiyati faqat bu bilimlar
qiymati bilan ifodalanmaydi, u bo‘lg‘usi mutaxassisga jismoniy
madaniyatning butun sohalarida kasbiy-faoliyat mazmunini toMiq
tushunishiga imkoniyat beradi, uning dunyoqarashini o‘zgartiradi,
jamiyat sohasidagi boshqa ishchilarning umumiy ishlari bilan bog‘laydi
va shu yangi tipdagi bilim, metodlami egallashni, zarur boMgan kasbga
nisbatan dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi. Jismoniy
madaniyat nazariyasi va metodikasi - bu inson jismoniy kamolotini
boshqarishning umumiy qonuniyatlari haqidagi fandir. Bu fanni egallash
jismoniy tarbiyaning barcha bo‘g‘inlariga tegishli masalalami hal
qilishga to‘g‘ri yondashish imkonini beradi.
2.Jismoniy madaniyatning shakli va funksiyasiga xarakteristika.
Ijtimoiy fanlarda "funksiya" atamasi matematika, fiziologiya va
boshqa fanlarga qaraganda boshqacha ma’noga ega. Jamiyatshunoslikda
bu atama (ya’ni "funksiya") qatnashmoq, ta’sir etmoq, faoliyatida
qatnashmoq va shu kabi tushunchalar bilan chambarchas bog’langan.
Demak, jismoniy madaniyat funksiyasi deganda insonga va insoniy
munosabatlarga bo’lgan shaxs va jamiyatning ayrim talablarini
qondiruvchi va rivojlantiruvchi obyektiv xususiyatlarini tushunish
lozim. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, jismoniy madaniyat
funksiyalari o‘z-o‘zidan emas, balki madaniy boylikka mos ravishda
foydalanishga yo‘naltirilgan insonning faol harakat faoliyati orqali
amalga oshiriladi. Agar bir odam gimnastika yoki boshqa sport bilan
shug‘ullangan bo’lsa, jismoniy madaniyatning bu komponentlaridan
foydalanish jarayonida uning ta’sirini to’liq sezadi, harakatdagi tabiiy
talablarini qondiradi va shu bilan birga jismoniy madaniyat bilan shug‘ullanuvchi boshqa odamlar bilan u yoki bu munosabatda bo’ladi.
Shunday qilib, jismoniy madaniyat funksiyalarida, harakat jarayonida
uning mazmuni oydinlashib, shaxs hamda butun jamiyat uchun
ahamiyati ko‘rsatiladi.
Jismony madaniyat funksiyalari boshqa funksiyalar kabi amaliyotda
Bo’ladigan ma’lum shakllardan ajraladi. "Shakllar" atamalari bu yerda
jismoniy madaniyatning tarkibiy turlarini, ya’ni tarkibiy aniqlikni
bildiradi.
Jismoniy madaniyat jamiyat va inson faoliyatining asosiy sohasidagi
Bog’lanishlar hamda o‘zaro qonuniy munosabatlar turlarining
yigindisisanaladi. Jismoniy madaniyatning o‘ziga xos funksiyalari awalo shunday
xususiyatlarga egaki, ular insonning harakat faolligiga oid tabiiy
talablarni qoniqtiradi. Shu asosda - jismoniy holatini hamda sog’liqni
mustahkamlash qonuniy atlariga mos ravishda organizmni rivojlantiradi
va hayotda zarur bo’lgan jismoniy qobiliyatni ta’minlaydi. Jismoniy
madaniyatning o‘ziga xos funksiyalari mavjud. Ular quyidagicha
farqlanadi: 1. Ta’limiy maxsus funksiyalar - umumiy ta’lim tizimida ko‘nikma
va malakalar bilan bog’liq bo’lgan bilimni muntazam shakllantirish;
2. Amaliy maxsus funksiyalar - amaliy tizimda mehnatga va kasbiy
yo‘nalishga qaratilgan; 3. Sport funksiyalari - yuqori natijalarni ko‘rsatish, bor
imkoniyatini ishlata bilishga qaratilgan;
4. Rekreativ va sog’lomomlashtiruvchi - tiklovchi maxsus funksiyalar
- dam olishda jismoniy mashqlarni ishlata olish, tiklash maqsadida
Qo’llash; 5. Jismoniy madaniyatdan jamiyat foydalanish bilan bog’liq bo’lgan
umumiy-madaniy, tarbiyaviy va boshqa ijtimoiy funksiyalar o‘zining
jismoniy tayyorgarligini, sog’ligini qanoatlantirishga qaratilgan.
Bazaviy jismoniy madaniyatga, birinchi navbatda, o‘sib kelayotgan
yosh avlodga ta’lim berish va tarbiyalash tizimiga xos jismoniy
madaniyatning fundamental qismi kiritiladi. Umumiy jismoniy
tayyorgarlikning bazasi - negizi va asosiy jismoniy ta’lim hisoblanadi.
Shunday qilib, bu yo‘nalishda jismoniy madaniyatdan foydalanish
asosida erishilgan natija jismoniy madaniyatning asosiy shakli -
"Jismoniy madaniyat maktabi" deyiladi. Chunki birinchidan, 11-12 yil
davomida turmushda, hayotda zarur bo’lgan ,harakat ka‘nikma va
malakalarga ega bo’ladilar; ikkinchidan, tanlab olingan ya’ni maxsuslashtirilgan sport turlariga, amaliy maxsus yo‘nalishlarga
ko'maklashadi va ularning fundamental negizi hisoblanadi. Bunday
jismoniy tayyorgarlikni, sportga yo‘nalishni va boshqalarni jismoniy
madaniyat negizi amalga oshiradi va imkoniyat yaratadi. Shuning uchun
ham bu maxsus funksiya deyiladi.
2. Sport - jismoniy madaniyatning komponenti sifatida
Oldin aytib o ‘tilganga ko‘ra zamonaviy sport turlarining ko'pchiligi
jismoniy madaniyat maxsus elementlari sifatida shakllana borgan.
Boshqa komponentlarga qaraganda sport jismoniy sifatlarni va u bilan
bevosita bog’liq bo‘lgan inson qobiliyatlarini asta rivojlantirish uchun
keng imkoniyatlar yaratib berilgan.
Sportning maxsus funksiyalari "yuqori sport yutuqlarida va
ommaviy sportda" bir xil ifodalanmagan. Katta sport yuqori natijalarni
ko‘rsatishga, rekord natijalarni ko‘rsatishga, butun imkoniyatlarini shu
natijani ko‘rsatish uchun sarflaydi, muntazam mashq qilib tayyorgarlik
ko‘radi. Ommaviy sport - ommaviylikni oshirishga imkoniyat yaratadi.
Jismoniy madaniyat negizi umumiy jismoniy tayyorgarlikni saqlash va
oshirishga qaratilgan.
3. Kasb - amaliy jismoniy madaniyat. U xususiy kasb-amaliy va
harbiy-amaliy jismoniy madaniyatga bo’linadi.
Kasb-amaliy jismoniy madaniyat va bazali jismoniy madaniyat
umumiy jismoniy tayyorgarlikni tashkil qilish asosida kasb-amaliy
jismoniy tayyorgarlik ko‘riladi.
4. Sog’lomlashtiruvchi - tiklovchi jism oniy madaniyat. Jismoniy
madaniyatning bu bo’limi jismoniy mashqlardan kasallikni davolovchi
va kasallik, shikastlanish, charchash va boshqa sabablarga ko‘ra
buzilgan yoki yo‘qotilgan organizm funksiyalarini tiklovchi vosita
sifatida ajralib chiqdi - davolovchi gimnastika, vaqtni nazorat qilgan
holda yurish, yugurish va h.k.
5. Fonli jismoniy madaniyat. Bunga gigiyenik jismoniy madaniyat
(ertalabki gigiyenik gimnastika, sayrlar va boshqa jismoniy mashqlar
bo4lib, katta yuklama bilan bog’liq bo’lmaydi) va reaktiv jismoniy
madaniyat (faol turizm, ov, jismoniy madaniyat, sport o ‘yinlari va
ko‘ngil ochishlar) kiradi.
6. Jismoniy-madaniyat va boshqa madaniyat bo‘lim!arining
birlashgan komponentlari:
A) Jismoniy madaniyat teatrlashtirilgan shakllari - Jismoniy
madaniyat paradlari, ko‘rgazmali sport chiqishlari va h.k..
В) Jismoniy madaniyat arxitekturasi. Jismoniy madaniyat -
jismoniy tarbiya nazariyasining eng keng tushunchasidir. U yuqorida
ko‘rib o ‘tilgan hamma tushunchalarni o'z ichiga oladi. Boshqacha
aytganda, jismoniy tarbiya poydevorini qurish demakdir.
3.Jismoniy madaniyat fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
Jismoniy tarbiya - insonni jismoniy kamolotga erishishiga
yo‘naltirilgan pedagogik jarayondir. Jismoniy madaniyat jarayonida
aqliy, axloqiy, estetik tarbiya va mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi ijtimoiy, tabiiy va pedagogik fanlar bilan
Bog’liqdir.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin