Bir ta'rifli uch fazali hisoblagichlar. ENHATni tashkil etishni rasmiylashtirish. Avtomatlashtirilgan tizimlarni tayyorlash davrlari.
Reja:
Bir ta'rifli uch fazali hisoblagichlar.
ENHATni tashkil etishni rasmiylashtirish.
Avtomatlashtirilgan tizimlarni tayyorlash davrlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Bir ta'rifli uch fazali hisoblagichlar.
Bir tarifli uch fazali elektron hisoblagichlar turkumiga kiruvchi CTK3-10AN7.K4t va CTK3-10Q2N4.K4t turidagi hisoblagichlar uch fazali tarmoqlarda elektr energiya iste’molini hisobga olish uchun mo’ljallangan. Ular maishiy va kichik quvvatli kuch iste’molchilari sektorida ishlatildi. Shunga qaramay, bu guruhdagi hisoblagichlar tranformatorli ulanishda bo‘lib, ular aktiv va reaktiv energiyani generatsiyalash va iste’molini hisobga olishni olib borish imkoniyatini beradi. Ma’lumotlarni masofadan olishni amalga oshirish uchun RS485 interfeysga ega. Shu bilan birga tarmoq hamda yuklamaning joriy kuchlanishi, toki, cos φ, iste’mol quvvati kabi parametrlarini monitoring qilish imkonini beradi.
Hisoblagichlardagi shartli belgilar va ularning nomlanishi:
• CTK – “Telekart” markali elektron hisoblagich;
• 1 – bir fazali; 3 – uch fazali;
• 10 – 1,0S aniqlik sinfi;
• A1 – aktiv energiyani hisobga olish; Q2 – ikki yo‘nalishda aktiv va reaktiv energiyani hisobga olish;
• T3– tok va kuchlanish bo‘yicha uch simli transformatorli ulanish: 100 V, 5 A;
• H4 – tok va kuchlanish bo‘yicha to‘rt simli transformatorli ulanish: 380 V, 5 A;
• H7 (H9) – tok va kuchlanish bo‘yicha to‘rt simli to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish: 380 V, 5 A (60 A), (380 V, 10 A (100 A));
• I – qo‘shimcha interfeysning mavjudligi.
ENHATni tashkil etishni rasmiylashtirish.
Dostları ilə paylaş: |