Mavzu: Jismoniy tarbiyaning dastur bo`limlari o`quv vaqtlari hamda o`quv metod materiallarini har dars va choraklarga taqsimlash yillik o`quv reja jadvali


Mashg`ulotni mashq qo'yilgan pedagogik vazifalar samarali yechishni ta'minlash lozim. Ularning soniga qarab mashqlar tanlangan yoki kompleks yo'nalishga ega bo'ladi



Yüklə 121,5 Kb.
səhifə3/4
tarix06.05.2023
ölçüsü121,5 Kb.
#108514
1   2   3   4
Mavzu Jismoniy tarbiyaning dastur bo`limlari o`quv vaqtlari hamda o`quv metod materiallarini har dars va choraklarga taqsimlash yillik o`quv reja jadvali

Mashg`ulotni mashq qo'yilgan pedagogik vazifalar samarali yechishni ta'minlash lozim. Ularning soniga qarab mashqlar tanlangan yoki kompleks yo'nalishga ega bo'ladi.

  • Tanlangan yo'nalish o'quvchi holatiga qaysidir bir yo'nalish bo'yicha katta bosqichda ta'sir ko'rsatishini ta'minlaydi. Kompleks yo'nalishdagi mashqlar yoki mashg`ulotlar bir emas, bir necha masalalarni yechadi, bundan esa o'quvchi holatiga bo'lgan ta'sir turli tomonlama bo'lib, mashg`ulotning monotonligi kamayadi. Biroq bu masalalarning har biri xuddi maxsus tanlangan yo'nalishdagi kabi yechimga ega bo'ladi. Shuning uchun dars imkoniyatining tarkibi bir turli bo'lishini talab etadigan sport turlarida tanlangan yo'nalishdagi mashg`ulotlar sport o'yinlaridan ko'ra ko'proq qo'laniladi.

  • Jismoniy mashqlarga o'rgatish jarayonining uzviylashtirilgan negizini amalga oshirish shundan iboratki, unda mashg`ulot yuklamalariga ko'nikish tanaffuslarsiz bo'ladi, ya'ni har bir kelayotgan yuklama oldingi yuklamaning davomi sifatida boshlanadi. Agar dam olish oralig`i juda katta bo'lsa, unda o'quvchining holati dastlabki boshlang`ich bosqichiga kelib qoladi va mashg`ulot natijasining o'sishiga erishib bo'lmaydi. Ma'lumki, bunday uzviylashtirilgan negizni buzishda yuklama sportchi imkoniyatlarining oshishiga yetarli bo'lmaydi. Bundan tashqari yana ikkita shart-sharoitni hisobga olish kerak. Birinchidan keyingi yuklama tiklanishning, shu bilan birgalikda yetarli bo'lmagan tiklanishning turli fazalarida bajarilishi mumkin. Bu holda, bir qancha yuklamalar yig`indisining ta'siri sportchi holatida juda katta siljishlarga olib keladi va tiklanish jarayonini sezilarli darajada faollashtiradi. Jismoniy mashqlarning bunday rejimi yetarli tayyorgarlikka ega o'quvchilar uchundir. Ikkinchidan, turli xildagi yuklamalardan iborat tiklanish jarayonlari bir vaqtda davom etmaydi. (sekin-asta, ketma-ketlikda) va parallel ravishda o'tadi. Ana shunday tiklanish jarayonlari tufayli yuqori malakali o'qituvchi jismoniy mashg`ulotini shunday rejalashtiradiki, o'quvchi boshqa xildagi yuklamadan keyingi tiklanish jarayonlari ketayotgan paytda ma'lum yo'nalishdagi ishni bajarish lozim. Ularning ketma-ketligi va jadallik bilan katta hajmdagi bajariladigan ishning me'yoridaligida o'quvchi charchamaydi va uning tayyorgarligi oshib boradi.


    Yüklə 121,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin