Darslardan oldin o‘tkaziladigan gimnastika Bir qator mutaxassislar va o‘qituvchilar fikricha mashg‘ulotning bu shakli juda ko‘p murakkabliklar tug‘diradi. Shu bilan bir qatorda ko‘pgina maktablarning ilg‘or tajribasi shuni ko‘rsatadiki, agar zarur tashkiliy va metodik sharoitlarga rioya qilinsa, qiyinchiliklarni yengish mumkin. Bu sharoitlarga quyidagilar misol bo‘la oladi:
ü pedagoglar tomnidan gimnastikaning mohiyatini chuqur tushunish;
ü ota - onalar bilan bolalarini barvaqtroq maktabga yuborish to‘g‘risida kelishib olish;
ü barcha maktab o‘qituvchilarini gimnastika mashqlarini shaxsan bajarib bilishga, mashqlarni bajarishda rahbarlik va nazorat qilishga tayyorlash;
ü ochiq havoda va bino ichida mashg‘ulot joylarini tayyorlash;
ü faol o‘quvchilarni tayyorlash;
ü darslardan oldin o‘tkaziladigan gimnastikani bajarishga har bir o‘quvchini qiziqtirish hamda ertalabki badan tarbiya mashqlaridan mashg‘ulotlargacha gimnastika vazifalarining farqini tushuntirish.
Yuqoridagi masalalar hal qilingandan keyingina darslardan oldin o‘tkaziladigan gimnastikani tashkil qilishga kirishish mumkin.
2, Darslarda o‘tkaziladigan jismoniy madaniyat daqiqalari va pauzalari Bu ikki shaklning maqsadi bitta: dars davomida charchagan bolaga ish qobiliyatini qaytarish, diqqatini darsga jalb qilish, mushaklar va aqliy toliqishni bartaraf qilish, qomat buzilishining oldini olish, o‘quvchilarning emotsional darajasini ko‘tarish.
Jismoniy tarbiya daqiqalari va pauzalarini tashkil qilib o‘tkazishda quyidagi metodik talablarga rioya qilish zarur:
ü mashqlarning davomiyligi 3 minutgacha;
ü mashqlaring soni – 3-4 ta;
ü har bir mashqning bajarilishi – 4-6 marta;
ü mashqlar pedagog yoki maxsus tayyorlangan o‘quvchi boshchiligida o‘tkazilishi kerak;
ü mashqlar qo‘l, elka, oyoq mushaklari uchun bukish, egilish, engashish, tizzalarni bukish kabi mashqlar majmuasidan iborat bo‘lishi kerak;
ü qomat uchun bajariladigan mashqlar majburiydir ( masalan tizzalarni baland ko‘targan holda oyoq uchida yurish va boshqalar).