Mavzu: jismoniy tarbiya mashg'uloti shakllari



Yüklə 219,76 Kb.
səhifə6/11
tarix23.03.2023
ölçüsü219,76 Kb.
#89234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
JISMONIY TARBIYA MASHG\'ULOTI SHAKLLARI

. Sport sektsiyalari
Maktab jismoniy madaniyat jamoasining sport sektsiyalari - sog‘ligining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha sport mashg‘ulotlariga yaroqli u yoki boshqa spot turi bilan shug‘ullanishni xoxlovchi o‘quvchilar uchun tashkil qilinadi
O‘quv-trenirovka jarayonida sport sektsiyalarida quyidagi asosiy vazifalar hal qilinadi:

  • yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘quvchilarni muntazam sport mashg‘ulotlariga jalb qilish;

  • Tanlab olingan sport turini takomillashtirishga ko‘maklashish va shu asnoda sport klassifikatsiyasi talablarini bajarish;

  • O‘quvchilarni tuman va shahar musobaqalariga tayyorlash;

  • Musobaqalarda hakamlmk qilish va instruktorlik bilim va malakalarini egallash.

SPORT MUSOBAQALARI, SPARTAKIADALAR

  • Maktab musobaqalari darsdan tashqari ommaviy sport tadbirlarining kalendar ish rejasiga muvofiq, maktab rahbariyatining nazoratida o‘tkaziladi.

  • Maktabning ichki musobaqalari sinnflararo, sinf guruhlari aro o‘tkaziladi.

  • Maktab birinchiligi uchun musobaqalar spartakiada shaklida o‘tkaziladi.

  • Spartakiadalar “O‘qituvchilar kuni”, “Mustaqillik kuni”, “Navro‘z kuni” ga va boshqalarga bag‘ishlanadi.

  • Shunga o‘xshash ommaviy sport turlari bo‘yicha musobaqalar maktablararo o‘tkazilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

  • Tuman, shahar birinchiligi musobaqalarida qatnashish uchun eng yaxshi sportchilardan terma jamoalar tuziladi

TURIZM SEKTSIYALARI (TURISTLAR) KLUBI

  • Turizm sektsiyalari barcha ta’lim muassasalarida tashkil qilinishi kerak.

  • Turizm sektsiyalari ishi quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:

- o‘quvchilarga turizm texnikasi va taktikasi usullarini o‘rgatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilib o‘tkazish;
- turizm bo‘yicha maktab faollar jamoasini tayyorlash;
- yurishlar rahbarlari va va ularning yordamchilari bilan seminarlar o‘tkazish;
- turizm musobaqalari, nazorat va yurish trenirovkalarini o‘tkazish.
SPORT BAYRAMLARI (KECHALARI, VIKTORINALARI VA KONKURSLARI)

  • Sport bayramlari o‘quvchilar orasida jismoniy madaniyat va sportni targ‘ibot qilishda amaliy natija beradigan vosita hisoblanadi.

  • Shuning uchun har bir sport bayrami maktab jismoniy madaniyat jamoasi yutuqlarini namoyish qilishi va muayyan davrdagi ishiga yakun yasashi kerak (chorak, yarim yil, o‘quv yili).

  • Sport bayramlari ma’lum bir mavzuga bag‘ishlanadi hamda uning yo‘nalishi va mazmunini ifodalaydi.

ODATDA SPORT BAYRAMLARI DASTURI QUYIDAGILARDAN
IBORAT:
1) bayramning ochilishi (ishtirokchilar paradi, tantanali qism);
2) ko‘rgazmali gimnastik va sport chiqishlari;
3) ommaviy sport musobaqalari;
4) ommaviy sport va ko‘ngil ochar o‘yinlar, atraktsionlar;
5) bayramni yakunlash (ishtirokchilar va g‘oliblarni mukofotlash, tantanali yopilish tadbirlari)
SPORT KECHALARI, VIKTORINALARI VA KONKURSLARI

  • Sport kechalari maktab jismoniy madaniyat jamoasi hayotining turli voqealariga bag‘ishlanishi mumkin.

  • Bu maktab jismoniy madaniyat va sport ishlarining o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan “Sport shon-shuxrati” kechasi bo‘lishi mumkin.

  • Kechalar maktab komandasi yoki alohida sportchilarning erishilgan yutuqlariga bag‘ishlanishi mumkin. Ular viktorinalar, konkurslar, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Bal-li, yigitlar! “ va boshqalar tarzida o‘tkazilishi mumkin

  • Sport kechalarining vazifasi – maktab sportchilari va ularning yutuqlarini rag‘batlantirish hamda muntazam sport bilan shug‘ullanishga yangi o‘quvchilarni jalb qilish


Yüklə 219,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin