Mavzu: Jismoniy tarbiya darsi vositalari va ta'limiy metodlari. Reja


Jismoniy madaniyat darsining tuzilishi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə2/5
tarix12.04.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#96889
1   2   3   4   5
Mavzu Jismoniy tarbiya darsi vositalari va ta\'limiy metodlari

Jismoniy madaniyat darsining tuzilishi. Jismoniy madaniyat darslari bilan bog’liq masalalarning eng muhimi uni qanday tuzish masalasidir. Darsni tuzilish qonuniyatlari haqida gapirishdan avval uni qanday strukturaviy birliklardan tashkil topishini aniqlab olish va rivojlantirish kerak bo’ladi. Avvaliga dars haqida fikr bildira yotib uni tarkibiga kiritilgan jismoniy mashqlar, ularni ketma-ketligi va davomiyligiga qarab, “dars sxemasi” atamasi qo’llanila boshlandi. Keiynchalik darsga qo’yilgan vazifalar va ularni hal qilish uchun tanlangan jismoniy mashqlar ularning me’yori (dozasi)ga qarab, “dars rejasi” degan atamalar qo’llanildi.
“Darsni strukturasi” degan atama birinchi marotaba V.V. Belinovich tomonidan (1939) qo’llanildi va o’rinli ravishda darsni tuzilishi deb to’g’ri nomlandi. Belinovich darsni tuzilishi darsning vazifalari va unda amalga oshiriladigan jismoniy tarbiyani mazmuni bilan bog’liqligini uqtiradi.
N.N. Efremov (1959) birinchi marotaba “darsning tuzilishi” degan tushunchaga ta’rif berishga urindi va dars strukturasi deganda mashg’u-lotni tarkibiy (kirish, tayyorlov, asosiy va yakunlov) qismlarini o’zaro joylashishi va munosabatini nazarda tutdi xolos.
K.A. Kuzminaning fikricha (1960) esa darsning tuzilishi – bu uni qismlarining soni, ularning ahamiyati va mazmuni, ketma-ketligi va darsni har bir qismini davomiyligi deb ta’rif berdi. Darsni tuzilishiga oid maxsus ilmiy-uslubiy adabiyotlarda turlicha fikrlar mavjud. Lekin hozirgi kunda bu bahslarga chek qo’yilgan va darsni tuzilishiini uch qismli tarkibga ega deb qabul qilingan.
Dars tuzilishining loyihasi alohida, darslarni tuzishda foyda-laniladigan dars konspekti orqali ifodalanadi. Darsni tuzilishi o’qituvchini darslarga mashqlarni oqilona tanlashga, materiallarni to’g’ri joylashtirish va darsdagi yuklamani me’yorini aniq belgilashga yordam beradi.
Darsning tuzilishi dastur materiallarini belgilangan vazifa asosida izchil o’rganishni yo’lga qo’yadi. Dars uchun rejalashtirilgan vazifalarni hal qilishda qo’llaniladigan ta’limning usuliyatiga aniqlik kiritadi va uni qo’llash uchun darsning qismlari yoki ularning ayrim bo’laklaridan qanday foydalanish lozimligini belgilaydi.
Jismoniy madaniyat darsida har qanday pedagogik vazifalarni hal etish ko’pincha shug’ullanuvchilar organizmidan ma’lum darajadagi zo’riqishini vujudga keltiradi, shuning uchun bu ishga organizm tegishli darajada tayyor bo’lishi kerak.
Buyuk rus olimi I.P. Pavlov organizmni qiyin vazifalarni hal etishga tayyor bo’lishi zarurligini uqtirib, mashqni asta-sekinlik bilan takrorlash ma’lum fiziologik qoidalarga asoslanishni taqozo etadi, deb uqtirdi. Bu ko’rsatma o’qituvchi zimmasiga shug’ullanuv- chilardan katta kuch talab qiladigan pedagogik vazifalarni hal qilish darsning boshida emas, ma’lum tayyorgarlikdan so’ng, mashg’ulotlarni, darslarni oxirida hal qilinishi lozimligini, mashg’ulotdagi asosiy vazifalar shug’ullanuvchilar organizmini uyushtirish, zaruriy ruhiy holatni vujudga keltirish va belgilangan vazifalarni bajarish, mashqni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqni shakllantirish, mashg’ulotlar davomida asosiy talablar darajasiga ko’tarilishi lozimligidan iborat.
O’quvchilar tomonidan asosiy vazifalarni hal qilish, ko’pincha, shug’ullanuvchi zo’r berayotgan ya’ni, uni faolligini oshgan davriga to’g’ri kelishligini amaliy ahamiyati katta. Ularning organizmi nisbatan katta zo’riqish va kuchli emotsiional holatdan vazmin holatga birdan o’ta olmaydi. Shunga ko’ra darsni tuzishda xotirjam holatga o’tish va mashg’ulotlarni uyushtirilgan ravishda tugallash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Har bir dars uch qismli tarkibga ega ekanligi haqida yuqorida fikr bildirdik va ular tayyorlov, asosiy va yakunlov qismi deb nomlanadi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin