Mavzu Jismoniy tarbiyaning dastur bo`limlari o`quv vaqtlari hamda o`quv metod materiallarini har dars va choraklarga taqsimlash yillik o`quv reja jadvali
Darsning asosiy qismini shakllantirishda quyidagilarni tavsiya etaman.
-ma'lum dars rejasida belgilangan jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida o'quvchilarda bilim, mashqlarni bajara bilishlik va ko'nikma hamda malakalarni hosil qilish;
-mustaqil mashqlarni bajarishga o'rgatish;
-murakkab mashqlar majmuini bajarish jarayonida o'quvchilarning qaddi- qomatini to'g`ri shakllantirish;
-o'quvchilarning sport yutuqlari ko'lamini oshirishga erishish yo'llarini shakllantirish.
Darsning asosiy qismi samaradorligining asosiy sharti eng qulay, jo`shqin holatni ta'minlashdan iborat. Ijobiy jo'shqinlik faqat o'rgatishga ta'sir etibgina qolmasdan, jismoniy sifatlarni ham muvaffaqiyatli takomillashtiradi.
Jo'shqinlikka o'yinlar, musobaqa, texnik manbalarni, ko'rgazmali qurollarni qo'llash orqali erishiladi. Bu rejada musiqa juda yaxshi yordam beradi. Bolalar mashqlarni bir maromda, me'yorida bajarishga o'rganadilar.
Bunda shunday xulosaga kelish kerakki, har bir dars o'quvchilarning jismoniy sifatlarini tarbiyalashga yordam berishi kerak. Ularning rivojlanishini o'rganish jarayonidan ajratib bo'lmaydi. O'quvchi u yoki bu jismoniy mashqni o'zlashtirib olib, bir vaqtning o'zida jismoniy sifatlarni, ko'nikma va malakalarni rivojlantirib boradi. Shuni unutmaslik kerakki bu jarayon notabiiy bo'lmasligi kerak. O'quvchilarga doimiy talabni oshirib borish uning jismoniy rivojlanishiga yordam beradi.
Darsning yakunlovchi qismi jismoniy va hayajonli qo`zg`alishlarning darajasini asta-sekinlik bilan tushurish uchun qo'llaniladi. Ammo bu bilan yakunlovchi qismning vazifasi tugallanmaydi. Yakunlovchi qismning bosh vazifasi yakun yasash, ya'ni o'qituvchi tomonidan o'quvchilar faolyaitini baholash. Darsga yakun yasashda o'qituvchi o'quvchilarni kelgusi darsga mo'ljallaydi, uyga vazifa beradi, avvalgilarini tekshiradi, baholaydi.

Yakunlovchi qism- o'quvchining funktsional faolligini pasayishiga yo'naltirilgan vazifalarni, tiklanish jarayonlarini faollashtirish, ba'zi mashg`ulotli vazifalarni bajarishda uchrab turadigan salbiy holatlarini yo'qotish vazifalarini yechadi. Unga mushaklar tonusining kamayishi, nafas olishni tiklash, noan'anaviy koordinatsiyada nospetsifik faoliyatni biridan- biriga o'tkazish kabi vazifalar kiradi.