Mavzu: Jismoniy tarbiyaning dastur bo`limlari o`quv vaqtlari hamda o`quv metod materiallarini har dars va choraklarga taqsimlash yillik o`quv reja jadvali
Rejalashtirish va xisobotni olib borish o‘zaro chambarchas bog‘langan 2 ta jarayon bo‘lib, ular bir-birini asoslab beradi. Ma’lum davoga ish rejasini tuzish uchun asosiy yo‘llanmalarni, tadbirlar tizimini, yakuniy natijalarni aniqlab beruvchi kerakli malumotlarga ega bo‘lishi zarur.
Agar aniq reja ishda tizim, maqsad yo‘q bo‘lsa ishning yakuniy natijasi aniqlanmasa, u holda hisobot olib boriluvchi narsaning o‘zi bo‘lmaydi, hech qanday xulosaga erishilmaydi, Demak, reja olingan ma’lumotlar asosida tuziladi, rejaning bajarilishi esa bizga har bir ishni yakunlash uchun zarur bo‘lgan aniq ma’lumotlarni berishga imkon yaratadi.
O‘quv ishlarini rejalashtirishni boshlash uchun yuqorida qayd etilgan dasturlarning bo‘limlar mazmunini chuqur va to‘g‘ri tushunish hamda xulosa chiqara bilish maqsadga muvofiqdir. O‘quv ishlarini to‘g‘ri rejalashtirishdan maqsad:
- o‘quvchilarning sog‘liklarini mustahkamlash va organizmni chiniqtirish, tetri jismoniy rivojlantirishga hamda organizmning ishlash qobiliyatini oshrishga yordam berish;
- harakatning asosiy sifatlarini (tezkorlik, kuch - quvvat, chidamlilik, chaqqonlik, epchillikni) har tomonlama rivojlantirish;
- o‘quvchilarga jismoniy mashqlar gigienasi bo‘yicha bilimlarni shakllantirish va ko‘nikma malakalarni hosil qilish: gavdani to‘g‘ri tutishga, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga odatlantirish.
Maktab bolalarini tabiiy harakat qilishga (yurish, yugurish, irg‘itish, tirmashib chiqish, suzish va h.k.) o‘rgatish,
- o‘z harakatlarini idora qila bilishga, ortiqcha harakatlarsiz nafas olishga odatlantirish: hayotda va sportda zarur bo‘gan yangi harakatlarga ko‘niktirib, shunday harakatlar qila bilishga o‘rgatish hamda mavjud ko‘nikmalarni yanada rivojlantirish.
Maqsadga intilish, mustaqillik va ijodiy qobiliyati: mardlik, sabotlilik va intizomlilik, ma’suliyat, vatanparvarlik, kollektivizm, do‘stlik hamda o‘rtoqlikni chuqur his eta bilishni shakllantirish, mehnatga va jamiyat mulkiga g‘ururli, munosabatda bo‘lishi, madaniy hulq - atvor malakalarini tarbiyalash va h.k.
Jismoniy tarbiya darsini mustaqil, qiziqarli, ketma - ketligi, fiziologik tomonlarini o‘ylab to‘g‘ri olib borish uchun o‘quv ishlarini rejalashtirishni juda yaxshi bilish zarur.
Jismoniy tarbiya bo‘yicha maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlar oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun ularni to‘g‘ri rejalashtirish va hisobat olib borish muhim ahamiyatta ega. Maktabda, akademik-litsey, kollejlarda bugun ommoviy - jismoniy sport ishlarini va hamma o‘quv ishlarini va rejalashtirilsa saviyali tashkil etishda ko‘maklashadi. Maktabda ikki yo‘nalishda reja tuziladi:
a) Jismoniy tarbiya bo‘yicha maktabda bir yilga tuziladigan umumiy ish rejasi.
b) Jismoniy tarbiya bo‘yicha har bir sinf uchun o‘quv ishlarini rejalashtirish.
Bir yilga tuziladigan jismoniy tarbiya bo‘yicha umumiy ish rejasi ishlab chiqiladi va maktab pedogogik kengashda muhokama qilinadi hamda tasdiqlanadi.
Umumiy yillik ish rejasi - o‘z ichiga o‘quv ishlari, maktab kun tartibidagi jismoniy - sog‘lomlashtirish tadbirlari, sinfdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya, uchrashuvlar va sport bayramlarini o‘tkazish, jismoniy tarbiya va sportni targ‘ibot qilish, tibbiy nazorat va moddiy taminlashlarni qamrab oladi.
Umumiy ish rejasi - Jismoniy tarbiya va sport masalalari umuman ko‘rsatiladi: sport to‘garaklari, mashg‘ulot o‘tish joyi, jadval, sport kiyimi, shug‘ullanuvchilar ro‘yhati va h,k. Lekin har bir sinf uchun tuziladigan o‘quv ish reja juda keng va to‘la bayon etiladi. O‘quv yili boshlanishidan oldin o‘qituvchi o‘quv ish rejasini tuzadi. O‘quv reja tuzish uchun nimani bilishingiz kerak?
Eng avvalo nechta dars o‘tiladi, har bir dastur bo‘limlariga qancha vaqt ajratilgan. Bulardan tashqari har chorakda nechta dars o‘tilishi va qaysi dastur bo‘limlari o‘tilishini bilish shart. O‘quv ishni rejalashtirishda iqlim sharoit, moddiy baza va maktab sharoitini hisobga olinadi. Bu o‘quv ishlarini rejalashtirishda eng muhimi sinflar aro uzviyligi va mosliligi yo‘qolmasligi zarur.
Jismoniy tarbiya bo‘yicha jismoniy tarbiya jarayonining asosiy hujjatlari qo‘yidagilardir:
1. Jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘quv dasturi.
2. Bir yilga tuziladigan o‘quv - reja.
3. Har bir dars uchun bir chorakka tuziladigan ish rejasi.
4. Dars bayoni.
Yuqorida qayd etilgan hujjatlarni - o‘quv rejalarni tuzish uchun birinchi navbatda o‘tgan o‘quv yilning natijalarini kuz oldidan o‘tkazib tahlil qilish lozim; qanday yutuqlarga erishildi, dastur materiallarini o‘zlashtirilishi, o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi, maktab sharoiti va boshqalarni, so‘ng yangi dasturni to‘la va chuqyr o‘rganib chiqish zarur. Bir yillik o‘quv rejani tuzishdan oldin dasturda ko‘ratilgan o‘quv vaqti (soatlar setkasi) va dastur bo‘limlarini iqlim sharoit va maktab sharoitini hicobga olgan holda choraklarga taqsimlash zarur. Bunda, masalan engil atletika bo‘limnni kuz va yozda o‘tilishi maqsadga muvofiqdir, ya’ni I va IV-choraklarda, balki, ayniqsa boshlang‘ich va usta sinflarda 2-3 soat darsini III-chorakga ham taqsimlansa bo‘ladi, chunki bu soatlarni chorak oxirida o‘tish ko‘zda tutiladi (mart oyi - bahor): gimnastika buyumlari sport honasida joylashgan. Ularni tashqariga olib chiqish qiyin.
Demak gimnastika bo‘limi II va III-choraklarga taqsimlash mumkin. Masalan, II-chorak yoki III-chorakda gimnastika bo‘limi bilan kurash bo‘limini birgalikda taqsimlash lozim (gimnastik to‘shaklar ishlatiladi). Sport o‘yinlar bo‘limini butun yil davomida o‘tkazilishi mumkin. Kross tayyorgarlik bo‘limini ham, lekin ko‘pincha I va IV-chorakka qo‘yiladi, ya’ni tabiat sharoitida
o‘tilishi.
Jismoniy tarbiya o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi hujjatning nomi - o‘quv vaqti va dastur bo‘limlarini choraklarga taqsimlash jadvalidir.
Bu hujjat tuzilgandan so‘ng keyingi hujjatni tuzishga o‘tiladi. Bunda soatlarni ketma - ketligi, nechta dasrda o‘tilishi aniqlanadi. Ma’lumki, darslarning ikki hil turi bo‘lishi mumkin: to‘liq va aralash darslar. To‘liq dars deb, dastur bo‘limlarining bittasini o‘tilishini aytiladi. Masalan gimnastika darsi basketbol darsi, yoki engil atletika dars. Aralash dars esa, 2-3 dastur bo‘limlarini har bir darsda o‘tilishi, masalan, engil atletika sport o‘yini bilan birgalikda yoki gimnastika va basketbol (sport o‘yini) bilan birgalikda amaliyot shuni ko‘rsatdiki, aralash darslar o‘quvchilar uchun qiziqarli tuziladi, chunki bir necha darslar bir xil tipda bo‘laversa bolalarda zerikish hosil bo‘ladi. Pedogogik kuzatishlar va tajribalar asosida shuni aytish mumkin: qancha o‘quvchilar yoshi kichik bo‘lsa, shuncha aralash darslar ko‘proq bo‘lgani maqul, darslar nisbatan qiziqarli o‘tadi, va aksincha - qancha o‘quvchilar yoshi katta bo‘lsa, shuncha to‘liq darslar ko‘prok, bo‘lgani maqul, chunki yuqori sinflarda asosan takomillashtirish darslari o‘tilishi, hamma o‘tiladigan dastur materiallari ularga tanish va bu mashqlarni bajarishda mustahkam ko‘nikma malakalarga ega. Namuna sifatida ikkinchi hujjat - Dastur bo‘limlarini darslarga taqsimlash jadval - ko‘rsatiladi.
Tarbiya vazifalari ayrim mashqlar guruhi ham, ulardan har birini rejalashtirishga ham aloqador bo'ladi. Misol uchun, yengil atletikadan olingan mashqlar mashg`ulotlarga ijobiy munosabatni uyg`otadi. Keyingi grafalar esa yillik soatlar, chorak soatlari hamda darslarning tartib sonlarini ko'rsatadi. Ma'lumki, o'quv rejasiga asosan har bir sinfda 68 soatdan dars o'tishi kerak. Rejalashtirishda dars asosiga yangiliklar, mazmunli mashqlar, innovatsion usullar va harakatlarni barcha choralariga singdirishi zarur. Bu maqsadlarni bajarib bo'lgandan so'ng o'quv materiallarini darslarga taqsimlash boshlanadi.

Programmaning umumiy materiallarini chorak soatlari asosida chorakma-chorak vertikaliga taqsimlab chiqiladi. Shunda bir soatli darsga nechta vazifa olinganligi va har bir vazifani qanday hal etish zarurligi aniq ko'zga tashlanadi. Vertikaliga olingan vazifalarning gorizantaliga qaralsa, har bir vazifaning necha marta takrorlanayotganligini ko'rish mumkin. Vazifalarni (materiallarni) darslarga taqsimlashda didaktik printsiplarga rioya qilishi zarur. Buning uchun pedagogikaga murojaat etishga to'g`ri keladi. Dasturdagi umumiy materiallar bir yilga mo'ljallangan, shuning uchun alohida bir tur materialni bitta chorakda hal etish va uni tugallashni biz tavsiya etmaymiz. Bir xil vazifa bir necha darsda muntazam ravishda takrorlansa, u holda o'quvchilar faolligi yo'qoladi, oldinga qo'yilgan maqsadga erisholmaydi, eng yomon tomoni alohida bir darsning zichligi pasaydi.
Maktabdagi o'quv jarayonining sifati va omillarga bog`liq bo'lib, ular orasida o'qitishning usul va metodlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Binobarin, ular bilimlarning ongli va chuqur o'zlashtirishiga, o'quvchilarda mustaqillik va ijodiy faollikning rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Usul va metod tushunchalari o'zaro bog`liqdir, chunki ularning har biri metod sifatida ham, usul sifatida ham namoyon bo'ladi. Pedagogika amaliyotida o'qitish usullari va metodalrining juda katta boyligi to'plangan, ularni tanlashda turli sharoitlar, o'qitilayotgan fanning xarakteri, bolalarning yosh xususiyatlari, oldingi tayyorgarlik darajasi va hokazolar hisobga olinadi. Ilm-fandagi an'analar shundayki, aql va idrok masalasi, odamning intelektiga bog`liq sifatlar juda ko'plab tadqiqotlar ob'ekti bo'lgan. Olimlar qobiliyatlarning rivojlanish mexanizmlari, ularning psixologik tarkibi va tizimini aniqlashga, ishonchli metodikalar yaratib, har bir kishining aqli sifatiga aloqador bo'lgan ko'rsatkichni o'lchashga uringanlar. Ko'pchilik olimlar odam intellektida uning verbal (ya'ni so'zlarda ifodalanadigan), miqdoriy (sonlarda ifodalanadigan), fazoviy ko'rsatkichlarni aniqlab, ularga yana mantiq, xotima va xayol jarayonlari bilan bog`liq jihatlarni ham qo'shganlar. Psixologiyada tug`malik alomatlari bor individual sifatlar layoqatlar deb yuritiladi va uning ikki xili farqlanadi: tabiiy layoqat va ijtimoiy layoqat. Iqtidor-insonning o'z hatti-harakatlari, bilimlari, imkoniyatlari, malakalariga nisbatan sub'ektiv munosabatidir. Iqtidorli odam genial yoki talantli bo'lmasligi mumkin, lekin u har qanday ishda mardlik, chidamlilik, o'z-o'zini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi fazilatlarga ega bo'lib, o'zlari shug`ullanayotgan ishni bajonidil, sidqidildan bajaradi.

Tashxis (grekcha diagnostikos- tez anglab olish) dastlab tibbiyotda qo'llanilgan tushuncha hisoblanib, kasallik mohiyati va bemor holati, uning har tomonlama izchil o'rganilishini anglatuvchi vrach xulosasi sifatida e'tirof etib kelingan. Pedagogik tashxis- pedagogik jarayonni uning umumiy holati, shuningdek, tarkibiy qismlarini har tomonlama, yaxlit tekshirish orqali baholashdir. Pedagogik tashxis odatda pedagogik jarayonning psixologik, sub'ektiv xususiyatlarini inobatga olish (psixodiagnostik tekshiruv) asosida qo'yiladi. Psixodiagnostik tekshiruv o'quvchi shaxsi hamda uning faoliyatini yaxlit yoki ma'lum jihatlarini alohida qamrab olishga asoslanadi. O'z navbatida psixodiagnostik tekshiruvni davomiyligiga ko'ra ikki guruhga ajratib o'rganamiz.

1. Tezkor tashxis: o'quvchi yoki o'quvchilar jamoasining ruhjiy holatini, mashg`ulotlarga qay darajada tayyorgarlik darajasini tahlil qilishdan iborat.
2. Davomli tashxis: o'quv jarayonining umumiy holati, mashg`ulotlarni o'zlashtirish olishidagi kamchiliklar, o'quvchilar jamoasi yoki alohida o'quvchining individual xususiyatlari hamda o'quv faolyaitining mazmunini o'rganishdan iboratdir.
Tashxis qo'yish ta'lim yoki tarbiya maqsad va vazifalarni hal etishning umumiy talabi hisoblanadi. U maqsadlarning aniqligi, o'lchash va baho berish bilan chambarchas bog`liq. Pedagogik tashxis asosini o'quvchi shaxsini har tomonlama bilish, jamoa sifatida sinfning xususiyatlarini o'rganish, aniq pedagogik vaziyatlarda ma'lumotlarni tahlil qilish kabi holatlar tashkil etadiki, ular ta'lim jarayonini loyihalashning keyingi muhim bosqichiga o'tish, ya'ni pedagogik jarayonni oldindan ko'ra bilish imkonini yaratadi. Bu holat esa pedagogik maqsad asosida puxta o'ylangan pedagogik vazifalarni belgilash imkonini beradi. Shaxsning rivojlanish darajasi ta'lim maqsadlari bilan uyg`un bo'lgandagina pedagogik maqsadga erishmaslikning oldini olishga erishiladi. Ya'ni pedagogik maqsad pedagogik tizimning muhim omili sifatida muammolarni muqarrar hal etadi. Pedagogik oldindan ko'ra bilish esa ob'ekt haqidagi ma'lumotlarni oldindan o'rganish jarayoni sanaladi. Bunda ob'ekt sifatida sinf, o'quvchi, bilim, munosabat va hokazolar tanlanadi.
O'quv dasturi yoki o'huvchi shaxsi ta'lim mazmunini loyihalashning asosi bo'lib, bu vaziyatda o'qituvchi pedagogik faoliyat, maqsad va sharoitlarga muvofiq holda o'quvchilarga qanday mashg`ulot turini taqdim etish xususida mustaqil qaror qabul qiladi. Qaror qabul qilish jarayonida quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqqir:

1) o'quvchilarga tavsiya etilayotgan mashg`ulotdan nimani va qanday hajmda o'zlashtirishlari zarurligi;
2) o'quvchilarning dastlabki tayyorgarlik darajasi, ularning o'quv ma'lumotlarni qabul qilish imkoniyatlari;
3) o'qituvchiing kasbiy mahorati, shuningdek, ta'lim muassasasining moddiy-texnik bazasi.
O'quv materiali materiallar tizimidan (ya'ni, o'quv materiali materiallar tizimi) iborat bo'lib, u didaktik materialning moddiy yohud moddiylashgan modellarida aks etadi hamda o'quv faoliyatida ishlatish uchun mo'ljallanadi. O'quv faoliyati o'quv vazifalarini hal etish jarayoni sifatida qaralar ekan, tabiiyki, o'quv vazifasi o'quv materialining muhim qismlariga muvofiq tuzib chiqiladi. Shu bilan birgalikda o'quv materialini pedagogik jihatdan maqsadga erishishga yo'naltirilgan tizim sifatida e'tirof etish mumkin. O'qituvchi faoliyatida o'quv vazifalari tizimi o'quv mashg`ulotlarini loyihalash va didaktik materialni shakllantirishi sifatida aks etadi.
Odatda ijobiy yakuniy natijalarga erishishga intilgan pedagog o'quv dasturida belgilangan mazmun bo'yicha ish ko'radi. Shu asosida o'zining shaxsiy faoliyat dasturini yaratadi
-o'quvchida bilimlarni o'zlashtirishga bo'lgan ichki ehtiyoj (rahbatni qaror toptirish);
-o'quvchida bilimlarni o'zlashtirishga bo'lgan ichki ehtiyoj (rahbatni qaror toptirish);
-bilimlarni o'zlashtirishga nisbatan ongli yondoshuvni hosil qilish;
- o'quvchilarda mustaqil faoliyat yuritish ko'nikma va malkalarini shakllantirish;
- o'quvchilar faolligini ta'minlash;
- o'z-o'zini nazorat qilish, baholash sifatlarini shakllantirish.
Yuksak natijalarga erishish maqsadida shug`ullangan o'spirin yoshlar o'zida juda murakkab tizimni aks ettiradi, unda turli xil jarayonlar yuzaga keladi. Ushbu jarayonlarni boshqara turib murabbiy mashg`ulotli yuklamalar xususiyati va hajmi, mashg`ulot vositalari va usullari, o'spirin holatini muhim tomonga o'zgartirish uchun mashg`ulotni o'tkazish shart-sharoitlari haqida asosli qarorlar qabul qilishi lozim. Ma'lumki, to'g`ri qaror qabul qilish faqatgina shu holda amalga oshiriladi, qachonki o'qituvchi - murabbiy sport mashg`ulotidagi ob'ektiv qonuniyatlarning harakatiga tayangan o'z faoliyatining maqsad va vazifalarini aniq ifodalay olsa.

Ko'p sonli ilmiy izlanishlar, yetakchi murabbiylarning amaliy ishlari natijasida qayd etilgan ushbu qonuniyatlar eng avvalo, sportchining musobaqa imkoniyatini shakllantirish xususiyatlari bilan bog`liqdir. Sportda yuqori natijalarga erishish yo'lidagi majburiy harakatlar, ko'nikish jarayonining o'tish qonuniyatlari, harakatli o'yin hamda bilimlar va boshqalar shular jumlasidandir.
Yuqoridagilarning pedagogik tahlili esa murabbiy faoliyatidagi negizlarni aniq shakllantirishga yordam beradi.
O'spirin shaxsda umumiy tayyorgarligining birlik negizi inson organizmining turli funktsiyalari bilan uzviy bog`liqligi va o'zaro shartlanganligida yaralgan. Ko'rinishidan mashg`ulot imkoniyatini sezilarli oshiradigan, faqat maxsuslashtirilgan yuklamalarni qo'llanishida kutilmaganda shunday payt bo'ladiki, o'spirin o'quvchining “ikkinchi darajali” sifatlari uning sport natijalari o'sishiga to'sqinlik qilishi va sportchining holatiga turli talablarni qo'yish mumkin. Misol uchun 100 m ga yugurish bir necha soniya ichida maksimal quvvatni, kuchni talab qilsa, unda mashg`ulotni bajarish uchun yuguruvchi nafaqat tezkorlikka, balki chidamlilik sifatlariga ham ega bo'lishi lozim. Demak, yuqori natijalarga erishish uchun ham maxsus, ham umumiy tayyorgarlik bo'lishi kerak. Ko'rib chiqilayotgan negiz boshqa ko'plab sohalarga- sport o'yinlarida univeralizatsiya va ixtisoslik muammolariga, mashg`ulotli vazifalarning asosiy va tayyorgarlik bosqichiga oid hamda ko'p savollarga javob beradi. Amaliyotda jismoniy tarbiya darslarida maxsus va umumiy tayyorgarlikning birlik negizi har tomonlama va ixtisoslashgan yuklamalarning ma'lum bir ketma-ketligi yo'li bilan amalga oshiriladi. Saf mashqlari va usullari - bular gimnastikaga doir mashg`ulotlarda o'quvchilarning zal va maydonda tartibli hamda maqsadga muvofiq joylashtirish, ritmni tarkib toptirish, jamoa bo'lib harakat qilish malakasini oshirish, to'g`ri qad-qomatni shakllantirish uchun qo'llanadi. Dars jarayonida o'quvchilar guruhini saflantirish paytida to'g`ri buyruq berishni, chigal yozish mashqlarini o'tkazish chog`ida o'qituvchining topshirig`i bo'yicha mashg`ulot ritmlarini o'tkazishni o'rgatishlari kerak. Buyruq baland ovoz bilan va aniq beriladi. Ular dastlabki va ijro buyrug`iga ajratiladi. Misol uchun, “Rostlan”, “O'ngga”, “Chapga”. Bular faqat ijro komandalaridir.

Dastlabki buyruq o'quvchilarga tushunarli bo'lishi uchun birmuncha cho'zib beriladi. Masalan, “Guruh tiklan”, “diqqat”, “kolonna” so'zlari qo'shiladi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar deb turli yo'nalishlarda har xil muskul zo'riqishi bilan turli tezlikda bajariladigan qo'llar, oyoqlar, gavda va bosh harakatlariga aytilishi bizga jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyotida ma'lum.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarning maqsadi- o'quvchilarni yanada murakkab harakat faoliyatiga tayyorlashdan iboratdir. Umumrivojlantiruvchi mashqlar buyumlarsiz va buyumlar bilan, har xil gimnastika snaryadlarida shuningdek, o'zaro yordam bilan bajariladi.
Jismoniy tarbiya darslarida harakat tayyorgarligini o'qituvchi darsning oxirida sport zalda yoki maktab sharoitidan kelib chiqqan holda ochiq maydonda kelgusi mashg`ulotga faollarini tayyorlash uchun amalga oshirishi mumkin.

Mening nuqtai nazarimda darsning tayyorlov qismini shunday tashkil etish kerak: birinchidan, darsga qo'yilgan ma'lum vazifalarni ongli ravishda bajarishlari uchun o'quvchilarni uyushtirish va ruhan tayyorlikni vujudga keltirish shart; ikkinchidan, o'quvchilarni muayyan mashqlarni o'zlashtirib olish uchun sharoit yaratish va tayyorlash; uchinchidan, o'quvchilar organizmini ko'proq jadalli, shiddatli, murakkab mashqlarni bajarishga funktsional tayyorlash; to'rtinchidan, qaddi-qomatning to'g`ri shakllanishiga yordam berish, harakatni boshqara bilishlik; beshinchidan, o'sib kelayotgan o'spirin yoshlarda ko'nikma va malakalarni shakllantirish yo'llarini dastlabki poydevorini yaratish. Demak, tayyorlov qism darsning umumiy vazifalarini hal etish uchun bog`liq bo'lgan eng yaxshi sharoit bilan ta'minlash vazifalarini hal etadi va bir vaqtning o'zida nisbatan mustaqil ta'lim va sog`lomlashtirish ahamiyatga ega bo'ladi.
Dars guruhning umumiy saflanishi va navbatchi o'quvchining dars boshlanishiga tayyor ekanligi haqidagi raporti bilan boshlanadi. Ammo birinchi bor raport bilan tanishtirganda, uning tarbiyaviy ahamiyatini ko'zda tutib, qat'iyroq talab etish maqsadga muvofiq keladi.
Darsning asosiy qismi o'zida ancha muhim vazifalarning yechimiga qaratilgan yo'nalishni ifodalaydi, uning mazmuni, tuzilishi turlicha shakllanishi mumkin. Misol uchun 100 mga yugurish, yoki aksincha katta hajmdagi, turlicha yo'nalishda bo'lgan vazifalarni qo'llash mumkin.

Dostları ilə paylaş: |