Mavzu Kadrni boshqarish tizimida ish yuritishning mohiyati Reja
Ikkinchidan, kadrlar xizmatida ish yuritishning ahamiyati korxonaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga, operativlilikka, boshqaruv xodimining mehnatiga, madaniyatiga, tejamkorligiga va hokazolarga uning bevosita ta‘sir o‘tkazishi bilan belgilanadi.
Hujjat tuzish - belgilangan shakllarga binoan hujjatlar tuzish jarayonidir.
Hujjatlar mazmunan, shaklan, xajman xilma-xil bo‘lib, ularning maqsadi yo‘nalishi xajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. Yirik hujjatshunos A.S.Golovach shunday ta‘kidlaydi: ― Boshqaruv sohasidagi kamchiliklarning asosiy sabablaridan biri ayni shu soha xodimlarining ko‘pchiligida nazariy va amaliy tayyorgarlikning bo‘shligidir, ular muassasa, korxona va tashkilotlarda qabul kilingan hujjatlar bilan ishlash yo‘l-yo‘riqlari, usullari majmuasini etarli darajada bilmaydilar.”4 Ba‘zan hujjatlarga jiddiy munosabatda bo‘linmaydi, unga shunchaki bir qog‘ozbozlik, keraksiz va ortiqcha bir ish sifatida qaraladi. Bu albatta, noto‘g‘ridir va shuni ta‘kidlash lozimki, bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida oqilona tashkil etilgan hujjatchilik har qanday idoradagi kadrlarga oida ish yuritishining asosidir.
Personalni boshqarishda hujjatlashtirish kadrlarga oid barcha vazifalar majmui bo‘yicha kadrlar hujjatlarini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Kadrlarga oid hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish – hujjatlarni qayta ishlash jarayonidir.
Har qanday tashkilotning o‘z faoliyati jarayonida bajaradigan o‘zaro bog‘liq va keng boshqaruv funksiyalari va vazifalari orasida personalni boshqarish bo‘yicha funksiyalari muhim va alohida o‘rin egallaydi. Amaliy faoliyatda bu funksiyalarni amalga oshirishga kadrlarga oid boshqaruv masalalarini yechish orqali erishiladi. ―Personal xizmati korxona yoki tashkilot umumiy rahbarligining bir qismi sifatida faoliyat yuritadi va uni ajralgan holda ko‘rish mumkin emas. Bu xizmat biznesda yuzaga keladigan qulay imkoniyatlarni qo‘llab-quvvatlagan va ilgari surgan holda, noqulay sharoitlarda echim topa olishi kerak.”5 Kadrlar hizmatining eng muhim vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin: